N. raimnazarova


Download 0.96 Mb.
bet58/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

Umumturkiy so'zlar. Turkiy xalqlarning barchasi uchun tushunarli bo'lgan so'zlarga umumturkiy so'zlar deyiladi. Umumturkiy so'zlar VI-VII asr yodnomalari tilida uchraydi: ata, ini, adaq, tav, altun kabi. Bu kabi so'zlar o'sha davr hamma turkiy tillari uchun umumiy bo'lgan.

Hozirgi turkiy tillar, jumladan, hozirgi o'zbek tili tarkibidagi bunday umumturkiy so'zlarni shartli ravishda quyidagicha belgilash mumkin:

1. Qarindoshlik atamalari umumturkiy leksikaning eng arxaik qatlamidir. Qarindoshlik atamalari qon-qarindoshlik, oila-nikoh, ota urug'i va ona urug'iga doir shaxslar hamda ularning yosh xususiyatlariga ko'ra farqlangan. Masalan, barcha turkiy tillar va o'zbek tilida qarindoshlik atamalari: ota//ata, opa//apa, tog'a//dayi//tay, xotin//katin//gadin, kelin//gelin, qayin//qayin// qayn kabi.

2. Turli hayvon, jonivor, parrandalar nomlari, ularning anatomik a'zolari atamalari: ot//at, bedav//badav, echki//eshki// echi, eshak//yesek//eshteq, g'oz//qaz//kas, tuyoq//toyak//tuyak, tumshuq//tomshiq//tumzux va boshqalar.

3. O'simlik nomlari va ularning a'zolariga oid atamalari: boshoq// majaq//masaq, yaproq//yalbirak//yapurmak, tomir//tamir//tamix kabi.

4. Tabiat hodisalarini anglatuvchi atamalar (anemonimlar): yel (shamol) //jel//chel, yashin//jasin kabi.

5. Ayrim jo'g'rofiy va samoviy tushunchalarni ifodalovchi so'zlar: yulduz//'juldiz//'yo'ldik, dengiz//deniz//tines, ko'k (osmon) //koy //ko'k, dala// talaa//tarla, suv (daryo) //suu//suq va b.

6. Narsa, hodisa, voqea, harakat, belgi va miqdor nomlari, shaxs va so'roq ma'nosini anglatuvchi qadimgi so'z va atamalar ham o'zbek tilining umum-turkiy leksik qatlamining asosini tashkil qiladi.

Umuman, turkiy tizimdagi tillarda eng qadimgi davrlardan boshlab, amalda asosan bir xilda qo'llanib kelgan, keyinchalik o'sib, rivojlanib, hozirgi paytda ham deyarli barcha turkiy tillarda shakl va ma'no birligini saqlagan, lekin qisman har bir turkiy tilning artikulyatsion xususiyatlariga ko'ra o'z fonetik ayrimliklariga ega bo'lgan lug'aviy birliklar barcha turkiy tillar leksikasining asosini tashkil qiladi.

Shubhasiz, turkiy tillarning har biri o'z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanib kelgan, shuning uchun boshqa turkiy tillardagi ayrim so'zlar o'zbek tilida, o'zbek tilidagi ayrim so'zlar esa boshqa turkiy tillarda uchramasligi mumkin. Masalan, ev (uy), emgak (mehnat), yemak (non), al (qo'l) singari umumturkiy so'zlar hozirgi kunda o'zbek tilida ishlatilmaydi, o'zbek tilidagi ayrim so'zlar ham boshqa turkiy tillarda shunday.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling