N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet47/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Quyi darajali formatlash. Quyi darajali formatlash jarayonida diskning yo‘laklari sektorlarga bo‘linadi. Bunda sektorlar sarlavhasi va natijasi (prefikslar va suffikslar) yoziladi, shuningdek, yo‘laklar va sektorlar orasidagi intervallar shakllanadi. Har bir sektorning ma’lumotlar sohasi soxta qiymatlar bilan yoki maxsus ma’lumotlarning test to‘plami bilan to‘ldiriladi. Qattiq diskning yo‘laklaridagi sektorlar soni kontroller va jamlagich interfeysiga bog‘liq bo‘ladi.

IDE va SCSI jamlagichlarining deyarli barchasida zonali yozish deb ataladigan yo‘laklardagi o‘zgaruvchi sonli sektorlar ishlatiladi. Markazdan uzoqda joylashgan, ya’ni nisbatan uzun bo‘lgan yo‘laklar markazga yaqin joylashgan yo‘lakka qaraganda ko‘p sonli sektorlarni o‘z ichiga oladi. Qattiq disk sig‘imini oshirish usullaridan biri - ichki silindrlar bilan solishtirganda tashqi silindrlarni ko‘p sonli sektorlarga bo‘lishdir. Nazariy jihatdan tashqi silindrlar ko‘p ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin, negaki katta aylana uzunligiga ega (3.4-rasm).


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling