N. raimnazarova
Emotsional-ekspressiv va uslubiy jihatdan o'zbek tili leksikasi
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Uslubshunoslik»
Emotsional-ekspressiv va uslubiy jihatdan o'zbek tili leksikasi. Leksika-dagi ba'zi so'zlar:
1) ayrim so'zlar bir ma'noni ifodalashdan tashqari, qo'shimcha emosional-ekspressiv ma'noga ega bo'ladi: bo'sh – lavang, latta; novcha – naynov, terak kabi; 2) so'zlovchi har qanday leksik birlikni o'zi kuzatgan kommunikativ maqsaddan (fikrni ifodali, kinoyali, ta'sirli qilish) kelib chiqib, tanlab ishlatadi. Shunga ko'ra so'zlar ma'lum nutq turi – vazifaviy uslubga xoslangan bo'ladi: yemoq – tushirmoq, ichmoq – otmoq kabi. So'z qo'llash-ning uslubi, turlari ham ko'p, bu – tilshunoslikning maxsus sahasi bo'lgan «Uslubshunoslik»da maxsus o'rganiladi. Nutq jarayonida so'zlovchining aytilayotgan fikrga ijobiy yo salbiy munosabatini anglatishga xoslangan leksikaga emotsional-ekspressiv leksika deb yuritiladi. Tillar o'zoro nutqiy aloqa jarayonida faqat fikr almashish bilangina chega-ralanib qolmasdan, balki borliqdagi turli vaqea va hodisalarga so'zlar orqali o'z munosabatini ham bildiradi. Lekin tildagi hamma so'zlar ham kishining muloqot jarayonidagi g'azab, nafrat, achinish, erkalash, kinoya kabi kayfi-yatlarini ifodalash xususiyatga ega emas. Ma'lumki, emotsional-ekspressiv bo'yoqsiz so'zlar kishilarning kundalik muomalasida qo'llanuvchi so'zlar bo'lib, ular aynan shu qo'llanishda qo'shimcha ma'nolarga ega bo'lmaydi: yuz, bet; katta, kichik; chiroyli, yaxshi kabi. Ekspressiv-emotsional bo'yoqli so'zlar esa narsa va predmet, voqea va hodisa, belgi va xususiyat, harakat va holat kabi tushunchalarning nomini atash bilan birga shu narsa va hodisalarga so'zlovchining bahosini, turlicha munosabatini ham bildiradi. Masalan, bet so'zi o'rnida oraz, chehra, turq; katta so'zi o'rnida ulkan, buyuk so'zlarining qo'llanilishi bet va katta so'zilariga boshqacha rang, bo'yoq beradi. Tilda ekspressiv-emotsional bo'yoq turli usullar bilan ro'yobga chiqarilishi mumkin: a) fonetik usul bilan: ko'zing – ko'zzing, eshak – eshshak; qars etmoq – qa-a-ars etmoq kabi; b) leksik-semantik usul bilan: azamat, lobar, dildor, ketvorgan; surbet, makkor, iflos, benomus kabi; 1) metaforik yo'l bilan: eshak, tulki, bo'ri, xo'roz kabi. 2) morfologik yo'l bilan: yaxshigina, bo'taloqginam, bolajon, asalim kabi; 3) sintatik usul bilan: tog'-tog' (xirmon), yuksak-yuksak (binolar) va b. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling