N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Download 1.34 Mb.
bet57/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

uchun manba razyom.




  1. Vinchesterni sovitish tizimlari

Ko‘p hollarda vinchester majburiy sovitishni talab qilmaydi, lekin zamonaviy vinchesterlar ishining ishonchliligini oshirish uchun germoblok va kontroller platasini sovuq shamolni puflab turadigan qo‘shimcha ventilatordan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Vinchesterning me’yorda ishlashi uning g‘ilofi harorati 50°C dan yuqori bo‘lmagan va 0°C dan past bo‘lmagan harorat ta’minlanadi.

65

Vinchesterda nafaqat aylanayotgan disklar va dvigatel, balki vin- chesterga to‘xtovsiz murojaat qiladigan boshqaruv mikrosxemalari ham 80°C dan ortiq haroratgacha qiziydi. Vinchesterning ishdan chi- qishining tez uchraydigan sababi shundaki, dvigatelni boshqaruvchi mikrosxema qizib ketadi va ishdan chiqadi, ba’zida hatto mikro- sxemaning plastmassa g‘ilofi ham yoriladi.

Aylanayotgan disklar qiziganda, undan magnit qatlamning mikroskopik bo‘laklari uchib ketadi, bu ko‘p sonli «yomon» sektorlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Zamonaviy vinchester maj- buriy tartibda to‘rtta kalta vintlar bilan kompyuter g‘ilofiga ishonchli mahkamlanishi kerak (3.14-rasm).


3.14-rasm. G‘ilofga vinchesterni mahkamlash.



Bu mexanik vibratsiya darajasini kamaytirish va vinchester germob- lokini samarali sovitishga imkon beradi. Umuman mahkamlanma- gan yoki yomon mahkamlangan vinchester nafaqat maksimal unum- dorlikni ko‘rsata olmaydi, balki juda tez ishdan chiqadi.

Ikki yoki undan ko‘p vinchesterlar o‘rnatilayotganda ularni qattiq rezina qistirma orqali o‘rnatgan ma’qul, bu ishlayotgan vinchesterlarning bir-biriga ta’sir qilishini kamaytirishga imkon beradi. Vinchesterlarni o‘rnatish uchun ko‘p joyli Midi Tower tipidagi g‘iloflarda bu ko‘zda tutilgan.

Vinchesterni sovitish uchun qo‘shimcha bir necha sovitish tizimlari variantlari mavjud. Bu usullardan biri 3.15-rasmda ko‘rsatilgan.

Sovitish tizimini o‘rnatayotganda avvalo vinchester manbasi razyomiga ventilator manbayi shtekerini ulash, so‘ngra vinchesterning kontrolleri elementlariga ziyon yetkazmaslikka harakat qilib, vinchesterga sovitish bog‘lamasini ehtiyotkorlik







3.15-rasm. Vinchesterga sovitish qurilmasini o‘rnatish.

bilan o‘rnatish kerak. Sovitish tizimi vinchesterga to‘rtta vint yordamida mahkamlanadi va g‘ilof ichidagi vinchester uchun mo‘ljallangan joyga ehtiyotkorlik bilan qo‘yiladi.

Bunday tizimning asosiy kamchiligi - ikki oydan so‘ng tizimda ko‘p miqdorda to‘planadigan changdan vinchester va ventilatorni muntazam tozalash zaruratidir. Bundan tashqari, ventilatorning yomon podshipniklarida vinchesterga mexanik vibratsiyaning ortiqcha darajasi ta’siri qiladi.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling