N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Dialektologiya»
Neologizmlar. Tilda yangi paydo bo'lib, kundalik iste'molda kam qo'llanadigan, hali ommalashmagan so'zlar neologizmlar deyiladi. Bunday so'zlar o'zida yangilik bo'yog'ini saqlagan so'zlardir. Neologizmlar ham odatda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti natijasida maydonga keladi. Hozirgi o'zbek tilida mustaqillik, ozodlik, bozor iqtisodi, menejment, menejer, tadbirkor, tayyoragoh, bekat, senator, parlament, lizing, tender, brifing kabi so'zlar yangi so'zlardir. Ulardan ba'zilari qisqa davr ichida ommalashib, neologizmlik holatini yo'qotmoqda ham.
Neologizmlar davr o'tishi bilan umumiste'moldagi so'zlarga aylanib, yangilik bo'yog'ini yo'qotadi va neologizmlikdan chiqib ketadi. XX asrda jamiyatdagi o'zgarishlar, sanoat, qishloq xo'jaligi, fan va madaniyat taraqqi-yoti bilan yuzaga kelgan yuzlab yangi so'zlar qisqa davrda neologizmlik xususiyatini yo'qotib, tezda ommalashib ketdi. O'zbek tili taraqqiyotida hozir ham bu jarayon davom etmoqda. Tilda neologizmlarning paydo bo'lishi jamiyatning ijobiy taraqqiyoti natijasi bo'lib, tilning taraqqiyotiga ham sabab bo'ladi.
O'zbek adabiy tili tarkibidagi dialektlar, ularning fonetik, leksik-gramma-tik xususiyatlari, har tomonlama tasnifi XX asr boshlaridan to hozirgacha ko'plab o'zbek dialektolog-tilshunoslari tomonidan mukammal o'rganilgan. O'zbek adabiy tili tarkibidagi dialektlarning xususiyatlari haqida tilshunos-likning maxsus sohasi «Dialektologiya» fani shug'ullanadi. Shunga qaramasdan, o'zbek adabiy tilining dialektlarga, dialektlarning adabiy tilga munosabati masalasi hali ham ma'lum darajada o'z tadqiqiga muhtoj.
1. Terminologik leksika. 2. Kasb-hunar leksikasi. 3. Jargon va varvarizmlar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling