N. N. Tashtemirova A. Avloniy ilmiy tadqiqot instituti


Download 51.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.11.2023
Hajmi51.61 Kb.
#1748413
1   2   3   4   5
Bog'liq
5M1Nq9uXH6V73yO7bFxcTRaEoEJ7GGq7E2mVw6EU (1)

 
 
Demak, teng imkoniyatli elementar hodisalar soni n = 8 ga teng bo‘ladi.
Shuningdek, ikkinchi qiz bola uchun A hodisaning ro‘y berishiga xalaqit 
beruvchi (nomaqbul) imkoniyatlar birinchi qiz bolaning ikki tomonida turgan 
ikkita stulga (bu stullar 2-rasmda qizil rangga bo‘yab ko‘rsatilgan) o‘tirish bo‘ladi. 
A hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi (maqbul) imkoniyatlar esa 
qolgan 6 ta stullardan biriga (bu stullar 2-rasmda yashil rangga bo‘yab 
ko‘rsatilgan) o‘tirish bo‘ladi.


Demak, A hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi (maqbul) 
imkoniyatlar, ya’ni elementar hodisalar soni m = 6 ga teng bo‘ladi.
Unda, qiz bolalarning yonma-yon o‘tirmaslik hodisasining ehtimolligi 

Javob. 0,75. 
3-masala. Karimning bitta cho‘ntagida ikkita 500 so‘mlik, to‘rtta 200 
so‘mlik tanga bor edi. Karim cho‘ntagiga qaramay 3 ta tangani boshqa cho‘ntagiga 
cho‘ntagiga solidi. Bu holatda ikkita 500 so‘mlik tangalarning har xil cho‘ntakda 
bo‘lishi ehtimolligini toping. 
Yechish: Bu maslani ham mulohaza yuritish usuli bilan yechamiz.
Bu maslada A: 500 so‘mlik tangalarning har xil cho‘ntakda bo‘lishi 
hodisasi o‘rganiladi.
Aytaylik, Karimning ikkita cho‘ntagi 3-rasmdagidek bo‘lib, ulardan 
birinchisiga 500 so‘mlik tanga turgan bo‘lsin. Unda ikkinchi 500 so‘mlik tangani 
cho‘ntakka solishning 5 xil imkoniyati bor bo‘ladi.
Demak, teng imkoniyatli elementar hodisalar soni n = 5 ga teng bo‘ladi.
Shuningdek, ikkinchi tangani cho‘ntakka solishda A hodisaning ro‘y 
berishiga xalaqit beruvchi (nomaqbul) imkoniyatlar birinchi cho‘ntakdagi ikkita 
joy (bu joylar 49-rasmda qizil rangga bo‘yab ko‘rsatilgan) bo‘ladi. A hodisaning 
ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi (maqbul) imkoniyatlar esa ikkinchi 
cho‘ntakdagi 3 ta joy (bu joylar 4-rasmda yashil rangga bo‘yab ko‘rsatilgan) 
bo‘ladi.
Demak, A hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi (maqbul) 
imkoniyatlar, ya’ni elementar hodisalar soni m = 3 ga teng bo‘ladi.
Unda, ikkita 500 so‘mlik tangalarning har xil cho‘ntakda bo‘lishi 
hodisasining ehtimolligi 




Download 51.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling