N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


KO‘MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

KO‘MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA
  ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
 Bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli ko‘makchili
qurilmalar vositasida bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarga uchta misol yozing.
2-topshiriq. 
Bog‘lovchi vositalarning qaysi gap tarkibida qo‘llanayotgani
va qanday tinish belgisi bilan yozilayotganini izohlang.
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini  bildiruvchi
ergash  gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli,
shu tufayli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi. Ular bosh
gap tarkibida keladi.
109-mashq. 
Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
Qanday tinish belgisi qo‘yilganini va buning sababini izohlang.
1. Uning bunday odati yo‘q edi, shuning uchun yigit hayron bo‘lib,
biroz qarab turibdi. (Abdulla Qahhor) 2. Yozi bilan tinimsiz mehnat
qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. (Olimjon Õoldor) 3. Ammo shu
tobda hordiq chiqarishga fursat yo‘q edi, shu bois tag‘in jiddiy ishga
kirishib ketdilar. (O.Yusupov) 4. Saodat ko‘pdan beri ashula aytmagan


44
edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo‘shilib ashula aytgisi
keldi. (Ibrohim Rahim) 5. O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning
uchun kechirdik. (Abdulla Qodiriy)
110-mashq. 
Berilgan gaplardagi shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi
bog‘lovchi vositalar tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini chiqarib tashlab, ko‘makchi
holida qo‘llang. Ergash gap kesimi tarkibida qanday o‘zgarish bo‘lganligini izohlang.
1. Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda, shuning uchun
klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Guncha»)  2. Musavvirlikka menda havas uyg‘ondi, shu sababli uning
sirlarini o‘rganishga astoydil bel bog‘ladim. (Said Ahmad) 3. Giyohvandlik —
insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash
olib bormoqda. (Gazetadan.) 4. Beruniy ilm yo‘lidagi hamkorlikni juda
qadrlardi, shuning uchun ham o‘z davrining taniqli olimlari bilan ilmiy
aloqalar o‘rnatgan edi. (Mirkarim Osim) 5. O‘qituvchi bolalarni nazmdan
xabardor etishni o‘z burchi hisoblardi, shu bois «Guliston» va «Bo‘ston»
kabi kitoblarni mustaqil mutolaa qilishga ruxsat bergan edi. (A.Qayumov)
N a m u n a :  Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda, shuning
uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga
kiritmoqdalar. // Maktabimizda sport klubi faoliyat olib borayotganligi uchun
klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.
111-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Ergash gapning bosh gapga bog‘lanishiga diqqat
qiling.
1. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt
ilm olish ilinjida bo‘l. 2. Ilmsiz inson – mevasiz daraxt, shuning uchun
hamisha ilmlilar safida bo‘lishga intil. 3. Ilm martabasi martabalarning zo‘ridir,
shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo‘l.  4. Qog‘ozga tushirilmagan ilm
unutilib ketadi, shuning uchun bilganlaringni kelgusi avlodlarga yozib
qoldirishga harakat qil. 5. Ilm — saodatga yo‘llovchi mash’al, shu tufayli
uning insonlar hayotidagi o‘rni nihoyatda katta. («Otalar so‘zi»)
112-mashq.
 Shuning uchun, shu sababli, shu tufayli bog‘lovchi vositalari ishtirokida
uchta gap yozing. Gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratib yozilganligi
sababini izohlang.


45
1. Qanday ergash gaplar bosh gapga ko‘makchili qurilmalar yordamida
bog‘lanadi?
2. Ko‘makchili qurilmalar ergashgan gapning qaysi qismida qo‘llaniladi?

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling