40-mashq.
Ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari ishtirokida qo‘shma gap hosil qiling.
Qo‘shma gapni qismlarga ajrating.
41-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni
tushuntiring.
1. Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar
ko‘nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) 2. Fikr ravshan bo‘lsa, albatta,
uning shakli ham ravshan bo‘ladi. (P. Qodirov) 3. Haqiqiy olim o‘zining ilmi
bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi.
(«Hikmatnoma»dan.) 4. Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat.
(Maqol) 5. Kimning qalbi pok bo‘lsa, u to‘g‘ri va baxtli hayot kechirishga
haqli. (H. Razzoqov)
42-mashq.
Sodda gaplarning orasiga bog‘lovchi vositalardan mosini qo‘yib, ularni
qo‘shma gaplarga aylantiring.
1. Òa’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Òarbiya tajriba bilan
amalga oshiriladi. (Forobiy) 2. Aslida, qo‘shiq aytishning shukuhi o‘zgacha.
Kishi qo‘shiq aytganda ruhan yengil tortadi. (E. Vohidov) 3. Men Abdulla
Oripov she’rlarini yaxshi ko‘raman. Uning fikrlash tarzidagi o‘ziga xoslik
menga yoqadi. (E. Vohidov) 4. Kitob insondan hech narsa tilamaydi. U
odob-axloqning, bilimning bulog‘idir. («Otalar so‘zi») 5. Kitob — bir bog‘.
Yozuvlar uning gullaridir. (Qayum Nosiriy) 6. Ilm — bir daraxt. Odob
uning mevasidir. (Maqol)
19
Do'stlaringiz bilan baham: |