N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-mashq. «Hech kimga bermaymiz O‘zbekistonni» mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda undalmalar va kirish so‘zlardan foydalaning. 31-mashq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

30-mashq.
«Hech kimga bermaymiz O‘zbekistonni» mavzusida kichik hikoya tuzing.
Unda undalmalar va kirish so‘zlardan foydalaning.
31-mashq.
Matnni ko‘chiring, kirish so‘zlarni toping, ma’nolarini tushuntiring.
— Menga shu yer yoqadi. Maqtanyapti demang, cho‘l yaxshi!
Haqiqatan, bu maqtanish emas, kelajakka dadil intilayotgan qalbning
o‘z hayotidan mamnunligi ifodasi, xolos.
—Yaqin yillarda bu tevarak-atrofda o‘zlashtirilmagan yer qolmaydi. Yaxshisi,
yana keling, o‘zingiz ko‘rasiz, — dedi meni kuzatib qolarkan Tursunoy.
Quvonchlarimni, mehrimni yashirolmadim.
—Men sizlarni yaxshi ko‘rib qoldim. Albatta, albatta, yana huzuringizga
kelaman. Yana ko‘rishguncha, — dedim sekin. (M. Ulug‘ova)
32-mashq. 
Uyga vazifa. Do‘stingizga xat yozing. Unda qanday undalma va kirish
so‘zlardan foydalanganingizni ayting.


15
6-dars
QO‘SHMA GAPLAR
SODDA VA QO‘SHMA GAPLAR
T o p s h i r i q .
Berilgan gaplarni ko‘chiring. 1. Jaloliddin Manguberdi
mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar
va milliy qahramon sifatida Sharq-u G‘arbda dong taratdi. (B. Ahmedov)
2. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga
asos soldi. (R.Inog‘omov)
Bilib oling. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega
bo‘lgan gap sodda, ikki yoki undan ortiq sodda
gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan,
ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik qo‘shma gap sanaladi.
Eslab qoling. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimning
nechtaligi gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga
asos bo‘ladi. Masalan: Men o‘quvchiman — sodda gapOlim bo‘lsang,
olam seniki — qo‘shma gap.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling