N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
- Bilib oling.
- 130-mashq.
127-mashq.
Uyga vazifa. Bosh gap tarkibida ko‘rsatish olmoshi ishtirok etgan to‘rtta qo‘shma gap yozing. Ularning har birida ko‘rsatish olmoshi xilma-xil gap bo‘lagi vazifasida kelsin. Bu gaplarni sodda gaplarga aylantiring. NISBIY SO‘ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR 1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. 1. Kim harakat qilsa, u baraka topadi. (Maqol) 2. Kimning ko‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el o‘rtasidagi martabasi ulug‘ bo‘ladi. 2-topshiriq. Qo‘shma gap tarkibida bir-biriga nisbatlanayotgan olmoshlarni aniqlang. 3-topshiriq. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga ergash gapni almashtirib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantirishga harakat qiling. Bilib oling. Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. 128-mashq. Ko‘chiring. Bosh va ergash gaplardagi o‘zaro nisbatlanayotgan so‘zlarni toping. 1. Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog‘ingiz darkor. (A.Qayumov) 2. Qalandarov yugurdagini 52 «Eshon, hoy!» deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, hujrani ko‘rib shunchalik ta’bi tirriq bo‘ldi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g‘ri bo‘ladi. (Maqol) 4. Kimki o‘zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo‘lsa, demak, u haqiqiy mo‘mindir. (Hadis) 5. Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho‘lpon, hozir o‘l, Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan! (Cho‘lpon) 129-mashq. Ko‘chiring. Bosh va ergash gaplardagi o‘zaro nisbatlanayotgan so‘zlarni toping. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan ko‘rsatish olmoshining qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini aniqlang. 1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. (O‘. Haydarov) 2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Òangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi. (Hadis) 3. Kim birovga choh qazisa, o‘zi yiqiladi. (Maqol) 4. Qayerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. 5. Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. (Oybek) 6. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. (Hadis) 130-mashq. Gaplarni ko‘chiring, nisbiy so‘zlarni aniqlang va ularning gapdagi vazifalarini tushuntiring. 1. Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari ko‘p bo‘ladi. 2. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi. 3. Nimaiki senga zarar keltirsa, o‘sha narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. 4. Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon bo‘g‘ilmaydi. 5. Kimning ichi nog‘ora singari bo‘sh bo‘lsa, uning behuda so‘zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi. («Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni» kitobidan.) 131-mashq. «Zukkolar» o‘yini. Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh nisbiy so‘zlar ishtirok etgan ergashgan qo‘shma gap tuzsin. Ikkinchi guruh bu gapni sodda gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan hisoblanadi. 1. Qanday gaplarga nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar deyiladi? 2. Qo‘shma gap tarkibidagi qanday so‘zlar nisbiy so‘zlar sanaladi? 3. Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gap qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratib yoziladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling