N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishga tushirish klapani
- Oxirgi klapan
10.3.Chuqurlik klapinlari
Quduqni gazlift usulida ishlatish texnologiyasi maxsus konstruksiyali chuqurlik klapanlarini keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular bilan quvurlar va quvurlar oralig‘i bog‘lanadi va yopiladi, hamda NKQ ga gazning kirishi boshqariladi. Turli konstruksiyali chuqurlik klapanlari mavjud. Barcha klapanlar o‘zining vazifasiga ko‘ra ishga tushirish klapani, ishchi klapan va oxirgi klapan (konsevie) bo‘linadi. Ishga tushirish klapani quduqni o‘zlashtirish yoki quduq to‘xtatilgandan keyin ishga tushirish uchun ishlatiladi. Ishchi klapan nasos kompressor quvurini botirilish chuqurligini o‘zgartirish bilan birga quduqni optimal ishlatish sharoitini yartishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu turdagi klapanlar quduqni davriy ishlatishda ham foydalaniladi. Bu yerda haydalayotgan gaz ko‘taruvchi quvurda klapandan yuqorida ma‘lum sath hosil qilgandan keyin kiradi, gazning ko‘targichga kirishi sath klapandan pasaygandan keyin to‘xtaydi. 154 Oxirgi klapan ko‘taruvchi quvur asosiga (bashmakga) o‘rnatildi va halqali qisimda ma‘lum sath balandligini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ular haydalayotgan gazning ko‘taruvchi quvurga bashmakdan kirishining oldini oladi. Amaliyotda ko‘plab konstruksiyadagi chuqurlik klpanlaridan foydalanilgan. A.P.Krilov va G.V.Isakov konstruksyali Y-1-M va M.A.Abdullayev konstruksyali KPA prujinali differensial turdagi ishga tushirish klapanlari keng tarqalgan. Bu klapanlar bir xil maqsadda qo‘llaniladi, shuning uchun bittasini ko‘rib chiqamiz- Y-1-M klapanini (10.3-rasm). Klapan korpusi 1 nasos kompressor quvuridan tayyorlangan quvurcha 2 ga payvandlangan holda tayyorlangan. Quvurchaning ichki devoriga klapandan kirayotgan gazni ko‘targich markaziga yo‘naltiruvchi soyabon 3 payvandlangan bo‘ladi. 10.3-rasm. Ishga tushiruvchi klapani Y-1-M ning sxemasi a-ochiq; b-yopiq. Prujina uchun mo‘ljallangan qalpoqcha 5 bilan nipel 4 korpus 1 ga burab mahkamlangan bo‘ladi. Korpusga nipel ni qotirishdan oldin sharik 6 ni joylashtiriladi. Og‘irlik kuchi ta‘sirida nipel 4 ning yuqori sedlosiga yopishib turgan sharik quduqni yuvishda quvur qismi va quvur orti qismini ajratib turadi. Klapan ishlash vaqtida gaz oqimi sharikni korpus 1 ning yuqori teshigiga suradi va bosim bilan ushlab turadi. Nipel 4 ning ichida prujina 8 ta‘sirida kichik pastki sedloga yopishib turgan konus shaklidagi klapan 7 joylashgan bo‘ladi. Prujina cho‘zilishga ishlaydi. Klapanning ma‘lum sharti bo‘yicha, prujinaning tortish kuchi yengib, ko‘tariladi va 155 yuqori uchi bilan yuqoridagi sedloning katta teshigini yopadi. Buning hisobiga quvur va quvur orti qismlari aloqasi yopiladi. Nipel 4 da diametri 2 mm bo‘lgan bir nechta teshik hosil qilingan bo‘lib, bu teshik orqali gaz klapan va quvurga tushadi. Nipel tashqi yuzasi kesilgan bo‘ladi. Teshiklarni yopuvchi halqa 9 rezba bo‘ylab harakatlanadi. Halqani harakatlantirish orqali teshiklar sonini o‘zgartirib, klapan ishini meyyorlash mumkin bo‘ladi. Ishga tushirish klapanining ishlash prinspi quyidagicha. Nasos kompressor quvuriga o‘rnatilgan klapan ishga tushirish bosimi oldindan aniqlangan holatda chuqurlikka tushiriladi. Suyuqlikni bostirish davomida, sath klapandan pastga tushishi zahoti gaz nipel 4 teshigi orqali quvurga tushadi va suyuqlikni gazlashtirib yuqoriga ko‘taradi. Buning hisobiga klapan sathidagi quvur bosimi tushadi, teshik orqali gazning sarfi ko‘payadi quvurdagi bosim yanada pasayadi. Bu jarayon ma‘lum vaqtgacha davom etib, shundan keyin sarfning ortishi va bosimning tushishi kuzatilmaydi. Bu vaqtda klapan yopilib siqilgan gaz suyuqlik sathini bashmakkacha yoki keyingi klapangacha bosadi. Klapan 7 ostki va ustki gaz bosimi farqi tasirida yopiladi; Shunday qilib nipelning yuqori sedlosining kesimi, pastki sedlosining teshigidan bir necha bor katta, klapanni yopiq holatda ushlash uchun uni yopishga nisbatan sezilarli kam bosimlar farqi talab qilinadi. Y-1-M klapani uchun yopish uchun bosimlar farqi 35·105 Pa atrofida ochish uchun farq quyidagicha P och =1+0,1Δp yop . Klapanning o‘tkazuvchanligi maydoni 44 mm 2 bo‘lgan teshik yoki 7,4 mm diametrli aylana teshikning o‘tkazuvchanligiga teng bo‘ladi. Y-1-M klapani sxemasi 10.4-rasmda keltirilgan. 156 10.4-rasm. Ishga tushiruvchi klapan Y-1- M sxemasi 1-meyorlovchi gayka; 2,6-shaybalar; 3-prujina; 4-sterjin; 5-prujina qalpoqchasi; 7-pastki nipel ; 8-klapan; 9-halqa; 10-yuqori nipel; 11-sharik; 12-klapan korpusi. Quvurlar tizmasiga klapan nasos kompressor quvuridan tayyorlangan maxsus quvurchalar bilan o‘rnatiladi. Klapanlar orasidagi masofa maksimal bosimlar farqi orqali aniqlanadi. Klapandagi bosimlar farqning kattaligi gazlashtirilgan suyuqlik ustuni va klapanning o‘tkazuvchanligiga qarab aniqlanadi. Ishga tushirish klapani halqali tizimda ishlaydigan bir qatorli ko‘targichlarda qo‘llaniladi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling