N izo m iy n o m id a g I to sh k ent davlat pedagogika universiteti psixologiya tarixi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana13.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1349496
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
психология тарихи

25


7 -
m a v z u
: O
n g
 
h a q i d a g i
 
t a

l i m o t
Reja:
1. Ruhdan ong s a r iy o k i D ekartning ong haqidagi ta'lim oti.
2. Refleks h aqidagi ta 'limot.
3. S pin o za p six slo g iya si va uning "Etika" asari.
4. O ng haqidagi ta Tm wtning rivojlanishi.
17 asr psixologlar ko’z o ’ngida psixikaga b o ’lgan qarashlarning tubdan 
o ’zgarishi davri sifatida namoyon bo’ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi 
davrni 'fanlar malikasi" b o ’lib hisoblangan mexanika ta ’sirida paydo b o ’lgan 
kontseptsiyalar ochib berdi. 17 asrga oid psixologik fikrlarning o ’ziga xos 
tomonlarining talqinda ochiq namoyon b o ’ldi.
А/ tushuntirish uchun hech qanday ruhga muxtoj bo’Imagan tana-mexanik 
sistema haqidagi t a ’limot:
В/ ichki kuzatish orqali o ’z psixik holati haqida hamma narsani bilish 
mumkin bo’lgan individning ongi haqidagi ta ’limot.
V/ inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon y o ’naltiruvchi yoki zararli 
narsalardan qaytaruvchi ehtiroslar/affektlar/ haqidagi t a ’limot
G/ fiziologik va psixologik tomonlar o ’rtasidagi munosabati haqidagi 
t a ’limot. 
Bu ta ’limotlarning asosida 
fanning ulug’ 
zahmatkashlari 
Rene 
Dekart/15 9 8 - 1660/, Benedit Spinoza/16 3 2 - 1677/, Tom as R o b b e /1588-1Ь79/, Djon 
Lokk /1632-1704/, Gomfrits Leybnits /1646-1716/ kabilar turar edi.
Frantsuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi bilan 
psixologiya tarixidagi g ’oyat muhim bosqich bo g ’lanadi. Aynan u o ’zining ong 
haqidagi 
ta'limoti 
bilan 
Aristotelning 
ruh 
haqidagi 
ta ’limotidan 
psixika 
t o ’g ’risidagi tushunchalarning ajralib chiqishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi 
mexanik ishlovchi organizm model ini tanlaydi va u bilan o ’sha kunlargacha ruh 
bilan boshqariiuvchi bo'lib hisoblangan tirik tanani uning ta ’siridan "xolos etdi". 
Shu davrda Garve tonioni qon aylanishining kash f qilinishi "organizm mexanik 
mashina" degan fikmi rivojlantirdi. Unda yurak qon o ’tkazuvchi nasos bo’lib 
hisoblanadi va bu jarayonda ruhning hech qanday funktsiyasi y o ’q deb ta ’lim 
berildi. Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari, yerdagi hayot tashqarisidan 
energiya oluvchi maxsus agent ruh bilan boshqariladi, deb hisoblab kelindi. Ammo 
Dekartdan boshlab, tana mexanika qonunlariga asosan tuzilgan avto sistemadir, 
undagi organlarning ishlashi ham tananing faoliyati ham, boshqa tanalar bilan 
aloqasi ham, ruhga muhtoj emas, deb tabkidlandi. Lekin bu bilan ruh "ishsiz" b o ’lib 
qoldimi? 
Y o ’q, 
Dekart 
ruhni 
hech 
narsaga 
b o g ’liq 
bo’lmagan 
oliy 
substantsiyagacha 
k o ’tardi. 
"Ruh 
ongning 
uzluksiz b o ’lmagan 
hodisalari- 
fikrlaridan iborat" deb aytdi olitn. Ruhning birdan bir asosiy belgisi uning


fikrlashidir. Fikrlashdan t o ’xtash ruhning y o ’q b o ’lishiga olib keladi, deb 
hisobiaydi. Dekart tana va ruh substantsiyalarini o ’zaro taqqoslash shunga olib 
keladiki. Dekart tana o ’z tabiatiga b o ’linuvchi, ruh esa b o ’linmas, shuning uchun u 
turli xil narsa degan xulosaga keldi. Dekart dualizmning ma'nosi shuki, tana va ruh 
mustaqil substantsiyalardir. Ularning har qaysisi mavjud b o ’lishi uchun o ’zidan 
boshqa hech narsaga muhtoj emas. «Ruh butunlay mening tanamdan butunlay avru 
bo’lib, u tanamsiz ham mavjud bo’la oladi». «Bizdagi issiqlik va harakat tikrga 
bog’liq bo'lmagani uchun ular faqat tanamizga tegishlidir» deb yozadi Dekart.
Buni Dekart ruhsiz tanalar ham, masalan, olov issiqlikka ega bo’lishi va 
harakatlanishi bilan isbotlashga harakat qiladi. Dekartning fikricha, hayotni ruh 
bilan bog’laganlar xato qiladilar. Negaki "o’lim hech qachon ruh tufayli sodir 
bo’lmaydi, balki tananing muhim qismidagi buzilishi tufayli ro ’y bcradi".
Dekailga k o ’ra asoslarning asosi shubhlanishdir. Uning fikricha hamma tabiiy 
va g ’ayri tabiiy riarsalardan shubhalanish kerak. Chunki shubxalanganda odam 
fikrlaydi. Bunda Dekartning mashhur aforizmi /Men fikrlavapman, bundan chiqdi 
mavjudman/. O ’zining asosiy fikrlarini Dekart «Aqlni boshqarish qoidalari», 
«Ruhlar ehtiroslari», «Odam haqida» nomli asarida bayon etdi.
XVIII 
asrning eng yirik kashfiyotlari qatoriga refleks tushuncha-sining paydo 
bo’Iishini kiritish mumkin} Refleks tushunchasi Dekart fizikasida paydo bo'ldi. 
Agar Garvey o ’z kashfiyoti bilan ruhni ichki a'zolarini boshqaruvchisi sifatida 
inkor etgan b o ’Isa, Dekart ruhni tashqaridan t a ’sir etish xususiyatidan mahrum 
qildi. U fanga fiziologiya va psixologiyada fundamental 
bo’lgan refleks 
tushunchasini /terminini emas / kiritdi. U davrda nerv sistemasi to’g ’risidagi/ 
bilimlar ham oz edi. Dekart uni ingichka quvurchalar-«trubkachalar»dan iborat deb 
tasavvur qildi. Dekartning tasavvurida guyo shu trubkaehalardan mayda yengil 
havosimon zarralar harakatlanadi. Bu zarralarni Dekart «hayvon ruhlari» deb 
nomladi. «Men ruh deb atagan narsalar kichiklik va tez harakatlanishdan boshqa 
hech qanday xususiyatga ega b o ’lmagan tanachalardan o ’zga narsa emas. Bular 
qonning eng harakatchan zarralari b o ’lib, doim miya tomonidan harakatlanadi». 
deb tushuntirmoqchi bo’ldi Dekart. Uning refleks sxemasiga ko’ra tashqi impulbs 
nerv trubkachalari ichida joylashgan nerv "iplarining" uchiga tabsir qilib, ular shu 
"ip" chiqqan miyaning qismini g o ’yo arqonning bir uchi ikkinchisini harakatga 
keltirganidek q o ’z g ’atadi. U yerdan «hayvon ruhlari» nerv orqali tegishli muskulga 
o ’tib, qisqarishga majbur qiladi. Shu tariqa harakat ro ’y beradi. Shuning uchun 
qaynoq buyum q o ’lni kuydirib tortib olishga majbur qiladi. Bunda xuddi yoru g’lik 
nurining ko’zgudan qaytganidek reaktsiya sodir b o ’iadi. Hatti harakatlarning 
reflektor tabiatni ruhga murojaat qilmay ochib berib, Dekart umid qiladiki, 
kelajakda ancha murakkab hodisalarni ham u ta ’riflab bergan fiziologiya mexanika 
qoidasiga ko’ra tushuntirish mumkin b o ’lar: «Masalan, it o ’ljani ko’rgach, unga 
tashlanadi, lekin o ’q ovozini eshitsa, albatta qochadi. Shunga qaramay ovga 
o'rgatilgan itlar o ’ljani k o ’rgach to ’xtaydi. Aqlsiz hayvonlar miyasida shunday 
o ’zgarish hosil qilib, ularni o ’rgatish mumkin ekan, ehtimol odamga biror narsani 
o ’rgatishda bundan ham yaxshiroq narsalarga erishsa bo'lar», deb taxniin qildi 
Dekart. Bundan u shunday xulosa chiqardiki, «ruhning kuchi emas balki mexanika
27


qoidalari asosida ro’y beruvchi tanadagi o ’zgarishlar asosida inson avvaio o ’z 
tabiatining, qolaversa tashqi olamning xukmdoriga aylanishi mumkin»!
Dekartning birinchi opponenti bo’lib gollandiyalik faylasuf Barrux Spinoza 
chiqdi. Gegelning fikricha B.Spinoza Dekart falsafasidagi dualizmni olib tashladi. 
Unga ko’ra yagona va abadiy ajralmas xususiyatlarga ega b o ’lgan substantsiya - bu 
tabiat. Shuning uchun odamni substantsiyalar uchrashadigan «joy» sifatida Spinoza 
inkor etadi. Odam bir butun moddiy va ruhiy mavjudod deb biladi. Hech kim 
Spinozachalik Dekartning dualiz organizmga mashina singari munosabatda 
bo'lganini anglamagan. O ’zining eng mashhur psixologik asari «Etika»da faylasuf 
dastlab substantsiyalar masalasida to’xtaladi. Shu yerdanoq uning qarashlari 
Dekartning qarashlaridan uzoqlashadi. Dekartdan farqli ravishda Spinoza monestik 
t a ’limotni ilgari surdi. Substantsiya deganda Spinoza bizdan tashqarida joylashgan 
tabiatni tushunadi. Bu substantsiya o ’z navbatida bir qancha xususiyatlarga ega 
bo’lib, inson ularning faqat ikkitasi - tana va fikrni biladi. Shuning uchun ruh va 
tana bitta individualni, y a’ni fikrlaydigan tanani tashkil etadi. Alohida ruhiy 
substantsiyaning borligini Spinoza inkor etadi, lekin materiya va tafakkur birligi 
muammosini oxirida ochib berolmadi. Substantsiyalar ta ’limoti asosida Spinoza 
insoning hissiy holatlari ko’proq affektlar masalasini yoritib berdi. o ’zining 
affektlar haqidagi ta ’limotida affektlarning paydo bo'lishi va ularning tabiati: 
odamlarning affektlarga qulligi va affektlarning kuchi; inson ozodligi va inson 
aqlining kuchi masalalari yuzasidan to’xtaldi. Affektlarni Spinoza tabiiy hodisa deb 
biladi. Affektlar orasidan Spinoza Z tasini alohida ajratib ko’rsatadi. I . Xohlash. 2. 
Qoniqish. 3. Qoniqmaslik. Qolgan barcha emotsiyalar shulardan paydo b o ’ladi, deb 
hisoblaydi Spinoza. Spinoza affektlar butunlay inson irodasiga bog'liq va ularni 
to ’liq boshqarish mumkin, degan fikrga q o ’shilmaydi. Bu borada u affektlarni 
inson ustida o'tkazadigan hukmronligi haqida fikr yuritadi. Barcha affektlar 
Spinozaning fikricha insonni shunday holatga olib keladiki, bunda u o 'z - o ’zini 
boshqara olmaydi. Tasodif-larga qaram b o ’lib, aniqlik k o 'z oldida, noaniqlik 
tomon boradi, ozodlik esa affektlarga ergashishda emas, balki ularni aqlga bo’ysun- 
dirishdir. Spinoza psixologiyasi ongning psixologik o b ’ekt sifatida shakllanishi 
y o ’lidagi Dekartdan keyingi muhim qadam b o ’ldi.
Dekart dualizmining tanqid qilinishidan boshqa yo'nalish angliyalik faylasuf 
Tomas Robbe nomi bilan bo g ’liq. Robbe ruhni alohida mavjudlik sifatida mutlaqo 
inkor etdi. Uning fikricha dunyoda Galiley tomonidan ochilgan mexanika 
qonunlariga bo’ysinuvchi moddiy tanalardan boshqa hech narsa y o ’q.
Barcha psixik hodisalar ham shu qonunlarga b o ’ysunadilar. Moddiy narsalar 
Gobbe fikricha, organizmga ta ’sir etib, sezgini hosil qiladi. Inertsiya qonuniga 
k o ’ra, sezgidan uning kuchsiz izi sifatida tasavvurlar paydo b o ’ladi. Ular esa fikrlar 
zanjirini hosil qiladi va bu fikrlar sezgilar qanday ketma-ketlikda almashgan bo’lsa, 
shunday tartibda joylashadi. Bunday bog’lanish keyin assotsiatsiya nomini oldi. 
Agar avvalgi harakat yana takrorlansa va ustunlik qilsa, keyingilari harakatlanuvchi 
materiya bilan bog’liq b o ’lgandan tekis stolda tomchining harakatlanayotgan suv 
ham 
harakatlanganidek 
uning 
ketidan 
harakatlanadi. 
Asosiy 
psixologik 
fenomenlardan biri sifatida assotsiatsiyalarni Dekart, Spinoza ham tan olishgan. 
Lekin tafakkur va irodaga nisbatan uning bilimning quyi shakli deb hisoblangan.
28


Robbc birinchi b o ’lib assotsiatsiyani psixologiyaning universal qonuni sifatida 
ta ’riflaydi. O ’zining qobiliyatlar haqidagi ta ’limoti bilan Robbe Dekartni "T u g ’ma 
g ’oyalar" haqidagi gipotezasini qattiq tanqid qildi va odamlarda tu g ’ma bir-biridan 
ustun belgi lari b o ’lmasligini isbotlashga intildi. T.Robbe bevosita F.Bekonning 
davomchisi sifatida empirik y o ’nalish namoyondasi sifatida tanildi.
Empirik psixologiyaning «otasi» Robbe vatandoshi J.Lokk bo’ldi. Uning 
«Inson aqli haqidagi tajriba» asari psixologiyaning keyingi taraqqiyotiga kuchli 
ta ’sir etdi. Lokkning maqsadi inson bilishining paydo bo’lishi va rivojlanishining 
tajribaviy o ’rganishdan iborat edi. Bunda u «tug’ma g ’oyalar» g ’oyasini inkor etib, 
bilimlarning manbai individning hayotiy tajribasi deb biladi. Tajribaning o ’zida esa 
Lokkning fikricha 2 manba bor: sezgi va refleksiya. Sezgining o b ’ektdagi, 
tabiatdagi barcha moddiy narsalar b o ’lib, ularning mahsuloti fikrlardir. Y a ’ni «Biz 
sariq, oq yashil, issiq, sovuq, yumshoq, qattiq, shirin, achchiq va boshqalar 
haqidagi fikrlarni shu manba orqali olamiz» deb hisoblaydi Lokk. Refleksiyaning 
obbekti aqlimiz faoliyati bilan egallangan va biz tashqaridan ololmaydigan fikrdir. 
Ongning o b ’ekti shu fikrdir, chunki ong Lokkning bergan ta ’rifiga k o ’ra aqlimizda 
ro’y berayotgan narsalarni idrok etishdir. Lokk tajriba manbalarini o ’zaro farqlasa- 
da, ularni bir-biridan ajratmaydi. Uning fikricha, sezgi bilimning boshi, refleksiya 
sezgi asosida paydo bo'ladi. Buni u shunday ta'riflaydi: «Aqlda birorta narsa ham 
y o ’qki, u sezgida ham mavjud bo'imasa». Lokka k o ’ra, fikrlar 2 xil, oddiy va 
murakkab, bo'ladi. Oddiy fikr faqat bitta bo’ladi. Oddiy fikr faqat bitta tushunchani 
o ’zida saqlaydi. Boshqa fikrlar parchalanmaydi. Murakkab fikrlar oddiy fikrlarni 
q o ’shish, taqqoslash, umumlashtirish va abstraktlashtirish natijasida paydo b o ’ladi. 
Oddiy fikrlar y ig ’indisi ongni tashkil etadi. Murakkab fikrlaming hosil b o ’lish 
manbalaridan biri sifatida Lokk assotsiatsiyani keltiradi. U birinchi bo’lib «fikr 
assotsiatsiyasi» degan atamani kiritadi.
Mustahkamlovchi savollar
1. 
XVII asrning psixologik fikrlari
2. 
Dekartning ong va ruh xaqidagi qarashlari
3. 
B.Spinozaning «Affekt» haqidagi fikri
4. 
T.Robbe va J.Lokkning psixologiyaga q o ’shgan hissalari

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling