N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gap kesimi qanday shaklda ekanligini ayting. Bilib oling.
117-mashq.
Uyga vazifa. «Adabiyot» darsligidan xohlagan bir sahifani ochib o‘qing. Unda nechta gap borligini, qaysilari qo‘shma gap ekanligini aniqlang. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni ayting. SHARÒ MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR 1-topshiriq. Berilgan qo‘shma gaplar qismlari orasidagi mazmuniy muno- sabatga diqqat qiling. Alpomishga alla aytgan momolarim Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim! (Muhammad Yusuf) Bahor osmonida chaqnasa chaqin, Ko‘ksingdan otilar olovli nafas. (A. Oripov) 2-topshiriq. Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gap kesimi qanday shaklda ekanligini ayting. Bilib oling. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo‘shimchasi ergash gap- ni bosh gapga bog‘lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. 118-mashq. Ko‘chiring, bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapning bosh gapga qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanayotganini ayting. 1. Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to‘ydiradi. (Erkin Samandar) 2. Yomon bo‘lar, agar ko‘z yoshing tugab qolsa, 49 30-dars kelgunicha baxt. (Shavkat Rahmon) 3. Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga olib kelarsiz. (Murod Muhammad Do‘st) 4. Qorako‘zni yana supurgi bilan ursang, unga kosov otsang, ukalaringnikiga ketib qolaman. (Said Ahmad) 119-mashq. sa, qoli piga mos uchta ergashgan qo‘shma gap yozing. Ergash gapning bosh gapga qanday bog‘lanayotganini izohlang. 120-mashq. Siz tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo‘lsangiz, bu haqda o‘z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating. 1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa, kuz erta keladi. 2. Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor gullasa, bu kuzning iliq kelishidan darakdir. 3. Qaldirg‘och pastlab uchsa, yog‘ingarchilik bo‘ladi. 4. Chinnigul o‘zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez suv betiga sapchib chiqsa, yomg‘ir yog‘adi. 6. Mevali daraxtlar ko‘p hosil qilsa, qish qattiq keladi. 121-mashq. Ko‘chiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni ayting. 1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) 2. Seni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil. («Òafakkur gulshani») 3. Ichlari achimasa, menga o‘sha gaplarni gapirmas edi. (Abdulla Qahhor) 4. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) 5. Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar teshikdan. (Maqol) 1. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash gaplar qanday ma’nolarni ifodalaydi? 2. Shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling