N. raimnazarova


Download 0.96 Mb.
bet70/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

Termin va terminologiya. O'z emotsional-ekspressiv bo'yog'iga ega bo'lmagan, faqat bir tushunchaning jami sifatida qo'llanadigan, ijtimoiy nuqtai nazardan chegaralangan leksik qatlamga termin, terminlar haqidagi fan tarmog'iga terminologiya deyiladi.

Termin o'z sohasida faqat bir tushunchaga teng leksik ma'nosiga ega bo'lgan lug'aviy birlik – so'zdir. Demak, terminlar aslini olganda mustaqil ma'noli so'z, lekin har qanday so'z termin bo'la olmaydi, terminlar ma'lum bitta tushunchani anglatish ko'zda tutilgan holda so'zlar ichidan tanlab olinadi, ma'lum sohaga xoslantiriladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, so'z va termin bir-biridan farqli bu farqlar quyidagicha:

1. Terminning ma'nosi hamma vaqt tushunchaga teng keladi. So'zning ma'nosi ham tushuncha bildiradi, lekin u o'z ma'nosidan tashqari qo'shimcha ma'noga ham ega bo'ladi. Qo'shimcha ma'no termin uchun xos emas, bu narsa uni so'zdan farqlaydi.

2. Terminning leksik ma'nosi har vaqt tushuncha anglatadi, so'zning ma'nosi tushuncha anglatmasligi ham mumkin. Masalan, atoqli otlarning leksik ma'nosi tushunchaga asoslangan emas.

3. Terminning ma'nosi aniq tushunchaga asoslanadi, so'zda bunday bo'li-shi shart emas, uning ma'nosi mavhum tushuncha asosida ham shakllanishi mumkin, masalan, olmoshlarda shunday.

4. So'z ko'pincha o'z sinonimiga ega bo'ladi, terminda bu mumkin emas. Agar terminda ham bir tushuncha ikki so'z bilan ifodalansa, bu bir paytda ikki qoshiq bilan ovqatlanishdek gap.

5. So'zda omonimlik mavjud, terminda bu mumkin emas.

6. Terminlar birikmali ham bo'lishi mumkin (tepkili terlama, erkin vazn, kvadrat ildiz, so'z birikmasi kabi), bu so'zga xos emas.

7. Termin tayyor so'z vositasida shaxslar tomonidan yaratiladi, so'zning shakllanishi til taraqqiyoti bilan bog'liq.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling