N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Favvora quduqlarida parafin yotqiziqlarini bartaraf qilish
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
9.6.Favvora quduqlarida parafin yotqiziqlarini bartaraf qilish
Ko‗pchilik neft konlarida neft parafinli bo‗ladi. Bunday neftlarda parafinlarning (C 16 H 34 va undan yuqori uglevodorodlar) miqdori 2% dan oshadi. Oddiy sharoitlarda parafin qattiq kristallik modda shaklida, qatlamlarda esa neftda erigan holda bo‗ladi. Neft quduq tubidan quduq og‗zigacha ko‗tarilishida, bundan keyin quduqdan gaz seporatorgacha harakati natijasida harorat va bosim o‗zgarib boradi. Natijada, ―neft - erigan gaz – erigan paraffin‖ tuzilmasida muvozanati buziladi. 142 Gazini asta-sekin yo‘qatib borayotgan neft og‗irlashadi, qovushqoqligi ortadi, uning aralashuvchanlik qobiliyati og‗ir uglevodorod va boshqa aralashmalarga nisbatan kamayadi. Bir vaqtning o‗zida neftning harorati kamayish, ikki sababga ko‘ra ro‘y beradi: 1) quduq atrofidagi tog‗ jinslarga neftdan issiqlik berilishi va 2) gaz ajralishi natijasida neft sovub ketadi. Gaz faktori katta bo‘lganda gaz ajralishi ta‘sirida neftning sovishi yerga issiqlik berib sovushiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu bir biriga bog‘iq ikki jarayon (sovush va gazsizlanish) neftdan parafinli og‘ir uglevodorodlarning kichik zarrachalarini ajralishiga olib keladi. Oqimning bir muncha sovigan joylari, quduq devori va yangi hosil bo‘layotgan gaz pufakchalari atrofida kichik kristal parafinlar neftdan ajraladi. Oqim tarkibidan ajralib tushayotgan parafinning shu qismi neftda kichik kristal ko‘rinishda va gaz pufakchalari yuzasiga yopishgan holatda ko‘taruvchi quvurdan yuqoriga ko‘tariladi. Bunday kristalchalarning ko‘payishi natijasida quduq devoriga yopishadi va paraffin yotqiziqlari qalinligini ortiradi. Parafin yotqizig‘i qoramtir xamirsimon moddadan qattiq konsistensyagacha ko‘rinishda bo‘ladi: ular parafindan tashqari ma‘lum miqdorda smola, moy, suv (suvlangan quduqlarda) va mineral zarrachalardan tashkil topgan bo‘ladi. Favvora qudug‘i ko‘taruvchi quvurlari devoriga qotib qolgan parafinlar quvurning ko‘ndalang kesimi yuzini qisqartiradi va suyuqlik gaz aralashmasining oqimiga qarshilkni oshiradi. Shunday qilib, quduq devoriga parafinning qotib qolishi oldini olish chorasi, qotib qolgan parafinni tozalab tashlamasdan turib, parafinli neftni favvora qudug‘idan normal qazib olish qiyin kechadi. Ko‘taruvchi quvurni parafindan tozalash uchun issiqlik ta‘sir usuli va maxsus skrebka bilan tozalash usulidan foydalaniladi. Issiqlik ta‘sir usulida ko‘taruvchi quvur bug‘, issiq neft va neft mahsulotlari bilan qizdiriladi. Quvur favvoralanish to‘xtatilmasdan avtomashinada o‘rnatilgan maxsus harakatlanuvchi bug‘ qurilmalari (HBQ) bilan qizdiriladi. Bug‘ qurilmadan quduqning quvur ortki qismiga uzatilib, uni qizdirib ko‘taruvchi quvurdan 143 chiqariladi.Yeritilgan parafin neft oqimi bilan yer yuzasiga chiqadi va chiqish chizigida qotgan parafinni ham bir yo‘la yeritadi. Tozalashning bu usuli favvora qudug‘ida ko‘taruvchi quvurlarni uncha katta bo‘lmagan quvur orti bosimi bilan o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda ko‘taruvchi quvurda parafinlarni yeritish issiq neft yoki kerosin bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Quduqqa suyuqlikni haydash uchun jixozlar tarkibiga avtomobil yoki traktor bilan tashiladiga tirkamaga o‘rnatilgan idish(o‘lchagih) va nasos kiradi. Quduqqa haydaladigan neftni qizdirish uchun bug‘ HBQ dan idishga o‘rnatilgan burama naychadan haydaladi. Ko‘taruvchi quvurni parafundan issiqlik usulida tozalash maxsus texnik vosita qo‘llaniladigan va qo‘shimcha ishchi va ko‘p mehnat talab qiladigan murakkab ishdir. Bu usul paraffin hosil bo‘lishining oldini olmaydi. Shuning uchun bu usuldan boshqa samarali usulni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatda onda-sonda foydalaniladi. Quvur devoridan parafin qotishmalarini tozalash mexanik uzatmali avtomat yoki yarim avtomat ishlaydigan turli konstruksiyali maxsus skrebkalar bilan amalga oshiriladi. Bu usul quduq to‘xtatilmasdan amalga ohiriladi. Skrebka quvurga simda tushiriladi. Uning pastga harakatlanishi skrebkaning o‘z og‘irlik kuchi yoki unga osilgan yuk (10 kg) ta‘sirida ro‘y beradi. Skrebka yuqoriga lebedka bilan ko‘tariladi. Skrebkani quduqqa tushirish uchun quduq usti armaturasiga lubrekator va salnik o‘rnatiladi. Bunday lubrekator 9.14-rasmda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling