Takrorlash uchun savollar
-
Tekislikdagi geometrik shakllarning yuzasi aniq integral orqali qanday hisoblanadi?
-
Tekislikdagi egri chiziq yoyi uzunligi aniq integral orqali qanday hisoblanadi?
-
Jism hajmini uning ko‘ndalang kеsimi yuzasi orqali hisoblash formulasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
-
Aylanma jismning hajmi aniq integral yordamida qanday hisoblanadi?
-
O‘zgaruvchi kuch bajargan ish aniq integral orqali qanday ifodalanadi?
-
Notekis harakatda bosib o‘tilgan masofani hisoblash formulasini yozing.
-
Lorents egri chizig‘i deyilganda nima tushuniladi?
-
Djini koeffitsiyenti orqali nima aniqlanadi?
-
Djini koeffitsiyenti aniq integral orqali qanday ifodalanadi?
-
Talab funksiyasi nima va u qanday xossaga ega?
-
Taklif funksiyasi nima va u qanday xossaga ega?
-
Bozor muvozanati qanday aniqlanadi?
-
Iste’molchining yutug‘i qanday ma’noni ifodalaydi?
-
Ishlab chiqaruvchining yutug‘i nima va u qanday hisoblanadi?
Testlardan namunalar
-
y=x3 , x=0, x=2 va y=0 chiziqlar bilan chegaralangan egri chiziqli trapetsiyaning S yuzasini toping.
A) S=1; B) S=2; C) S=3; D) S=4; E) S=5.
-
y=f(x) va y=g(x), f(x)≥ g(x) , funksiyalarning grafiklari, x=a va x=b vertikal chiziqlar bilan chegaralangan geometrik shaklning S yuzasini hisoblash formulasi qayerda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ; B) ; C) ;
D) ; E) .
-
y=x2 va y=x4 egri chiziqlar bilan chegaralangan shaklning S yuzasini toping.
A) S=4; B) S=2; C) S=3/10; D) S=2/15; E) S=3/8.
-
y=f(x), x[a, b], funksiya grafigidan iborat yoyining l uzunligini hisoblash formulasini ko‘rsating.
A) ; B) ; B) ;
C) ; D) ; E) .
-
Ko‘ndalang kesimining yuzasi S=3x2, x[1,2], bo‘lgan jismning V hajmini toping.
A) V=3; B) V=1; C) V=2; D) V=5/3; E) V=7.
-
, x[2,3] , parabola yoyini OX koordinata o‘qi atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan aylanma jismning V hajmini toping .
A) V=5π; B) V=211π; C) V=24π2; D) V=(5π)2; E) V=45π.
-
Moddiy nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab v(t)=2t+5 o‘zgaruvchan tezlik bilan notekis harakat qilganda [4,8] vaqt oralig‘ida bosib o‘tgan s masofani toping.
A) s=28; B) s=48; C) s=68; D) s=88; E) s=108.
Mustaqil ish topshiriqlari
-
y2=n2x va y=nx chiziqlar bilan chegaralangan geometrik shaklning yuzasini toping.
-
Kanonik tenglamasi bo‘lgan ellipsni OX koordinata o‘qi atrofida aylanishidan hosil qilingan aylanma jism hajmini aniqlang.
-
Tenglamasi y2=nx3 bo‘lgan yarim kubik parabolaning koordinata boshi va x=n abssissali nuqtalari orasidagi yoyining uzunligini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |