N. raimnazarova


reja: 1. So'zning o'z va ko'chma ma'nolari haqida ma'lumot


Download 0.96 Mb.
bet47/84
Sana09.11.2021
Hajmi0.96 Mb.
#172330
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
N. raimnazarova

reja:

1. So'zning o'z va ko'chma ma'nolari haqida ma'lumot.

2. So'zning ko'chma ma'nolari:

a) metafora;

b) metonimiya;

c) sinekdoxa;

d) funksional (vazifadoshlikka ko'ra) ko'chish;

e) ma'no kengayishi va torayishi.

3. Xulosa.

So'z ma'nosining o'zgarishi – so'zning semantik tarqqiyoti tilning umumiy taraqqiyot jarayonlari bilan bog'liq. Tilning umumiy taraqqiyoti uning fonetik tizimi, grammatik qurilishi, lug'at tarkibi hamda lug'at tarkibidagi har bir so'zning semantik taraqqiyoti – so'z ma'nolarining o'zgarishi bilan belgilanadi. Demak, tilda so'zlar ham leksik, ham semantik jihatdan doim yangilanib turadi. Shu sababli so'zlar asl ma'nolarini o'zgartirmagani holda, shu ma'no bilan qay tomonlamadir bog'liq bo'lgan yangi ma'nolar kasb etadi. Masalan,

Yashash soatining oltin kafgiri,

Har borib kelishi bir olam zamon.

Koinot shu damda o'z kurrasidan,

Yasab chiqa olur yangidan inson.

Yashash darvozasi ostonasidan,

Zarhal kitob kabi ochilur olam.

Tiriklik ko'rkidir mehnat, muhabbat,

Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram (G'.G'ulom)

she'riy parchasida soat – umr, oltin – bebaho, kafgir – devor soati mayatnigi, har borib kelishi – tun bilan kunning almashinishi, yasab chiqa olur – aylanmoq, yashash darvozasi – umrning boshlanishi, ostonasi – ufqi, zarhal kitob – umr zarvaraqlari kabi deyarli barcha so'z va iboralarning ma'nosida o'zgarish yuz bergan.

Anglashiladiki, nutqda so'zlar o'z (asl) leksik ma'nolaridan tashqari, o'zga – qo'shimcha (ko'chma) ma'nolarni ham anglatadi.

So'zning narsa va predmet, voqea va hodisa, belgi va xususiyat, harakat va holat haqidagi dastlabki real ma'nosi so'zning o'z ma'nosi deyiladi. Masalan, kitob – o'quv quroli, shamol – tabiat hodisasi, oq – belgi, rang – tus, keldi – harakat, mudradi – holat kabi.

So'zlarning o'z real ma'nosidan tashqari, o'xshatish, mubolag'a, kinoya, bo'rttirish kabi usullar bilan boshqa, yangi ma'nolar bilan qo'llanishi so'zning ko'chma ma'nosi deyiladi. Misollar: Yer o'z o'qi atrofida aylanadi gapida yer so'zi o'z dastlabki real ma'nosi planeta tushunchasini anglatgan. Chigit ekish uchun yer yaxshi yetildi gapida yer – tuproq; Maktab yeriga turli ko'chatlar o'tkazdik gapida yer – uchastka; Xo'jaligimiz yangi kelin-kuyovlarni yer bilan ta'minladi gapida yer – tomorqa; Amu bo'ylaridagi chegarachilarimiz har bir qarich yerni ko'z qorachig'iday asramoqda gapida esa yer – Vatan, ona tuproq ma'nolarini anglatgan. Yana bir misol: Paxta – o'zbek xalqining milliy boyligi, Zavodimiz bir yilda chet elga ming tonna paxta sotmoqda, Paxta o'z vaqtida ekildi, Paxta gulladi, Talabalarimiz paxta yig'im-terimida jonbozlik ko'rsatadilar gaplarida:

1) paxta – texnika o'simligi;

2) paxta – tola;

3) paxta – chigit;

4) paxta – g'o'za;

5) paxta – hosil ma'nolarida qo'llangan.

So'zning ma'nolari turli usullar bilan ko'chadi, bular quyidagilar:

1. Metafora.

2. Metonimiya.

3. Sinekdoxa.

4. Funksional (vazifaviy) ko'chish.

5. Ma'noning kengayishi va torayishi.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling