N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasining o'zlashgan qatlami
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasining o'zlashgan qatlami
Til jamiyatning taraqqiyoti bilan birga doimo o'zgarib, taraqqiy etib boradi. Uning eng o'zgaruvchan qismi bo'lgan lug'at tarkibining o'sishi va o'zgarishining turli omillari mavjud: 1) lug'at boyligining o'zgarishi, eng avvalo, tilning o'z ichki imkoniyatlari asosida yuz beradi. Turli usullar bilan yangi so'zlar hosil bo'ladi, yasaladi va so'zning semantikasida o'zgarish yuz berib, uning ma'nosida differensiat-siyalanish sodir bo'ladi, so'zning har bir yangi ma'nosi yangi so'z hosil qiladi; 2) adabiy til va uning tarkibidagi dialektlar o'rtasida doimiy munosabat, aloqa mavjud bo'ladi. Bu aloqa dialektlar tarkibidagi ayrim so'zlar hisobiga adabiy til lug'at boyligini oshirib boradi; 3) qarindosh xalqlar o'rtasidagi doimiy ijtimoiy, siyosiy, madaniy va iqtisodiy aloqalar tillar o'rtasidagi aloqani ham kuchaytiradi, bunday aloqa-lar har ikkala til va tillar o'rtasidagi leksik almashinuvga katta imkoniyat yaratadi. 4) noqarindosh xalqlar o'rtasidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar tillar o'rtasidagi aloqani ham vujudga keltiradi va bu, ko'pincha, bir tilda, ba'zan esa har ikkala tilda ham leksik olinmalarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Leksikada o'zlashgan qatlamning paydo bo'lishi har doim bir xil usulda yuz bermaydi, so'z o'zlashtirish sabablari, tabiati har xil bo'ladi: 1. Noqarindosh ellar va tillarning tengligi asosida. Bu o'zaro aloqadagi xalqlarning hududiy yaqinligi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va kundalik turmush sharoitlarining umumiyligi asosida quriladi va bularning barchasi tilda o'z ifodasini topadi. Juda uzoq tarixiy jarayonda aloqadagi tillar o'rtasida leksik olinmalar o'sib, rivojlanib boradi, shuningdek, tillar tarkibida yangi – o'zlashgan qatlamni shakllantiradi. Masalan, o'zbek tili leksikasi tarkibidagi fors-tojik so'zlari o'zbek va tojik xalqlarining bir hududda yashaganliklari, ularning azaliy erkin muloqoti natijasidir. 2. Noqarindosh ellar va tillarning o'zaro tengsizligi asosida. Bu noqa-rindosh qavmlar va xalqlar o'rtasidagi tashqi ziddiyatlar, o'zaro bosqinchilik urushlari, g'olib hamda mag'lub qavm va xalqlar, mamlakatlarni vujudga keltiradi. G'olib mamlakatlarning mag'lub mamlakatlar ustidan hukmronligi, mag'lub mamlakat, elat va xalqlarning ijtimoiy turmush sharoiti, urf-odat va madaniyatiga ham ta'sir qilmasdan qolmaydi, albatta. Bu, dastavval, g'olib va mag'lub xalqlar tillarida o'z aksini topadi. Sababi g'olib mamlakat hukmronlari bosib olingan hududlarda o'z tilini hukmron til darajasiga ko'tarishga, davlatni boshqarishni o'z tillarida olib borishga, yozuv va yozma hujjatlarni o'z tili hisobiga o'zgartirishga intiladi. Natijada bir til leksikasida ikkinchi til leksikasiga oid yangi so'zlar va dubletlar paydo bo'la boshlaydi. Bular davrlar o'tishi bilan tobora kengaya boradi, mag'lub tillar leksikasida o'z qatlami bilan yonma-yon o'zlashgan qatlam yuzaga keladi. O'zbek tili leksikasi tarkibidagi arab, fors va rus tillariga oid leksik qatlamlarning paydo bo'lishi shu asosda yuz bergan. Qarindosh va noqarindosh tillar o'rtasidagi ana shu munosabatlarni leksik olinmalarning xususiyatlariga ko'ra o'zbek tili va boshqa tillar aloqasi misolida quyidagicha tasnif qilish mumkin: 1. O'zbek tili leksikasida fors-tojikcha so'zlar. 2. O'zbek tili leksikasida mo'g'ulcha va xitoycha so'zlari. 3. O'zbek tili leksikasida arabcha so'zlar. 4. O'zbek tili leksikasida ruscha va baynalminal so'zlar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling