N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

32-mashq. 
Uyga vazifa. Do‘stingizga xat yozing. Unda qanday undalma va kirish
so‘zlardan foydalanganingizni ayting.


15
6-dars
QO‘SHMA GAPLAR
SODDA VA QO‘SHMA GAPLAR
T o p s h i r i q .
  Berilgan gaplarni ko‘chiring. 1. Jaloliddin Manguberdi
mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar
va milliy qahramon sifatida Sharq-u G‘arbda dong taratdi. (B. Ahmedov)
2. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga
asos soldi. (R.Inog‘omov)
Bilib oling. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega
bo‘lgan gap sodda, ikki yoki  undan  ortiq  sodda
gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan,
ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik qo‘shma gap sanaladi.
Eslab qoling. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimning
nechtaligi  gaplarni  sodda  va  qo‘shma  gaplarga  ajratishga
asos bo‘ladi. Masalan: Men o‘quvchiman — sodda gap; Olim bo‘lsang,
olam seniki — qo‘shma gap.
33-mashq. 
Matnni o‘qing. Avval sodda gaplarni, so‘ng qo‘shma gaplarni ko‘chiring.
Ularning o‘zaro farqini ayting.
Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega. Mutafakkir so‘zining o‘zagi
ham fikrdir, lekin har bir fikr yurita oladigan kishiga nisbatan mutafakkir
so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va
ijtimoiy faoliyatidan el-yurtiga naf yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish
mumkin. Amir Òemur, Husayn Boyqaro va Bobur faoliyatida davlat tafakkuri
ustunlik qilgan bo‘lsa, Ulug‘bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchi edi.
Vatan tuyg‘usi» kitobidan.)


16
34-mashq.
 O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas
kuch» asaridan olingan quyidagi parchani o‘qing. Sodda va qo‘shma gaplarni aniqlang.
Parchada ifodalangan g‘oya haqida so‘zlang.
Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq
bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu
ildiz qancha teran bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar
yuksak bo‘ladi...
Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi
jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Biz shunday ma’naviy
muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar
va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni
yashnatib tursin.
Bu haqda gapirar ekanmiz, ayni vaqtda muhim bir masalaga alohida
e’tibor qaratishimiz lozim. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o‘zini,
eng avvalo, O‘zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan bir
hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona vodiysi farzandi
deb his qilishi lozim. Tabiiyki, bu holat har birimiz mansub bo‘lgan «mo‘jaz
vatan»ning, tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishloqning qadri va ahamiyatini
aslo kamaytirmaydi. Biroq shuni esda tutish kerakki, haddan tashqari bo‘rttirib
yuborilgan mahalliy vatanparvarlik millatning,  xalqning  ji pslashuviga   xalaqit
beradi.
35-mashq.
 Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi hikmatli so‘zlarni sodda va
qo‘shma gaplarga ajratib ko‘chiring.
Òilingni o‘z ixtiyoringda asra, so‘zingni ehtiyot bilan so‘zla.  Vaqtida
aytiladigan so‘zni asrama, aytmas so‘z tevaragiga yo‘lama. Òiling bilan dilingni
bir tut. So‘zni tilingda pishitmaguncha, tilga olma. Nimaiki ko‘nglingda bo‘lsa,
tilga kelturma. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. Dushman oz deb
g‘ofil bo‘lmaslik kerak, chunki ko‘p o‘tinni ozgina o‘t kuydiradi.
36-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasidagi farqni izohlang.
1. Haqiqiy do‘stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi. (Oybek)
2. Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan
tinglang. (Deyl Karnegi). 3. Odamning  turli fe’l-atvorli do‘stlari bo‘ladi,
hammasi bilan fe’liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur.
(M.Mahmudov) 4. G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar.
(Maqol) 5. Omon laganning tagini non surkab yalab turganda, ko‘cha-
ko‘yni to‘ldirib, ayqirib-chayqirib besh kishi kirib keldi. (G‘afur G‘ulom)


17

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling