Osma-chig’ir (tal) bloki - tal sistemasining harakatlanuvchi qismi bo‘lib,
kranblok bilan po‘lat arqonlar yordamida bog‘lanadi.
Osma chig’ir (tal) arqoni - qo‘zg‘almas kranblok va harakatlanuvchi osma
chig‘ir (tal blok)ni bog‗lovchi po‘lat arqon.
Portlovchi moddalar- kimyoviy reaksiyaga shiddatli kirishib, ko‘p issiqlik
va gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy birkmalar yoki moddalar aralashmasi.
Portlovchi moddalarga tetril, geksogen, oktogen, nitroglitserin, nitrometan va
boshqalar kiradi.
Po’lat arqon-tushirish va ko‘tarish jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan
arqon.
Protektor halqasi - mustahkamlovchi quvurlar birikmasini har xil
shikastlanishlardan va qulflarni yeyilishdan saqlashga mo‘ljallangan halqa.
Paker-quvurlar oralig‘ini ajratuvchi moslama.
Plunjer-uzunligi diametridan ancha katta bo‘lgan porshen; plunjerli nasoslar,
zolotniklar, gidravlik silindrlarning detali.
Plunjerli ko’targich-plunjerdan foydalaniladigan davriy gaz liftning bir turi.
Uning tarkibiga gazliftdan tashqari plunjer, lublikator, pastki va yuqorgi
amortizatorlar kiradi.
Quduqlarning o’zaro ta’siri-bir quduqdan suyuqlikni qazib olganda uning
ikkinchi quduqga ko‘rsatadigan ta‘siri.
Qatlamga ta’sir etish - qatlamga kislota bilan ishlov berish, bosimni keskin
o‘zgartirish, qatlamda gidravlik uzilishni tashkil etish, erituvchi moddalar bilan ishlov
berish, termokimyoviy yo‘llar bilan ta‘sir etishga asoslangan.
Quduqni vaqtincha to’xtatish - quduqini sinash jarayonida mahsuldor
qatlamlardan sanoat ahamiyatiga ega neft va gaz zahirasi aniqlanagan, qazib olishga
topshirish sharti bilan quduqni vaqtincha to‘xtatilib qo‘yilishi.
Qatlamdan neftni siqib chiqarish -kollektor-qatlam tarkibidagi neftning
boshqa agent (suv, gaz, eritish modda) lar bilan o‘rin almashish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |