N. raimnazarova


Download 0.96 Mb.
bet68/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

Arxaizmlar. Eskirib iste'moldan chiqqan, ammo o'z ekvivalentiga, sinoni-miga ega bo'lgan so'zlarga arxaizmlar deyiladi: ulus – xalq, tilmoch – tarji-mon, sarf – morfologiya, nahv – sintaksis kabi.

Arxaizmlar ham leksik arxaizmlar, semantik arxaizmlar va frazeologik arxaizmlarga bo'linadi.

Leksik arxaizmda so'zning o'zi eskirib, uning o'rnida xuddi shu ma'noni ifodalovchi yangi so'z hosil bo'ladi. Bunda ba'zan qiziq hodisalar yuz berishi mumkin. Masalan, yaqin vaqtlargacha territoriya so'ziga nisbatan hudud so'zi arxaik edi, hozir, aksincha, zamon o'zgarishi bilan hudud so'zi faolla-shib, territoriya so'zi arxaiklashmoqda. Buni rayon va tuman so'zlari qiyosida ham kuzatish mumkin.

Polisemantik so'z ma'nolaridan birining eskirishiga semantik arxaizm deyiladi. Bunda so'z shakli eskirmaydi, balki so'z semalaridan biri eskiradi, qo'llanish doirasi torayadi: paxta, tola, momiq – ko'p ma'noli so'z. Lekin shulardan momiq so'zining hozirgi til uchun paxta ma'nosi eskirgan. Bu holatni ko'pgina polisemantik so'zlarda uchratish mumkin.

Eskirib iste'moldan chiqqan, ammo o'z sinonimiga ega bo'lgan iboralar frazeologik iboralar deyiladi. Masalan, fotiha olmoq, oq fotiha bermoq iboralari hozirgi tildagi ruxsat olmoq, yo'llamoq so'z va iboralarining arxaizmidir.

Bir tomondan qaraganda, arxaizm va istorizmlar bir hodisaga o'xshab ko'rinadi, ularning o'xshashligi har ikkisining ham eskirganligidadir, lekin ular farqli. Bu farqlar quyidagicha:

1) arxaizmlar hozirda mavjud hodisalarning (muhr – pechat kabi), isto-rizmlar esa o'tmish narsa-hodisalarning atamasidir: domla – muallim, bekat – to'xtash joyi kabi;

2) arxaizmlarning sinonimi mavjud, istorizmlarning sinonimi yo'q;

3) arxaizmlar ham polinativ, ham uslubiy vazifa bajaradi, istorizmlar esa faqat polinativlikka ega;

4) arxaizmlarning paydo bo'lishi til taraqqiyoti bilan, istorizmlarning paydo bo'lishi esa jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling