N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Quduq ustida qarshi bosimni o’zgartirish va o’zgarmas ishchi agent sarfi


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduq ustida qarshi bosimni o’zgartirish va o’zgarmas ishchi agent sarfi 
usuli 
orqali 
quduqni 
tadqiq 
qilish 
(Maksimovich 
usuli).Kompressor 
ko‘targichining maksimal debitiga mos quduqning ishlash rejimi o‘rnatilishi bilan bu 
usulda tadqiq qilinadi. Buning uchun quduqqa ma‘lum miqdordagi ishchi agent 
haydalib, u quduqni boshqa ishlatish rejimigacha o‘zgarishsiz qoladi. Barqaror 
ishlash rejimida quduqdan chiqish joyiga o‘rnatilgan manometer yordamida ishchi 
bosim o‘lchanadi, suyuqlik va gaz debiti aniqlanadi. 
O‘lchashlar tugagandan keyin zadvijkani yopish orqali quduq debiti 25-30% 
ga kamaytirilib, buning hisobiga ishchi agent haydaladigan quvurda bosim ko‘tariladi 
va shunga mos ravishda quduq tubi bosimi ko‘tariladi. Quduq yangi rejimda barqaror 
rejimgacha ishlatilib, keyin uning debiti va ishchi agent bosimi aniqlanadi. Odatda 


164 
quduq to‘rt –besh xil qazib olish ko‘rsatkichida tadqiqot qilinadi. Oxirgi o‘lchov 
uchun chiqishdagi zadvijka to‘liq yoki kuchli pulsatsiya hosil bo‘lguncha yopiladi. 
10.7.Kompressorsiz gazlift 
Kompressorli ishlatishda quduqdan suyuqlikni ko‘tarish uchun ishchi agentni 
kerakli bosimgacha siqish kompressor yordamida amalga oshiriladi. Agar kon yuqori 
bosimli neft qatlamiga ega bo‘lsa kompresor stansiyasini qurmasdan yuqori bosimli 
gazdan foydalanish mumkin. Bunday quduqlarda gaz ajratgichlardan keyin shtutser 
o‘rnatib, gaz bosimidan foydalanib boshqa quduqdan mahsulot qazib olishni tashkil 
qilish mumkin. 
Konda neft qatlamidan boshqa yuqori bosimli gaz qatlami mavjud bo‘lsa, bu 
gazdan foydalanib neft qudug‘idan mahsulot qazib olish mumkin. Yuqorida aytib 
o‘tilgan har ikkala usul kompresorsiz gazlift usuli deb ataladi. 
Kompresorsiz ishlatish usulining texnologik sxemasi quyidagicha. Gaz 
qudug‘idan olinayotgan gaz ajratgichlarida quritilgandan keyin qizdirgichga beriladi. 
U yerdan quduqlarga taqsimlash uchun gaz taqsimlovchi butkaga beriladi. Neft 
quduqlari jixozlar ham, gaz taqsimlovchi butkalari ham odatdagi kompressori 
ishlatishdagi jixozlaridan farq qilmaydi. Favvora qudug‘ini ishlatishdan boshqa 
barcha usullarga nisbatan kompressorsiz ishlatish usuli arzon.
Qo‘shni kon yuqori bosimli gazi, gaz qatlami yuqori bosimi yordamida, gaz 
do‘ppisi yordamida kompressorsiz gazlift tashkil qilish mumkin. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling