328
Quduqning solishtirma debiti-quduqdagi suyuqlik sathining bir birlik
uzunlikka pasayishiga mos keluvchi suyuqlik sarfi; l/sm, m
3
/sm da ifodalanadi.
Qatlam suyuqliklarini sizdirish - qatlam suyuqliklarini tabiiy va sun‘iy
tadbir yordamida sizdirish.
Quduqning tuzilishi - quduqlarining tuzilishini (chuqurligi bo‘yicha
diametrining o‘zgarishi, mustahkamlovchi quvurlar birikmasi diametri va tushirish
chuqurligi) tasvirlashga asoslangan. Quduq tuzilishini
tanlashning dastlabki
materiallariga geologik kesimdagi tog‘ jinslarning fizik-mexanik xosslari asos qilib
olinadi.
Quduqlarni tugallash- neft va gaz qatlamini burg‘ilash,
quduq ichiga
tushiriluvchi quvurlarini sement bilan mustahkamlash, qatlam unumdorligini aniqlash
bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish jarayoni.
Quduqning maqbul debiti - quduqdagi uyumdan oqilona foydalanishni
ta‘minlash sharti bilan quduqdan eng ko‗p miqdorda
olinadigan uglevodorodlar
hajmi.
Quduqlarini o’zlashtirish - mahsuldor qatlamlardan flyuid oqimlarini yer
yuziga chiqarish uchun mo‗ljallangan kompleks ishlar majmi. Bunga quydagilar
kiradi: quduq og‗zini
zichlash, quduq ichiga asbob-uskunalarini tushirish, yer usti
asbob-uskunalarini o‗rnatish, qatlamdagi suyuqlik oqimini harakatni ta‘minlash.
Quduq tubini tozalash - burg‗ilash jarayonida quduq tubida yig‗ilib qolgan
mayda tog‗ jinsi zarrachalari burg‗ilash eritmasi yordamida
tashqariga chiqarish
jarayoni. Zarbali burg‗ilashda quduq vaqti-vaqti bilan jelonka yordamida tozalab
turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: