N. U. Arabov I f. d, professor


Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga


Download 1.91 Mb.
bet92/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga
asoslangan xizmatlar
Uyali aloqaning ovozsiz imkoniyatlari - bu uyali telefon foydalanuvchisi manzilini aniqlash, mobil telefondan elektron chipta sifatida foydalanish, oqimli translyatsiyalar, onlayn radiou- zatishlar va hk.
Bunday xizmatlarning odatiy namunalarini keltiramiz.
Sayohat uchun to‘lash va telefonni elektron chipta sifatida ishlatish . Ushbu xizmat NFC (Near Field Communication) texnologiyasining ommalashib borishiga asoslanadi.
NFC texnologiya o‘rnatilgan mobil telefonlardan metro, avtobus va boshqa jamoat transportida sayohat uchun to‘lashda foyadalanish mumkin.
Mobil telefonning foydalanuvchiga uning joylashgan joyi haqida batafsil ma’lumotni taqdim etish.
Ushbu xizmatlar, shuningdek, LBS (Location - based ser- vice) nomi bilan tanish, joyga asoslangan xizmat sifatida tarjima qilinadi.
Joylashuv texnologiyalariga asoslanib, oxirgi foydalanuvch- iga pul undiriladigan bir qator mobil savdo xizmatlari mavjud.
Do‘st yoki bolani topish.
Ushbu xizmat oldingisiga o‘xshaydi, faqat bitta ahamiyatli bitta jihati bilan farqlanadi. Foydalanuvchi uning joylashgan joy- ini aniqlamaydi, lekin do‘stingiz, tanishingiz yoki bolangizning joylashishini aniqlaydi. Foydalanuvchi maxsus so‘rov yuborib, qaysi mamlakatda, qaysi shaharda va hattoki qaysi ko‘chada ma’lum mobil telefonga ega odam borligini aniqlay oladi.
Qutqaruv xizmatlari tomonidan joylashuvni aniqlash
Odamning manzilini mobil telefoni orqali aniqlash xizmati hattoki shaxs manzil xizmatlarini ko‘rsatish uchun biron bir xiz- matga obuna bo‘lmagan taqdirda ham, qutqaruv xizmatlari tomonidan ishlatilishi mumkin. Qutqaruvchilar uchun odamning joylashishini aniqlash juda zarur va hatto odamning hayotini saqlab qolish uchun juda ko‘p holatlar mavjud bo‘ladi.
Mobil telefon yaqinida zarur narsalarning mavjudligini aniqlash.
Ushbu xizmat abonent joylashgan joyga eng yaqin bo‘lgan obyektlarning manzillari va telefon raqamlari va obunachilarni qiziqtiradigan toifalar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini be- radi, masalan, restoran, valyuta ayirboshlash shaxobchasi.
Oqimli translyatsiya va onlayn radiouazatishlar
Ushbu xizmatlar zamonaviy uyali tarmoqlarning yuqori tezlikdagi kanallar orqali ovozsiz ma’lumotlarni uzatish imkoni- yatlariga asoslangan. Xizmatlar 3G -va undan yuqori tarmoqlarga asoslangan bo‘ladi. Mobil telefonlardan radiostansiyalarni
tinglash va televizion dasturlarni tomosha qilish uchun to‘liq qurilmalar sifatida foydalanish mumkin. Ehtimol, video tasvirlarni kuzatuv kameralaridan mobil telefonlarga o‘tkazishga asoslangan bir qator xizmatlarning paydo bo‘lishi mumkin.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling