N. raimnazarova


Download 0.96 Mb.
bet66/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

leksikasi.

7. Xulosa.

Tilning, jumladan, o'zbek tilining, lug'at tarkibidagi lug'aviy birliklar miq-dor jihatidan cheksizdir. Ma'lum bir tilda so'zlashuvchi jamoa a'zolari lug'at tarkibidagi barcha so'zlardan barovar foydalanish imkoniyatiga ega emas. U nutq jarayonida zarur bo'lgan so'zlardangina foydalanadi. Shunga ko'ra tilning lug'at tarkibidagi jami so'zlar keng iste'moldagi so'zlar va qo'llanishi doirasi chegaranlangan so'zlarga bo'linadi.

Ma'lum bir tilda so'zlashuvchi jamoaning hammasi uchun tushunarli bo'lgan, ularning kundalik turmushida keng qo'llanadigan tilning asosiy lug'at fondi tarkibidagi so'zlar umumiste'moldagi so'zlar deyiladi. Masalan, osh, non, suv, havo, yer, osmon, daraxt, meva, yaxshi, yomon, kitob, qalam, bor, pul, besh, o'n, oh, voy kabi.

Ko'rinadiki, umumistemoldagi so'zlarga:

a) kundalik muomaladagi so'zlardan tashqari, qarindoshlik bildiruvchi, kishi, jonivor, o'simliklarning nomlari va a'zolarini anglatuvchi, ishlab chiqarish qurollari, uy-joy, ro'zg'or asboblari, oziq-ovqat va ularning turlari-ni nomlovchi otlar;

b) rang-tus, maza-ta'm, hajm-shakl, masofa anglatuvchi sifat va ravishlar;

c) barcha tub sonlar;

d) harakat va holat bildiruvchi tub fe'llar;

e) bog'lovchi vositalar;

f) his-hayajon, sharpa-tovush ifodalovchi til birliklari kiritiladi.

Tilning lug'at tarkibidagi so'zlar faqat shu bilan chegaralanmaydi, kundalik muomalada hamma so'zlar baravar ishtirok etmaydi. Ma'lum bir tilda so'zlashuvchi jamoaning barchasi uchun uqadar tushunarli bo'lmagan, ayrim shaxs va guruhlar tomonidan zaruriy sharoitlardagina qo'llaniladigan so'zlar shu til leksikasining chegaralangan qatlami deyiladi.

Bunday so'zlarni dastlab uch yirik guruhga bo'lish mumkin:

1. Davr nuqtai nazaridan chegaralangan leksika.

2. Hududiy nuqtai nazardan chegaralangan leksika.

3. Ijtimoiy chegaralangan leksika.

Davr nuqtai nazaridan chegaralangan leksika kishilarning kundalik turmushida deyarli qo'llanilmaydigan, faqat zaruriy sharoitlardagina qo'lla-nadigan so'zlardir. Bunday so'zlar ham o'z xususiyatlari va qo'llanish doirasi jihatidan 3 ga bo'linadi:

1. Tarixiy so'zlar (istorizmlar).

2. Eskirgan so'zlar (arxaizmlar).

3. Yangi so'zlar (neologizmlar).




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling