N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

38-dars
157-mashq.
Uyga vazifa. Bosh gapga nisbiy olmoshlar yordamida bog‘langan
to‘ldiruvchi ergash gaplarga ikkita-ki yordamida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash
gaplarga ikkita misol yozing. Nima uchun to‘ldiruvchi ergash gap ekanligini izohlang.
ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI
QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
Berilgan qo‘shma gaplardagi bosh va ergash gaplarni ajrating.
1. Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
Fan va turmush») 2. Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland
bo‘ladi. («Òafakkur gulshani»)
2-topshiriq.
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni aniqlang. Bosh
gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining qanday gap bo‘lagi vazifasida
kelayotganiga e’tibor bering.
Bilib oling. Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo‘llangan
ko‘rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga
aniqlovchi ergash gap deyiladi.
Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap
kesimi tarkibida qo‘llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi. Birinchi
holatda ergash gap bosh gapdan oldin, ikkinchi holatda keyin keladi.
Eslab qoling. Ba’zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan
shunday, shunaqa kabi so‘zlar qo‘llanmasligi mumkin, ammo uning
o‘rni bilinib turadi.
158-mashq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang.
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni ayting va bosh gap tarkibidagi
ko‘rsatish olmoshining qanday gap bo‘lagi vazifasida kelayotganiga diqqat qiling.
1. Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo‘ldan
yuradi. (Hikmatli so‘z) 2. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
(E.Vohidov) 3. Bu suvni ichgandan so‘ng kim yolg‘on so‘zlasa, uning
qulog‘i o‘sib ketarmish. (Ertak) 4. Kim yalqov bo‘lsa, uning qo‘lida obod
yer ham xarob bo‘ladi. (Sobir Abdulla) 5. Men senga shunday narsalar
keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan. (Oybek) 6. Kimning quroli
bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq. (J. Abdullaxonov)


63

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling