N. raimnazarova
Hozirgi o'zbek adabiy tili
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI OZBEK ADABIY TILI VA UNING BOLIMLARI MUNDARIJASI.
Hozirgi o'zbek adabiy tili. Hozirgi o'zbek adabiy tili asrlar davomida qo'llanib kelgan yagona o'zbek tili taraqqiyotining yuqori shakli, milliy tilning ishlangan shaklidir. Hozirgi o'zbek adabiy tili davlat va ijtimoiy tashkilot, fan va maktab, matbuot va badiiy adabiyot, xullas, o'zbek millati-ning ilmiymadaniy tilidir.
O'zbek xalqining millat bo'lib shakllanishi va rivojlanishi milliy adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishidir. Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona umummillat tilidir. O'zbek milliy adabiy tili umumxalq tilining yuqori va takomillashgan bosqichidir. So'nggi qariyb bir asr mobaynida o'zbek xalqining yagona milliy tili har tomonlama o'sdi va yuksaldi, uning fonetik tizimiga ma'lum darajada o'zgarishlar kiritildi – unlilar tarkibi ixchamlashdi, undoshlar tarkibiga ba'zi bir yangi fonemalar kelib qo'shildi, tilning lug'at tarkibi yangi so'z va iboralar hisobiga boyidi, so'z ma'nolari kengaydi, eskirib qolgan so'zlar iste'moldan chiqib ketdi, o'zbek tilining grammatik qurilishi takomillashdi. O'zbek milliy adabiy tili turli burjua millatchi oqimlariga qarshi kurashda o'sdi, mustahkamlandi va voyaga yetdi. Ayniqsa, XX asrning birinchi yarimlarida ular o'zbek adabiy tilini to'g'ri va ravon rivojlanish yo'lidan chetga burishga qattiq urinib ko'rdilar: hozirgi o'zbek milliy adabiy tilini eski kitob tili asosida qurishni, iste’moldan chiqib ketgan eski so'z va iboralarni qayta tiklashni, qipchoq dialektini yagona umummillat tiliga asos qilib olishni, adabiy til tarkibidagi har bir dialektni mustaqil til darajasiga ko'tarishni taklif qildilar. Lekin ular qanchalik urinmasin, o'z maqsadlariga erisha olmadilar. Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zining asosiy taraqqiyot yo'lidan og'ishmay borib, o'z yuksaklish yo'lida davom etdi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishiga o'zbek olimlari, shoir va adiblari, tarjimon va matbuot xodimlari katta hissa qo'shdi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining rivojlanishi yo'li: 1) uning yagona umummillat va mahalliy dialektlarga munosabati; 2) tayanch va yetakchi o'zbek shevalarining fonetik tizimi; 3) umumxalq tili lug'at tarkibining son va sifati, qo'llanish doirasi va mazmuni; 4) grammatik qoidalarning hajmi va mohiyati; 5) uslubiy bo'linishga ko'ra belgilanadi. Hozirgi o'zbek adabiy tili 6 unlili fonetik tizimga ega. So'nggi yillarda o'zbek tilining undoshlar tizimida ham ma'lum o'zgarishlar bo'ldi. Bunga o'zbek tiliga rus tilidan ko'plab yangi so'zlarning kirib kelishi ham sabab bo'ldi. Bunday olinmalar tarkibidagi ayrim tovushlarning o'zbek tili fonetik qoidalariga mos kelmasligi, ularni o'z fonetik tizimiga muvofiqlashtirish o'zbek tilining tovushlar tizimida ayrim o'zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Ma'lumki, tilning leksikasi uning eng o'zgaruvchan qismidir. Shuning uchun keyingi qariyb bir asr davomida o'zbek tili leksikasi juda katta o'zgarishlarga uchradi. Bu o'zgarishlarni quyidagicha sharhlash mumkin: a) hozirgi o'zbek adabiy tilida ko'pgina so'zlarning ma'no doirasi kengay-di, ko'pgina so'zlar o'z ma'nosi bilan birga yangi, qo'shimcha ma'nolar kasb etdi, so'z ma'nosida kengayish va torayish yuz berdi: vatan – uy, hovli; mamlakat, onaVatan kabi, b) ayrim so'zlarda ma'no jihatdan differensiyalanish (farqlanish) yuz berdi: yonilg'i (neft, benzin); yoqilg'i (o'tin, ko'mir) kabi; c) sinonimlarda kengayish yuz berdi: zo'r, buyuk, katta, ulkan – gigant kabi; d) yangi tipdagi barqaror so'z birikmalarining ko'lami kengaydi: oq oltin, tinchlik-sevar xalqlar kabi; f) rus tilidan qabul qilingan so'zlar o'zbek tilining lug'at tarkibini boyitish bilan birga ayrim so'zlarning lug'at tarkibidan chiqib ketishiga ham sabab bo'ldi. Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi so'zlarning morfologik tarkibida, so'z birikmasi va gap qurilishida, umuman tilning grammatik qurilishida ham ma'lum o'zgarishlar sodir bo'ldi. Masalan, XX asr o'zbek adabiyotining, ayniqsa, proza janrining ravnaqi hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'shma gaplar, xususan, ergash gapli qo'shma gaplar va murakkab gaplar qurilishini tubdan o'zgartirdi. O'zbekiston respublikasining uzoq kutilgan Mustaqillikka erishishi, istiqlol sharofati bilan o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi hozirgi o'zbek tili taraqqiyotida nur ustiga a'lo nur bo'ldi: davlat idora ishlari o'zbek tilida olib borila boshladi; lotin grafikasi asosida yangi yozuv tizimi, qabul qilindi. Bularning barchasi hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotini yangi izga soldi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling