N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil


Rollarga ho’lih qayta hikoya qilish


Download 208 Kb.
bet12/20
Sana18.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1589800
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
ZEBINISO KURS ISHI

Rollarga ho’lih qayta hikoya qilish.

Bu usul nutqning ma’nodorligini (ifodaliligini) shakllan- tirishga yordam beradi. Tarbiyachi tomonidan ishtirok etuvchi shaxslar xarakterining izohlanishi bolalar nutqining oydinla- shishiga, diqqatining faollashishiga katta ta’sir etadi. Rollarga bo’lib qayta hikoya qilish o’rta guruhdan boshlab qo’llaniladi. Bu usuldan mashg’ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  1. O’yin usuli (dramalashtirilgan o’yin).

Bu usulda personajlarning (ishtirok etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: bolalar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng foydalanadilar, biroq o’yin uchun hech qanday niqoblar. dekoratsiyalar talab etilmaydi. Tarbiyachi avval o’zi muallif nomidan gapiradi, so’ngra bola gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo’sh rivojlangan bolalar chiqariladi. Dramalashtirilgan o’yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh guruhlarida qayta hikoya qilib berishga o’rgatish mashg’ulotining tuzilishi (o’tkazish uslubiyoti) har xil bo’ladi.
Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bo’lishi kerak.
Qayta hikoya qilish mashg’ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya qilishga o’rgatish ularga tanish bo’lgan ertaklarni (‘Bo’g’irsoq", ‘Sholg’om", ‘Bo’ri bilan echki", ‘Ochko’z it") takrorlashdan boshlanadi. Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o’rgatishda quyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita so’zni yoki to’liq gapni takrorlaydilar:
— Choi bilan kanipir...
— Yashashar ekan.
— Bir kuni chol...
— Sholg’om ekibdi.
So’ngra bolalar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o’rgana boshlaydilar. Savollar voqealar ketma-ketligini belgilashga, ishtirok etuvchilarning nomini aytishga qaratilgan bo’ladi:
— Bo’g’ircoq kimni uchratdi?
— Quyon ni.
Agar bola ertakning boshlanishini yaxshi eslab qolgan bo’lsa, u holda uni mustaqil hikoya qilib bera oladi. So’ngra qayta hikoya qilish jarayonida bola qiynalsa, tarbiyachi yordamlashadi, ya’ni matnni esiga tushirishdan foydalaniladi, bu ertak mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.
Qisqa xalq ertaklarini qayta hikoya qilishdan so’ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o’tishi mumkin (Mirnuihsin. ‘Olxo’ri", ,,Tosh“).
Mashg’ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko’rsatiladi. Ko’rsatish savollar, ko’rsatmalar berish bilan birga qo’shib olib boriladi. Illustratsiyalarni asarni o’qib berishdan awal yoki o’qib bergandan keyin ko’rsatgan ma’qul. Tarbiyachi shunday deydi:
‘Hozir men sizlarga rasmlarni ko’rsataman, so’ngra hikoya o’qib bcraman" yoki ‘Hozir hikoyani o’qib bcraman, so’ng rasmlarni ko’rsataman".
O’rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o’rgatishda ancha murakkab bo’lgan vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo’lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga o’rgatib qolmasdan, balki asar qahrantonlarining gaplarini ifodali qilib bayon etishga, boshqa bolalarning qayta hikoya qilishlarini diqqat bilan tinglashga va matnga taalluqli bo’lmagan jumlalarni topishga o’rgatadi. Ushbu guruhda bolalar butun yil davontida 8 — 1 O ta adabiy matnni (o’zbek ertaklaridan ‘Tulki bilan Turna", ‘Maqtanchoq quyon", ‘Fil va xo’roz", ‘Ikki o’rtoq", A. Oripov- ning ‘Bobo va nabira" she’rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.
O’rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun o’rta guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o’rgatislidagi muhim vazifa — bu ularga asarning mantiqiy bog’lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga asarni dastlabki o’qishdan so’ng o’tkaziladigan suhbat orqali erishish mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savol- lari asosiy metodik usul bo’lib hisoblanadi.
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:

  1. asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;

  2. voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.

Shuningdek, asar o’qib berilgandan keyingi suhbat bola nutqidagi lug’at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramon- larning ovozlarini ifodali bayon etishga ta’sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi.
Adabiv matn o’qib berilgandan so’ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniqlash maqsadida matn yuzasidan qisqa suhbat o’tkaziladi.
Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: ‘Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday? (qo’rqoq, yolg’onchi, tarbiya ko’rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro’y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib qolsangiz, unga nima degan bo’lar edingiz? (Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg’onchi, qo’rqoqsan- ku. Bundaylarni biz o’zimizga sherik, o’rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga o’ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o’tkazilgach, u ikkinchi marta o’qib yoki hikoya qilib beriladi va bolalar tomonidan qayta hikoya qildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: ‘Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o’qib (hikoya qilib) beraman. So’ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar". O’rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya qilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan so’zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilishning ravonligini ta’minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to’liq bo’lishini (‘Sen nima haqida hikoya qilib berishni esingdan chiqarding?"), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi personajlarning so’zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: ‘Tulki xo’rozdan derazadan qarashini qanday so’raydi?" — ‘Samimiy, ayyorona"; ‘Maqtanchoq quyon o’rtoqlariga nima deb maqtandi?" — ‘Вс-e. Ycm bo’lib bo’pman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o’lib qoldi" — (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo’yicha qayta hikoya qilishdan ham foydalanish mumkin. Ba’zi Iiollarda bolalar asar mazmunini o’z so’zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so’zlarni muallifning fikrini aniq va to’g’ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak.
Bolalarning qayta hikoya qitishlarini baholash muhim uslubiy (nietodik) usullardan hisoblanadi. O’rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi. Bolalarning qayta hikoya qilishini baholashda uning yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib. qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: bolalarda qayta hikoya qilishda 228 matnga to’g’ri kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni qayta hikoya qilishga o’rgatish orqali ularning nutq faolligini, mustaqilligini rivojlantirishga ta’sir etadi.
Katta guruhlarda adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o’rgatishda yangi vazifalarni ha! etish nazarda tutiladi: tarbiyachining yordanichi savollarisiz ertak va hikoyalarning mazmunini bir-biriga bog’lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib, grammatik tomondan to’g’ri bayon eta olishga o’rgatish. Endi bu guruhda ancha murakkab, hajmi kattaroq bo’lgan asarlarni qayta hikoya qilish taklif etiladi. (Bu guruhlarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan asarlar ro’yxati ‘Badiiy terma kitob“da ko’rsatilgan. Tuzuvchilar: S. G’oziyeva, D. Ochilova, L. Dolimova.
T’ ,,O’qituvchi", 1993.)
Masalan:, ‘Bo’ri bilan tulki" (o’zbek xalq ertagi), ‘Chum- chuq" (o’zbek xalq ertagi), Gulxaniyning ‘Toshbaqa bilan chayon" masali, ‘Zumrad va Qimmat" (o’zbek xalq ertagi ) va hokazolar.
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish mashg’ulotida tarbiyachi o’z oldiga bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirish. matn mazmunini bir-biriga bog’lab, ketma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik jihatdan to’g’ri bayon etishga o’rgatish vazifasini qo’yadi. Qayta hikoya qilib berishga o’rgatish mashg’ulotini o’tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh bolalari bog’lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining o’z oldiga qo’ygan vazifasiga, shuningdek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya etilgan adabiy asar matniga bog’liq bo’ladi. Qayta hikoya qilib berish mashg’uloti ushbu qismiardan iborat bo’lishi mumkin:

  1. Kirish suhbati. Bu suhbat asar mazmunini idrok qilishga, bolalarning tasawurlarini aniqlashga, kerakli emotsional holatni vujudga keltirishga va hokazolarga qaratilgandir.

  2. Badiiy asarni o’qib berish. Asarni dastlabki o’qib berishda bolalarga uning mazmunini esda saqlab qolish kerakligini, so’ng uni qayta hikoya qilib berish lozimligini ta’kidlamaslik kerak, aks holda, badiiy asarning g’oyaviy tomonini idrok eta olmasligi mumkin. Asar matnini ma’noli qilib, ishtirok etuvchilarning dialogini intonatsiya bilan ajratib o’qib berish (yoki hikoya qilib berish) juda muhimdir. Shunday qilinganda bolalarga asardagi qahramonlarga va voqealarga o’z munosabatlarini bildirishga yordam bergan bo’lamiz.

J. O’qib berilgan asarning mazmuni va shakli vuzasidan suhbat. O’qib berilgan yoki hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan 228
beriladigan savollar oldindan yaxshilab o’ylab qo’yilgan bo’lishi kerak.
Mashg’ulotning bu qismi uncha uzoq bo’lmasligi, bolalarga 4 — 5 savol berish bilan kifoyalanish lozim.

  1. Adabiy asar matnini ikkinchi marta o’qib berish (yoki hikoya qilib berish). O’qib berishdan awal tarbiyachi bolalarga asarni diqqat bilan tinglashni, uning mazmunini esda olib qolishni, keyin qayta hikoya qilib berishlarini ta’kidlaydi.

  2. Bolalar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Miso! tariqasida o’zbek xalq ertaklaridan ‘Uch tulki" ertagini qayta hikoya qilish mashg’ulotini keltiramiz.

Tarbiyachi ertakni o’qib berishdan (yoki hikoya qilib berishdan) awal bolalarga quyon, qo’ng’iroq, eshak va uning bolasi xo’tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki, bola tulki) rasmlarini ko’rsatadi va bolalardan ularning nomini so’raydi. Tarbiyachi bolalardan tulki qanday hayvon ekanligini, eshak. uning bolasi xo’tik, quyon qanday hayvon ekanligini so’rab oladi. So’ngra tarbiyachi bolalarga mana shu hayvonlar, ‘Uch tulki" ertagida uchrashini aytadi va bolalarga bu ertakni hikoya qilib beradi (yoki o’qib beradi). Shundan so’ng asar mazmuni yuzasidan savollar beradi: ‘Hozir men sizlarga qaysi ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak qaysi hiylagar hayvon haqida yozilgan? Ertakdagi tulkilar qanday? Rahmdilmi yoki hiylagarmi? Ular qanday qilib quyonni aldashdi? Ertak oxirida tulkining bolasi Qashqani (quyonni) qanday qilib aldaganini kim eslab qoldi?
Tarbiyachi bolalarga savollarga hammalari to’g’ri va aniq javob bcrganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, ‘Hozir men bu ertakni yana bir marta hikoya qilib bcraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni menga qayta hikoya qilib berasizlar", — deydi.
Asarni ikkinchi marta hikoya qilib bergach, 5 — 6 bolani ertakni qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Har bir bolaning qayta hikoya qilib berishlari baholanadi. Masalan: ‘Behzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo uning hikoyasi to’liq bo’lmadi. U ona tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi".
Katta guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o’rgatishda turli usullardan foydalaniladi:

  1. tarbiyachi tomonidan tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish;

  2. bolalarga tanish bo’lgan ikkita-uchta asarlardan birini o’z xohish-istaklari bilan qayta hikoya qilish;

d) asarni sahnalashtirib, qayta hikoya qilish.
Katta guruh bolalari o’rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi.
Bunday muhokamani uyushtirish metodik jihatdan juda murakkab bo’lib, u tarbiyachidan katta mahoratni, har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini bilishni talab etadi. Yana bu ishning murakkabligi shundan iboratki, bolalar hamma hikoyalarni eslarida saqlashlari lozim bo’ladi, shuning uchun bolalarning hikoyasini yozib borgani ma’qul, so’ngra ularning ba’zilarini muhokamadan awal o’qib berishi kerak. Muhokamani tashkil etish bolalarni qayta hikoya qilishdagi yaxshi va yomon tomonlarni seza olishga, o’rtoqlariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalashga yordam beradi.


Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling