N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi
Yer monitoringini o’tkazishning asosiy tamoyillari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Yer monitoringi O‟quv qo‟llanma
Yer monitoringini o’tkazishning asosiy tamoyillari.
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi uni yuritishning quyidagi tamoyillariga amal qiladi: 1. Har xil ma‟lumotlarni taqqoslash va o‟zaro birikishlik tamoyili. U yagona klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning ma‟lumotlari, koordinata va balandlikning yagona davlat tizimi qo‟llanishiga asoslanadi; 2. Yer fondi va holati yer monitoringining ma‟lumotlariga haqiqatan ham muvofiq kelishi tamoyili; 3. Ma‟lumotlarning to‟laligi tamoyili; 4. Yer monitoringini yuritishning uzluksizligi tamoyili. Yer munosabatlarini qayta tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining miqdor va sifat ko‟rsatkichlarining o‟zgarishida uning ayrim toifalari o‟zgarishi yer resurslariga antropogenli ta‟sirning ko‟chayishi yer fondini taqsimlash va tarkibida turli xil o‟zgarishlar ro‟y beradi. Shuning uchun axborotlarni vaqti-vaqti bilan yeki muntazam yangilab turish yo‟li bilan yer monitoringini yuritishning uzluksizligini ta‟minlash. Qolgan tamoyillardan yana quyidagilarni ta‟kidlash kerakki, ko‟rgazmali tamoyili (harita, atlasla, sxemalardan foydalanish); foydalanish huquqi tamoyili (davlat yoki tijorat sirini tashkil etadigan ma‟lumotlardan tashqari); tejamkorlik va samaradorlik tamoyili (yer monitoringi ma‟lumotlarini saqlash va tizimlashtirishni ta‟minlaydigan usullar, texnologiyalar, uslublarni qo‟llash); markazlashtirilgan rahbarlik tamoyili (O‟zbekiston Respublikasi miqyosida yagona uslub bo‟yicha 103 yagona markazlashgan monitoringini o‟tkazish).Yer monitoringini yuritish uchun turli xil tasvirlar, qidirishlar, taftish qilish (topografo-geodezik, tuproqning, geobotaniqli, agrokimyoviy, meliorativli, shaxta qurilishi va boshqalar); maxsus kuzatishlar (tog‟lardan ko‟chib yig‟ilgan qor uyumi, sel toshqini, gliyatsiologli, radiologichli va boshqalar); kosmik tasvir va kuzatish, balandda uchadigan samolyotlar bilan tasvirga tushirish, kuzatish va kichik aviatsiya vositasi yordami bilan yer ustidan tasvirga olish va kuzatish; shuningdek fondli dalillardan foydalaniladi.Yer fondini masofali zond bilan tekshirish 2 ta asosiy asbob-uskunalar guruxlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi: Video va rasm axborot (aerofotoapparatura, ko‟p zonali skaner uskunalari, radiolakatorlar, televideniye kanallar va boshqalar); 2. Trassali guruhlar asboblari (spektrometr, SVCh va IK - radiometlar va boshqalar). Yer monitoringining shakllangan bazasi va bankidan foydalanishlari mumkin: 1. Davlat va mahalliy boshqarish organlari; 2. O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‟mitasi va uning joylardagi bo‟limlari; 3. Yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar; 4. Yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar va chet el hamda xalqaro tashkilotlar. O‟zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‟iston Respublikasi viloyatlar davlat va munitsipial boshqaruv organlariga zaruriyatga qarab tezlashtirilgan ma‟lumotlar, bashoratlar, mavzuli haritalar tuzib chiqadilar va taqdim etadilar hamda har yili birinchi yanvargacha “Yer resurslari davlat qo‟mitasi” ga mintaqaning yer fondi holati to‟g‟risida yillik hisobot tayyorlanadi. O‟z navbatida Yer resurslari davlat qo‟mitasi yer monitoringi axborotlarini umumlashtirib zaruriyatga qarab tezkor ma‟lumotlar, ilmiy bashoratlar mavzuli haritalar va atlaslarni tuzib, manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga taqdim etadilar. O‟zbekiston Respublikasiga keyingi hisobot yili uchun har yili 1 aprelda kechiktirmasdan O‟zbekiston Respublikasining yer fondining holati to‟g‟risida hisobot yuboradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling