N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Qutadg’u bilig», «Hibatul xaqoyiq», «Devonu lugatitturk», «Oguznoma», «Muhabbatnoma», «Qissai Rabguziy»
2. Yozma adabiy til.
Adabiy tilning eng qadimiy shakli og'zaki adabiy tildir. O'zbek og'zaki adabiy tili o'zbek xalqining boy og'zaki ijodi: qo'shiq va laparlari, ashula va maqollari, ertak va hikoyalari, tarixiy bahodirlik eposlari, topishmoq va tez aytishlari, askiya va hikmatli so'zlari vositasida shakllangan va asrlar osha nasldannaslga o'tib kelgan. Og'zaki adabiyot-ning bu xilmaxil janrlari boyib, kengayib, takomillashib borgan. Bu o'zbek xalq adabiy tilining ham shakllanishi, o'sishi va takomillashishiga imkon bergan. Adabiy tilning yozma shakli har bir xalqning ma'lum yozuv tizimi va o'quv madaniyati bilan bog'liq. Yozuvning vujudga kelishi, uning amalda qo'llanishi va yozma adabiyotning shakllanishi umumxalq og'zaki adabiy tili negizida yozma adabiy tilni yuzaga keltiradi. O'zbek xalqi o'zining madaniy tarixida turli yozuv shakllaridan foyda-lanib kelgan. Qadim davlardan boshlab, O'rta Osiyo va Qozog'iston turkiy xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi O'rxunEnasoy, uyg'ur, arab, lotin va rus grafikasi asosidagi yozuvlardan foydalanib kelgan. Demak, o'zbek yozma adabiy tili ham o'zining boy tarixiy merosiga ega. O'zbek yozma adabiy tili XIII asrlardayoq shakllana boshlagan bo'lib, eski o'zbek adabiy tili sifatida XIV-XV asrlarda takomiliga yetkazildi. O'zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyot yo'lini uch asosiy bosqichga bo'lib ko'rsatish mumkin: 1) qadimgi turkiy adabiy til (VII asrdan XIII asrgacha); 2) eski o'zbek adabiy tili (XIIIXIV asrlardan XIX asrning ikkinchi yarmigacha); 3) hozirgi o'zbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgacha). Ba'zi adabiyotlarda esa quyidagicha: 1. Qadimgi turkiy adabiy tili VIX asrlar moboynida amalda bo'lgan, bu tilda qadimgi turkiy yozma yodgorliklar, ya'ni O'rxunEnasoy yod-gorliklari, irq bitigi yaratilgan. 2. Eski turkiy adabiy tili XIXIII asrlar davomida yaratilgan «Qutadg’u bilig», «Hibatul xaqoyiq», «Devonu lug'atitturk», «O'g'uznoma», «Muhabbatnoma», «Qissai Rabg'uziy» kabi buyuk adabiy asarlar tilidir. 3. Eski o'zbek adabiy tili XIVXVIII asrlar mobaynida shakllangan, takomillashgan adabiy tildir. Bu tilda Lutfiy, Sakkokiy, Durbek, Atoiy, Navoiy, Bobur, Muhammad Soliq, Gulxaniy, Abulg'ozi Bohodirxon kabi buyuk shoir va yozuvchilar qalam tebratgan. 4. Yangi o'zbek adabiy tili XIX asrlarning ikkinchi yarmidan shakl-landi. Bu tilda Amir Umarxon, Nodira, Muqimiy, Zavqiy kabi shoirlar ijod qildi, matbuot tili shakllandi. 5. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tili Fitrat, Cho'lpon, A.Qodiriy, A.Qahhor, G'.G'ulom, H.Olimjon va boshqa yozuvchi shoirlarning tilidir. Bu til XX asrning 20- yillaridan boshlab shakllandi. Eski turkiy til davrida yozilgan asarlar barcha turkiy xalqlarning umumiy yodgorliklari hisoblanadi. Shuning uchun ham bu davr umum-turkiy adabiy tili sifatida qaraladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling