Professionalizmlar ham termin hisoblanadi, chunki har bir kasb egasi nutqida ishlatiladigan, shu kasbning o'ziga xos atamalar shu kasbning terminidir. Lekin professionalizmda hududiy chegaralanishi ham mavjud: qizamiq, qizilcha; ega, kesim; qo'shuv, oluv, sinus, tangens; era, formatsiya kabi.
Argo. Ma'lum soha guruhlari tomonidan qo'llanib, boshqalar uchun sir tutiladigan terminlarga argo deyiladi: pul otarchilar nutqida – yakan, poraxo'rlar nutqida – qurug'i, o'g'rilar nutqida – loy; yoki tomog'ini silab qo'ymoq – o'ldirmoq, sotib olmoq – o'g'irlamoq kabi. Shuningdek, talabalar argosi, bolalar argosi, o'quvchilar argosi kabilar ham mavjud. Masalan, talabalar argosida Tankang kim? Sessiyani yopdingmi? Yiqilmoq kabi so'z va iboralar qo'llaniladi.
Jargon. Jamiyatdagi tabaqalanish bo'yicha yuz beradigan terminlarga jargon deyiladi: oqsuyak, yalangoyoq, qoracha, xo'ja, taqsir, janob va boshqalar.
Vulgarizm. Vulgarizm adabiy tilda ishlatilmaydigan, dag'al, qo'pol, haqorat so'z va iboralardir. Vulgarizm yunoncha oddiy xalqqa oid demakdir: itvachcha, hayvon, eshshak, oqpadar, padar la'nat, haromi kabi.
Varvarizm – ona tiliga o'zlashmagan, o'zga til hodisasi sifatida qo'lla-nuvchi so'z va iboralardir. Varvarizm lotincha ajnabiy demakdir: madam, paxan, maxan, bratan, chao, Zuli (Zulayho), Muhay (Muhayyo) va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |