N. N. Tashtemirova A. Avloniy ilmiy tadqiqot instituti
elementar hodisa, ehtimollik
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
elementar hodisa, ehtimollik kabi tushunchalardir.
Tajriba bu hodisani ro‘yobga keltiruvchi faoliyatdir. Masalan, tangani tashlash bu tajriba bo‘ladi. Tajriba natijalari – tanganing “gerb” yoki “raqam” tomoni bilan tushishi esa hodisalarini tashkil etadi. Aytaylik, qog‘oz qop ichiga bir nechta har xil rangdagi sharlar solingan bo‘lsin (1-rasm). Qopning ichiga qaramasdan bitta sharni olaylik. Bu amaliy faolyatimiz – tajriba bo‘ladi. Aytaylik, tajribamiz natijasida qizil shar chiqdi. Bu – hodisa ro‘y berganini anglatadi. Har qancha tajriba o‘tkazilmasin, har doim ro‘y beradigan hodisaga bo‘lishi muqarrar hodisa deb aytamiz. Ataylik, qog‘oz qop ichiga beshta qizil sharlar solingan bo‘lsin (2-rasm). Qopning ichiga qaramasdan bitta sharni olaylik. Bu tajribani har qancha takrorlamaylik, natija faqat qizil rangli shar chiqishi bo‘ladi. Demak, qopdan qizil rangli shar chiqishi hodisasi – muqarrar hodisaga misol bo‘ladi. Har qancha tajriba o‘tkazilmasin, hech qachon ro‘y bermaydigan hodisaga bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisa deb aytamiz. Yana o‘sha beshta qizil shar solingan qopni olaylik (2-rasm). Qopning 1-rasm 2-rasm ichiga qaramasdan bitta sharni necha marta olmaylik, hech qachon sariq rangli shar chiqmaydi. Demak, qopdan sariq rangli shar chiqishi hodisasi – bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisaga misol bo‘ladi. Tajriba natijasida ro‘y berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisaga tasodifiy hodisa deyiladi. O‘yin toshini tashlaganda 5 sonining tushishi, tanga tashlanganda gerbli tomoni bilan tushishi, bir nechta oq va qora sharlar solingan qopdan olingan sharning oq rangda chiqishi – bularning hammasi tasodifiy hodisalardir (3-rasm). Tasodifiy hodisalar, odatda, A, B, C va hokazo lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi. Ataylik, qog‘oz qop ichiga to‘rtta qizil va bitta sariq sharlar solingan bo‘lsin (4-rasm). Qopning ichiga qaramasdan bitta sharni olaylik. Bu tajribaning natijasi qanday rangli shar bo‘ladi? Qizilmi, yoki sariq? Albatta, bu haqda hech narsa deya olmaymiz. Natija qizil shar ham, sariq shar ham bo‘lishi mumkin. Demak, bu holatda qopdan qizil rangli shar chiqishi hodisasi – tasodifiy hodisaga misol bo‘ladi, chunki bu hodisaning ro‘y berishi yoki ro‘y bermasligi haqida hech narsa deya olmaymiz. Xuddi shunday, qopdan sariq rangli shar chiqishi hodisasi ham tasodifiy hodisa bo‘ladi. Muqarrar hodisani U harf bilan, mumkin bo‘lmagan hodisani esa V bilan belgilaymiz. O‘tkazilayotgan tajribaning har bir natijasini ifodalovchi hodisa Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling