N. I. Sodiqova, E. A. Korniyenko, M. D. Xoshimxodjayeva


Partition Magic dasturining vazifasi. Bu dastur yordamida qanday operatsiyalar bajarish mumkin?


Download 1.34 Mb.
bet59/140
Sana02.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#201911
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

Partition Magic dasturining vazifasi. Bu dastur yordamida qanday operatsiyalar bajarish mumkin?

  • IDE va SATA vinchesterlarini o‘rnatish jarayonini tushuntiring.

  • Qattiq diskni sovitish tizimi, uning vazifasi va o‘rnatish usullari qanday?

    1. bob. BELGILI УА GRAFIKLI AXBOROTLARNI
      KIRITISH VOSITALARI


      1. Belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalari

    Kompyuterga axborotni kiritish uchun belgili (simvolli) axborotlarni kiritish vositalaridan foydalaniladi. Bu vositalarga klaviatura va holatga o‘tish qurilmalari kiradi.

    Klaviatura. Klaviatura - tizimga buyruqlar va ma’lumotlarni kiritish uchun foydalaniladigan eng muhim kompyuter qurilma- laridan biri hisoblanadi.

    Klaviaturaning quyidagi asosiy turlari mavjud:

    • 83 ta tugmali PC va XT klaviaturasi;

    • 84 ta tugmali AT klaviaturasi;

    • kengaytirilgan 101ta tugmali klaviatura;

    • kengaytirilgan 104 ta tugmali Windows klaviaturasi.

    Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan klaviaturalar kengaytirilgan

    101va104 ta tugmali klaviaturalardir.

    Kengaytirilgan 101 va 104 tugmali klaviaturalar. IBM kompaniyasi 1986-yilda XT va AT yangi modellari uchun kengaytirilgan 101 ta tugmali klaviaturalar ishlab chiqara bosh- ladi. Bu klaviatura dastlab IBM kompaniyasining RISC tipidagi RT PC kompyuterlarida qo‘llana boshladi.

    Kengaytirilgan klaviaturalarning bir nechta turlari mavjud, ammo ular bir-birining o‘rnini bosa oladigan va aynan bir xil elektr ko‘rsatkichlarga ega. Bu turdagi ko‘pchilik kengaytirilgan kla­viaturalar kompyuterga 5 kontaktli DIN razyomi yordamida ulanadi, ammo yangi variantlarda ko‘pchilik tizimlarda o‘rnatilayotgan, 6 kontaktli mini DIN razyomlari ishlatiladi, masalan PS/2.

    Razyomlami har xil bo‘lishiga qaramasdan, klaviaturalarning o‘zi aynan bir xildir, xohlagan vaqtda ularning ulanish kabellarini almashtirish yoki o‘tish razyomlaridan foydalanish mumkin. Ko‘p klaviaturalarda barcha yangi tizimlarga ulanish imkonini beruvchi mini DIN razyomi standarti bilan bir qatorda USB porti ham mavjud.

    Kengaytirilgan 101ta tugmali klaviatura shartli ravishda quyi- dagi sohalarga bo‘linadi:

    • bosma belgilar sohasi;

    • qo‘shimcha raqamli klaviatura sohasi;

    • kursor va ekranni boshqarish sohasi;

    • funksional tugmalar sohasi.

    Zamonaviy klaviaturaga kiritilgan yangiliklardan biri yechi- ladigan tugmalarlardan foydalanish imkonining mavjudligidir. Bu singan tugmalarni almashtirish imkonini beradi hamda klaviaturani tozalashni osonlashtiradi. Ko‘p ishlab chiqaruvchilar klaviatura uchun maxsus ko‘rsatmalar ko‘zda tutilgan andozalar ishlab chiqaradi.


    Download 1.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling