N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasida ruscha va baynalminal so'zlar
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasida ruscha va baynalminal so'zlar. O'zbek tilining rus tili bilan o'zaro aloqasi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. Bu davrda O'rta Osiyo Rusiya tomonidan tamomila bosib olingan edi. Bu, bir tomondan, O'rta Osiyo xalqlarining Rusiyaga qaramligini yuzaga keltirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, O'rta Osiyo o'lkalarida yangi ijtimoiy tuzumning barpo qilinishi, yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, zavod va fabrikalarning maydonga kelishiga sabab bo'ldi, shuningdek, O'zbekistonda va shu zaminda yashovchi xalqlar o'rtasida ob'yektiv ijtimo-iy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy hamkorlikni yuzaga keltirdi, o'zbek va rus tillarning o'zaro aloqasiga ham asos soldi.
XX asrning I yarmida o'zbek tiliga ruscha va rus tili orqali ingliz, nemis, fransuzcha-baynalminal so'zlar yoppasiga kirib kela boshladi. Bular: 1. Ijtimoiy-siyosiy so'z va terminlar: byuro, demokratiya, diktatura, komitet, referendum, respublika kabi. 2. Sanoat va qishloq xo'jaligiga oid atamalar: industriya, metallurgiya, neft, elektr, stanok, agronom, traktor, seyalka, brigadir, irrigasiya kabi. 3. Fan, texnikaga oid so'zlar: akademiya, alfavit, geologiya, grammatika, gradus, kafedra, teorema, fizika, televizor kabi. 4. Harbiy ish, jismoniy tarbiya va sportga doir atamalar: general, kapitan, artilleriya, voleybol, futbol, finish, start kabi. 5. Qurilish, oziq-ovqat, uy-ro'zg'or buyumlari nomlari: kanal, galstuk, kostyum, konserva, pechene, stol, stul va boshqalar. Baynalminal so'z va atamalar: 1. Yunoncha: dialekt, diafragma, ideya, kafedra, magistr, grammatika kabi. 2. Lotincha: avtor, student, ekstern, senat, ministr, respublika kabi. 3. Nemischa: vaxta, lager, mundir, rota, rang, balet, tufli kabi. 4. Fransuzcha: drop, triko, kostyum, mebel, bufet, abajur, flot, eskadra kabi. 5. Inglizcha: vokzal, tramvay, tort, futbol, basketbol, boks, kross kabi. 6. Italyancha: bas, ariya, libretto, loja, opera, bank, benzin va boshqalar. Chet tillardan so'z va iboralarni qabul qilish ikki usul bilan yuz beradi: 1) so'z va iboralar to'g'ridan-to'g'ri, o'z holicha, shakli o'zgartirilmagan holda qabul qilinadi: traktor, tramvay, radio, televizor kabi; 2) so'z va iboralarni bir tildan boshqa tilga kalkalash usulida olinadi. Kalka – nusxa, kalkalash nusxa ko'chirish demakdir. Bunda qabul qilinuvchi tildagi biror so'z yoki iboraning ma'no va shakli qabul qiluvchi tildagi xuddi shunday ma'no yoki shakl bilan almashtiriladi. Bu bir tildagi so'zni boshqa tildagi so'zga tarjima qilishga o'xshab ko'rinadi, lekin bu oddiy tarjima emas. Masalan, ishlab chiqarish boshqarmasi iborasi rus tilidagi «производствен-ное предприятие» birikmasining, umumrivojlantiruvchi harakatlar iborasi rus tilidagi «общеразвиваюшие движения» birikmasining aynan tarjimasi emas, kalkalashtirilgan nusxasidir. Tilda faqat so'z va iboralar emas, balki ularning ma'nolari ham kalkalash yo'li bilan bir tildan ikkinchi tilga o'tishi mumkin. Masalan, избрать – saylamoq, голосовать – ovoz bermoq oddiy leksik kalkalar bo'lsa, sayla-moq (избрать) ma'nosida qo'l ko'tarmoq iborasining qo'llanishi faqat ma'no jihatidan bo'lgani uchun semantik kalkadir. Bir tildan ikkinchi tilga so'z va iboralarni kalka usulida o'zlashtirish to'liq yo to'liqsiz bo'lishi mumkin. Agar so'z va ibora butunligicha kalka usulida o'zlashtirilsa, to'liq kalka (ishlab chiqarish boshqarmasi, umumrivojlan-tiruvchi harakatlar kabi); qisman o'zlashtirilsa, to'liqsiz kalka deyiladi: akt tuzmoq, kolleksiya to'plamoq, annotatsiya yozmoq va boshqalar.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling