N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nazorat savollari. 
1. Quduqda suyuqlik va gazlarning favvoralanish shartlari. 


147 
2.Bir ton suyuqlikni yeryuzasiga ko‘tarish uchun kerak bo‘ladigan jami 
energiya miqdori qanday ifodalanadi? 
3.Favvoqa ko‘targichlari diametrini anidlash formulasini yozing. 
4.Pog‘onali ko‘targichlarning qo‘llanilish holati. 
5. Pog‘onali ko‘targichlarning pog‘onalar uzunligi qanday aniqlanadi? 
6.Ko‘targichlar o‘tkazish qobilyati qanday aniqlanadi? 
7.Boshlang‘ich va ohirgi davr u chun favvora ko‘targichlarni aniqlash. 
8.Favvora qudug‘I usti jixozlriga nimalar kiradi? 
9. Tizma boshchasining qanday turlarini bilsiz? 
10.Favvora armaturasining qanday turlarini bilasiz? 
11. Favvora armqturasining qanday qismlari bor? 
12.Trap nima? 
13.Gidrosiklon ajratgich qismlari. 
14. Favvora qudug‘i ishini muofiqlashtirish qanday amalga oshiriladi? 
15. Shtutserlarning turlari 
16.Favvora quduqlarida parafin yotqiziqlarini bartaraf qilish 
 
9-bob bо‘yicha xulosalar 
Bu bo‘limda favvoralanish shartlari, favvora quvurlarini qo‘llash, favvora 
qudug‘i usti jixozlari, traplar, favvora qudug‘i ishini muofiqlashtirish, favvora 
quduqlarida parafin yotqiziqlarini bartaraf qilish kabi ma‘lumatlar yoritilgan. 
 
10-bob. Quduqni gazlift usulida ishlatish 
10.1.Gazlift usulida ishlatishning umumiy prinsiplari 
Neft qudug‘ini gazlift usulida ishlatishda favvoralanish sun‘iy hosil qilinadi. Bu 
ikkala usulning bir-biridan farqi shuki, favvora usulida energiya manbayi qatlamdan 
kelayotgan gaz hisoblansa, gazlift usulida ishlatishda suyuqlikni quduqdan ko‘tarib 
olish yuqoridan haydalayotgan siqilgan havo yoki gaz energiyasi hisobiga amalga 
oshiriladi. Agar quduqqa siqilgan havo haydalsa, bu qurilma erlift (yoki havo 
ko‘targich) yoki siqilgan gaz haydalsa gazlift (yoki gaz ko‘targich) deb ataladi. Ishchi 


148 
agentni haydashda kompressor qurilmasidan foydalanilsa kompressorli gazlift usuli, 
kompresor ishlatilmasa kompressorsiz gazlift usuli deb nomlanadi. 
Kompressor usulining asosiy afzallik tomonlari: 
1. jixozlar tuzilishining oddiyligi; quduqqa murakkab jixozlar tushirilmaydi 
balki tez yechiladigan mexanizmlar tushiriladi; 
2. barcha jixozlarning yer yuzasida joylashtirilishi; 
3. ko‘p miqdorda suyuqlik olish mumkunligi; 
4. quduq debitini boshqarishning oddiyligi; 
5. ishlatish jarayonida tiqin hosil bo‘lishini oldini olish mumkinligi; 
6. quduqda ajralib chiqayotgan gazlar suyuqlikning oqishiga yordam qiladi. 
Kompressor usulining afzallik tomonlari bilan bir qatorda kamchiliklari ham 
mavjud. 
1) ko‘targich va kompessor – quduq tizimining foydali ish koeffisienti 
kichikligi, dinamik sath kichik bo‘lganda 5% dan oshmasligi; 
2) quvurning ko‘p ishlatilishi, ayniqsa tiqin hosil bo‘lishi mumkun bo‘lgan 
quduqlar uchun; 
3) qimmat baho kompressor stansiyalarining qurilishi. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki kompressor usulida ishlatish uchun bir quduqni 
jixozlash uchun ketgan xarajat nasos quduqlarini jixozlash uchun ketgan harajatdan 
3-4 marta ortiq bo‘ladi. Quduq debiti pasayishi bilan 1tn neft qazib olish uchun 
energiya sarfi ko‘payadi. Shuning uchun past debitli quduqlarni kompressor usulida 
ishlatish yaxshi samara bermaydi. 
Kompressor ko‘targichi yordamida qazib olinayotgan suyuqlik miqdori unga 
haydalayotgan ishchi agent miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlik ko‘taruvchi 
quvirlar tizmasining tushirilish chuqurligi ko‘taruvchi quvir diametri va quduqdan 
chiqishdagi qarshi bosimlar ta‘sirida ham o‘zgarishi mumkin. Shu bilan birgalikda bir 
qancha ko‘rsatkichlar ham ta‘sir qiladi. Bularga neft qatlamining mahsuldorligi, 
ko‘tariluvchi suyuqlik qovushqoqligi va zichligi quduqda ajralib chiqayotgan gaz 
miqdori va boshqalar. Bu ko‘rsatkichlarning xilma xilligi kerak bo‘lgan ishchi agent 
miqdorini nazariy aniqlashni qiyinlashtiradi. 


149 
Ko‘p sonli mualliflar kompressor ko‘targichlarining hisobi va nazariyasi 
ustida ishlar ishlar olib borganlar. Bu yo‘nalishda ishlardan V.S.Melikovning 
o‘tkazgan eksprementlari, A.P.Krilovning empirik hisoblari, V.G Bagdasarovning 
ergazlift nazariyasi hisobi va amaliyoti bo‘yicha olib borgan ishlarini hisoblash 
mumkin. Tekshirishlar natijasida gaz ko‘targichlarini hisoblash uchun aniq formula 
ishlanmagan bo‘lsada rasional ko‘targichlarni loyihalashda foydalanish uchun bir 
qator prinsipial ko‘rsatmalar o‘rnatilgan. Bu ko‘rsatmalar quyidagilar: 
1) suyuqlikni ko‘tarish uchun ishchi agent miqdorini to‘g‘ri tanlash har bir 
quduq uchun debitning ishchi agent miqdoriga bog‘liqlik egri chizig‘ini hosil qilib 
tajriba usulida aniqlash; 
2) taxmin qilingan quduq debitiga qarab ko‘taruvchi quvir diametiri tanlanadi; 
3) kompressor quvurini botirilish chuqurligini iloji boricha oshirish, bu 
ko‘taruvchi quvur f.i.k.ning yuqori bo‘lishini ta‘minlaydi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling