N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

32-dars. Nazorat ishi
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLARNING
SODDA GAP BILAN MA’NODOSHLIGI
1-topshiriq.
 Berilgan qo‘shma gaplarning bosh gaplari tarkibidagi ko‘rsatish
olmoshlarini toping.
1.  Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. 2. Kim
oldin musht ko‘tarsa, u ojiz bo‘ladi. (Maqol)
2-topshiriq.
  Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga
qo‘yib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantiring.
Bilib oling. Òarkibida ko‘rsatish olmoshi mavjud bo‘lgan ergashgan
qo‘shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’no-
dosh bo‘la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko‘rsatish
olmoshi bilan ifodalangan gap bo‘lagi o‘rniga qo‘yish orqali sodda gapga
aylantirish mumkin. Masalan: 1. Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi. // Ko‘p
o‘qigan ko‘p biladi. 2. Shuni bilingki, kengga keng, torga tor dunyo. //
Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling.
133-mashq. 
Ko‘chiring. Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi
o‘rniga qo‘yib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantiring.
1. Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin.
(R. Fayziy) 2. Shunga xursandmizki, bolalar o‘z yo‘lini topib ketishdi.
(Y. Sulaymon) 3. Kim ko‘p bilsa, u kamgap bo‘ladi. (Shuhrat) 4. Òilagimiz
shuki, hammangiz el xizmatiga kamarbasta farzandlar bo‘linglar. (Qamchibek
Kenja)


54
134-mashq. 
«Zukkolar» o‘yini. Ikki guruhga bo‘lining. «Donolar» guruhi ko‘rsatish
olmoshi ishtirok etgan qo‘shma gaplar topsin. «Zukkolar» guruhi bu gaplarni sodda
gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan hisoblanadi.
135-mashq.
 Berilgan gaplarni sodda gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni
tushuntiring.
1. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q.  2. Kimki
mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. 3. Shunga ishonch
hosil qildimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi. 4. Kimki tinch yashashni istasa,
pastkash odam bilan hech qachon do‘stlashmaydi. 5. Badanda nimaiki quvvat
bo‘lsa, u tozalik va pokizalikdandir.
136-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Ularni sodda gapga aylantiring. Qo‘shma gapni
sodda gapga aylantirish uchun qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting.
1. Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. (Abdulla Qahhor)
2. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan
g‘o‘ra ichiga qamab bera biladi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimki qanoat qilsa,
uning yaxshi-yomon bilan ishi bo‘lmaydi. (A.Qayumov) 4. Kim alam
chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo. (A.Oripov) 5.
Maslahatim shulki, bugun o‘zga bir go‘shaga chekining! (Oybek) 6. Saxiylikni
odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. (E.Vohidov)
1. Qanday ergashgan qo‘shma gaplar sodda gap bilan ma’nodosh bo‘lishi
mumkin?
2. Ergash gapli qo‘shma gap qanday qilib sodda gapga aylantiriladi?
3. Bir ma’noni ifodalagan sodda va qo‘shma gaplar o‘rtasida qanday uslubiy
farq mavjudligini izohlang.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling