165
Armaturaning yuqori qismini sozligini tekshirish uchun havoza billan jixozlangan
bo‘lishi kerak.
Kompressor armaturalari mustahkamlik va zichlikka ishchi bosimdan 1,5
baravar katta bosim bilan tekshirilgan bo‘lishi kerak. Gaz va havo o‘tkazgichlar
ta‘miri bosim atmosfera bosimigacha tushirilgandan keyin o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.
Quduqdqan chiqish va boshqa joylarda muzlagan qismlarni issiq suv va bug‘
bilan
eritish talab qilinadi.
Kon maydonida yon‘ginga xavfli joy bu taqsimlovchi butka sanaladi. Butkani
ishlatish vaqtida flanes va salniklardan sizib chiqishi gazning yig‘ilib qolishiga olib
keladi. Butkada portlovchi aralashma hosil bo‘lishini oldini
olish uchun shamollatib
turilish talab qilinadi.
Yonuvchi aralashma yonib ketish sabablari: ochiq olov,
temir buyumlarning
bir biriga urilishdan chiqadigan uchqun, elektr asboblardan(rubilnik pechlarda)
chiqqan uchqun va boshqalar. Shuning uchun butkada
chekish va payvandlash
ishlarini o‘tkazish qatiyan man qilinadi. Faqat uchqin chiqarmaydigan
instrumentlardan foydalanishga ruxsat beriladi (misli).
Ishlov beriladigan material
yaxshilab moylangandan keyin temir keskichdan foydalanishga ruxsat beriladi.
Butkaning yoritish tizimini jixozlashda gaz yig‘ilib qolishi mumkinligini
etiborga olib amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Taqsimlovchi butkaning konstruksiyasi yengil va yong‘inga bardaoshli
materiallardan
tayyorlanishi kerak; gaz yig‘ilib qolish mumkin joyi bo‘lmasligi
kerak; poli uchqin chiqarmaydigan materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak; eshik va
derazasi tashqariga ochiladigan bo‘lishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: