N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasida fors-tojikcha so'zlar
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
O'zbek tili leksikasida fors-tojikcha so'zlar. O'zbek xalqi bilan eroniy xalqlar, o'zbek tili bilan fors-tojik tillari o'rtasidagi munosabat juda qadim zamonlardan boshlangan, chunki Markaziy va O'rta Osiyoda o'zbeklar forslar va tojiklar bilan birga yashab kelganlar.
O'zbek va fors-tojik tillari o'rtasidagi aloqa tenglik va tinchlik asosida yuz bergan. Shubhasiz, yashash hududlari bir bo'lgan o'zbek (qisman qoraqal-poq, turkman) hamda fors va tojik xalqlarining iqtisodiy turmush sharoiti, ishlab chiqarish, fan va madaniyati, san'atida ham umumiylik bo'lgan, bu ularning urfodatlari, oilaviy munosabatlarida ham o'z ifodasini topgan. O'zbek tilidagi fors-tojik olinmalarning manbai, asosan, rivojlangan fors-tojik adabiy tili bo'lgan. O'rta Osiyoning mo'g'ullar istilosigacha bo'lgan davrida Qoraxoniylar va Xorazm davlatlari adabiy tili, undan keyin esa Oltin o'rda va Temuriylar davlati adabiy tili hamda ilmiy-adabiy aloqalari o'zbek tili leksikasi tarkibida fors-tojik olinmalarining asosi bo'lgan. O'zbek xalqi va fors-tojik xalqlari, o'zbek tili va fors-tojik tillari o'rtasida-gi azaliy aloqa va munosabatlarni faqat o'zbek va tojik xalqlari, o'zbek va tojik tillari o'rtasidagi munosabatlar orqali izohlash mumkin. Ma'lumki, Tojikistonning janubiy hududlari (Vaxsh va Qorarnihosh vodiylaridagi Qo'rg’ontepa, Qabadiyon, Jimko'l, Shahartuz nohiyalari) va Jonibedam viloyatida, O'zbekistonning Buxoro, Samarqand, Namangan, Termiz kabi markaziy shaharlari va Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Farg'ona vodiysining ko'pgina hududlarida o'zbeklar va tojiklar birga yashashadi. Bu birlik asosidagi o'zbek va tojik o'zaro og'zaki muloqoti Buxoro, Samarqand (XIV-XV asrlardayoq Hirot, Isfaxon, Qandahor, Balx) shaharlarida o'zbek va tojik ikkitilligini shakllantirgan bo'lsa, ko'p asrlar davomidagi buyuk mutafakkirlar Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy, Muqimiy va Muiziy, Sadriddin Ayniy va Oybeklar o'rtasidagi ilmiy-adabiy hamkorlik va zullisonaynlik an'analarini davom ettirdi, rivojlantirdi. Temuriylar davrida va keyinchalik Buxoro, Qo'qon xonliklarida davlat idora ishlarining ikki tilda olib borilishi, shubhasiz, har ikki tilning ham fonetik, leksik-grammatik ravnaqiga samarali ta'sir ko'rsatgan. Shuning uchun tojik-fors tilining o'zbek tiliga va o'zbek tilining tojik-fors tiliga ta'sirini faqat bu adabiy tillar leksikasida emas, balki ularning tovushlar tarkibidagi gramma-tik qurilishda ham ko'rish mumkin. Misollar: a) leksikada: kaft, obro', ohang, bahor, bekor, hamroh, poytaxt, astoydil, otashin, baland, past, kamtar, ro'para kabi; b) fonetikada: o'zbek tili unlilar tizimidagi ayrim o'zgarishlar, tojikcha so'z boshida g, l, z, v, r tovushlarining odatiy qo'llanishi; c) grammatikada: -boz, -bon, -do'z, -namo, -paz, -parvar, -furush, -xona kabi yasovchilar, be-, ba-, bar-, ser-, no-, xush-, pur-, bo- kabi prefikslar va boshqalar.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling