N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil


Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatish


Download 208 Kb.
bet13/20
Sana18.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1589800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
ZEBINISO KURS ISHI

1.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatish
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. Tarbiyachi rasmlar yordamida bolalarning tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivoj- lantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko’rish imkoniyati bo’lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to’g’risidagi bilimlarini aniqlaydi va to’ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga niuhabbat, o’z o’rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. Bolalarni hikoya qilishga o’rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, repro- duksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi.
М. M. Konina bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o’rgatishning quyidagi mashg’ulot turlarini ajratib ko’rsatadi: 1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish; 2) voqeaband rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish; 3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli hikoya tuzish; 4) vo- qealar ketma-ket keladigan rasmlar to’plami asosida hikoya tuzish; 5) peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish.
Tarbiyachi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo’lishi, bolaning yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan bolalarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo’lishi; d) bolaning xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg’ularini, kuzatuvchanligini, nutqini 23O
rivojlantirishga yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa- buyumning ko’rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo’lmasligi.
Turli yosh guruhlarida rasmga qarab hikoya tuzishga o’rgatish uslubiyoti
Kichik guruh. Bu guruhda rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu guruh bolalari hali o’z fikrlarini bir-biriga bog’lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu bolalarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so’z to’plamining kamligi, gaplarni to’g’ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog’liqdir. Rasm bo’yicha ishlashda tarbiyachining asosiy vazifasi quyidagilar: 1) rasmni ko’rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o’rgatish; 2) rasmda tasvirlangan narsa- buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog’langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo’lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga o’tish.
Bolalarni rasmlar bilan tanishtirish mashg’uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg’ulot asosan ikki qismdan iborat bo’ladi:

  1. Savollar yordamida rasmni ko’rib chiqish.

  2. Tarbiyachining namuna-hikoyasi bilan yakunlash.

Mashg’ulot uncha katta bo’lmagan kirish suhbati bilan boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to’g’risida bolalarning tasavvurini aniqlashdan va emotsional kayflyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Tarbiyachining savollari mashg’ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun savollarni oldindan puxta o’ylab olish muhimdir. Bolalarga beriladigan savollar tushunarli bo’lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug’dirmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalar rasm asosida ikki-uch so’zdan iborat bo’lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o’rganadilar. Rasmni ko’zdan kechirish bolalar nutqining to’g’ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. Tarbiyachi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to’g’ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak. Tarbiyachi o’z nutq namunasi, savollari, ko’rsatmalari bilan bolalarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so’zlarni tanlay olishlarida yordam beradi.
Kichik guruhlarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o’yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvonlari, bolalar hayotidan olingan murakkab bo’lmagan voqealar tasviridan iborat bo’ladi. Mashg’ulotdan so’ng rasm guruh xonasida bir necha kunga qoldiriladi. Bolalar yana bir marta rasmni ko’zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko’rmagan narsalarini ko’radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. Tarbiyachi bunday ko’zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya’ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo’llab-quwatlaydi, rag’batlantiradi.
O’rta guruh. Bu guruh bolalarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo’lmagan hikoya tuza oladilar.
Dastlab bolalar tarbiyachining savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu bolalarning jamoa bo’lib tuzgan yoki tarbiyachi va bitta bolaning hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo’lishi mumkin. Mashg’ulot oxirida tarbiyachi bolalarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o’zi to’liq hikoya qilib beradi.
So’ngra bolalar tarbiyachining namuna-hikoyasini takror- laydilar. Bu gumhda tarbiyachining namuna hikoyasi bolalarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. ‘Xuddi mendek hikoya qilib bering", ‘Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan", — deb tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi, ya’ni ushbu guruhda bolalardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna- hikoya ma’lum bir talablarga javob berishi kerak.
O’rta guruh bolalarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzishga o’rgatish mumkin. Tarbiyachi bolalarni o’z hikoyasida lug’atidagi so’zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o’rgatishi kerak. Bolalar rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa-buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, xarakterlari to’g’risidagi hikoya) o’rganib olganlaridan so’ng voqeaband suratlar bo’yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o’rgatiladi. Bolalar tarbiyachi yordamida tasviriy xarakterga ega bo’lgan bog’langan hikoya tuzadilar. Bu sekin-astalik bilan bolalarni mustaqil ravishda voqeaband hikoyalar tuzishlariga yordam beradi.

Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling