N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Favvora qudug’i ishini muofiqlashtirish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

9.5.Favvora qudug’i ishini muofiqlashtirish 
Har bir favvora qudug‘i qatlam energiyasini oqilona sarflab ishlatish taqazo 
etadi. Shunday ishlash rejimini o‘rnatish kerak bo‘ladiki, yani shunday debitni, bunda 
bir tonna neftni qazib olish uchun eng kam energiya sarflansin. Quduqda bunday 
debitni ta‘minlash uchun, quduq tubiga kelayotgan qatlam energiyasini sarflanish 
darajasini boshqarish lozim bo‘ladi. Buning uchun shtutser deb nomlanuvchi teshikli 
diafragmani o‘rnatish yo‘li bilan favvora quvvuri bashmagiga yoki quduq ustida 
qarshi bosim hosil qilinadi. Quduqda shtutser teshigi diametrini almashtirib, suyuqlik 
va gaz qazib olish ko‘rsatkichini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. 
Shtutserni quduq tubiga o‘rnatishda (ko‘taruvchi quvur uchiga) quduq usti 
bosimi, shtutserni archadan chiqishga qo‘yilgan holatdan sezilarli past bo‘ladi. 
Yer yuzasida o‘rnatilgan shtutserning kichik teshigidan o‘tgan gazsuyuqlik 
aralashmasi armatura qismlarining muzlashiga olib keladi. Chuqurlik shtutseridan 
foydalanishda aralashma kichik teshikdan hardoyim harorati yuqori bo‘lgan 
chuqurlikda o‘tadi va shuning hisobiga armaturaning muzlashi kuzatilmaydi. 
Chuqurlik shtutserini boshqarish va almashtirish qiyinligi tufayli qo‘llash keng 
tarqalmagan. 


137 
Favvora armaturasi qismlarining muzlashi (gidrot hosil bo‘lishi), shu bilan 
birgalikda mahsuloti tarkibida qum zarrachalari bo‘lgan quduqda shtutserning 
yemirilishini oldini olish uchun bosqichli shtutserdan, yaniy chiqish chizig‘iga 
diametri kattalashtirilib boriladigan ikki yoki uch bosqichli shtutserdan foydalaniladi 
(9.6-rasm). Shunday qilib umumiy bosimlar farqi birnechta shtutserga bo‘linib oqim 
tezligi 
pasayadi 
shtutser 
yemirilishi 
va 
gidrat 
hosil 
bo‘lishi 
oldi 
olinadi.Shtutserlarning ohirgisi (kichigi) ishchi sanaladi. 
Usti shtutserlar markazida teshik hosil qilingan quyma silindir (Suraxansk 
shtutseri) va o‘rtasida teshigi mavjud disk ko‘rinishida bo‘ladi. (9.7-rasm). Teshik 
diametri 3 dan 15 mm gacha, ayrim holatda undan ham katta bo‘ladi. Shtutser 1 yon 
chiqish chizig‘iga zulfindan keyin maxsus shtutser quvurchasiga 2 flants 3 bilan bolt 
yordamida mahkamlanadi. 
O‘zi bilan qum zarrachalarini olib kelayotgan oqim shtutserdan chiqishda 0,3 
m masofagacha quvur devorlarini yemiradi. Shtutserni almashtirishni osonlashtirish 
uchun uzunligi 1-1,2 m qalin devorli quvurchalardan foydalaniladi. 
9.8-rasm. Ko‘p bosqichli shtutserlar. 
Quvurcha diametri 100 yoki 150 mm bo‘lgan burg‘ilash quvuridan 
tayyorlanadi. Almashtirishni oson bo‘lishi uchun har ikkala tomonida flansi 
bo‘ladi.Bir muncha soda yer usti shtutseri bir tomonida flansi bo‘lgan slindir 


138 
ko‘rinishidagi shtutser hisoblanadi. Buni vtulkali shtutser deb ataladi va ikkita flanes 
oralig‘iga mahkamlanadi. Kamchiligi yemirilgan shtutserni qayta ishlatilmasligi va 
uni almashtirish vaqti uzoqligidadir. 
9.9-rasm.Shtutserlar: a-disk ko‘rinishida; b-vtulkali 
9.10-rasmda neft oqimi tarkibida qum miqdori ko‘p bo‘lgan quduqda 
qo‘llaniladigan usti shtutseri. Bu shtutserning suraxansk turidan farqi oson 
almashadigan termik ishlov berilgan vtulka ko‘rinishida bo‘ladi.Uni almashtirishda 
korpusni yechmasdan shtutser 1 ni almashtiriladi. 
9.10-rasm. Yechiladigan vtulkali shtutser: 
1-shtutser korpusi; 2-shtutser quvurchasi; 3-shtutser vtulkasi. 
Mahsuloti tarkibida qum miqdori ko‘p bo‘lgan quduqda shtutser vtulkasining 
yemirilishini kamayrirish uchun vtulkasi turli qattiq eritmalardan tayyorlanadi. 
Favvora oqimida mexanik qo‘shimchalar ko‘p bo‘lsa shtutserlar tez yeyilish 
kuzatiladi va ularni tez-tez almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday quduqlarda tez 
yechib qo‘yiladigan shtutserlardan foydalaniladi. 


139 
Tezalmashtiriladigan shtutserlarning bitta vakili 9.11-rasmda keltirilgan. 
Shtutser flanes bilan nipple 1, qotiruvchi gayka 2, shtutser korpusi 3, prokladka-halqa 
4, vtulka 6 bilan vkladish 5 nippel 8 ga joylashtirilgan, flans 7 bilan quvurcha 9 dan 
tashkil topgan bo‘ladi. Yechiladigan shtutser vtulka ligerlangan po‘latdan yoki qattiq 
qotishmadan tayyorlanadi, prokladka-halqa 4 qizil mis yoki kam uglerodli po‘latdan 
tayyorlanadi. Bu shtutserning yaxshi tomoni, uni almashtirish uchun flansni yechish 
shart emas, buning uchun qotiruvchi gayka 2 ni burab, nippel 1 va shtutser korpusi 3 
yechiladi. Vkladish 5 vtulka 6 bilan teshik 10 dan foydalanib osan chiqariladi (9.9-
rasm A-A ga qarang). 
9.11-rasm.Tezalmashtirladigan shtutserlar. 
Eski vtulka korpusdagi teshikdan chiqarib olinadi A-A kesmada ko‘rsatilgan, 
shundan keyin yangi vtulka qo‘yiladi va qotiruvchi gayka 2 teskari buralib qotiriladi. 
Bu shtutserning kamchiligi almashtirish vaqtida oqimni ikkinchi chiqish chizig‘iga 
yo‘naltirilishidir. 
Bu kamchilikni bartaraf etish uchun o‘tkazish teshigi boshqariladiga 
shtutserlardan foydalaniladi. 
9.12-rasmda boshqriladigan ignali shututser keltirilgan. Bu shtutserda favvora 
oqimi yo‘nalishi 90
o
gacha o‘zgartiradi. Bu shtutser chiqish chizig‘i burilgan joyga 
maxovigi yuqoriga qilib o‘rnatiladi. Unda o‘tish kesimi yuzasini o‘zgartirish 


140 
maxovikni aylantirish hisobiga uchlikga o‘rnatilgan ignaning 3 vtulka 2 ga 
yaqinlashish va uzoqlashishi orqali amalga oshiriladi. Shtutserning ochilish kattaligi 
ko‘rsatkich7 strelkasi orqali aniqlanadi. O‘tish yuzasini tez o‘zgartirish mumkinligi 
uning yaxshi tomonidir. Bunday shtutserlarni mahsuloti tarkibida qum zarrachalari 
bo‘lmagan yoki juda kam bo‘lgan favvora quduqlarida qo‘llash tavsiya etiladi. Aks 
holda ignasining tez yeyilishi kuzatiladi.
9.12-rasm. Boshqriluvchi ignali shtutser. 
1-korpus; 3-shtutser vtulkasi; 3-igna-uchlik; 4-shtok; 5-tayanch;6-gayka; 7-
ko‘rsatkich. 
Amalda shtutser diametri quduqni tadqiqot qilish natijasida aniqlanadi. 
Yuqori gaz faktorli quduqlarda Gaziyev formulasidan foydalanish mumkin. 
Quduq usti shtutserlaridan tashqari ayrim holatlarda quduq tubi shtutserlardan 
foydalaniladi. 9.13-rasmda oddiy quduq tubi shtutseri keltirilgan. Ular tashqarisida 
bo‘rtib chiqqan joyi bo‘lgan o‘rtasi teshilgan po‘lat bolvankadan tayorlangan bo‘ladi. 
Shtutser favvora quvuri tizmasi pastki qismidagi ikki quvur muftasi orasiga 
o‘rnatiladi. Yemirilishga bardoshli bo‘lishi uchun qattiq qotishmadan tayyorlanadi. 
Uni almashtirish uchun ko‘taruvchi quvurlar tizmasini to‘liq yuqoriga ko‘tarib 
chiqariladi, bu ishni ishlatilayotgan favvora qudug‘ida amalga oshirish qiyin kechadi. 


141 
9.13-rasm. Quduq tubi shtutserining 
sxemasi. 
Odatda bunay quduq tubi shtutserlar bilan quduq ishi meyyorlanmaydi
pulsasiyani kamaytirish va tiqinlarni kamaytirish masqadida favvoralanish davri 
uchun o‘rnatiladi. 
Chet el amaliyotida quvurni quduqdan chiqarib olmasdan shtutserni 
almashtirish mumkin bo‘lgan turlari ham mavjud. 
Bunday shtutserlar quduqqa salnik-lubrekator bilan tushirilgan arqonlar 
yordamida o‘rnatiladi. Shtutserni tushirish vaqtida favvoralanish quvur ortidan 
amalga oshiriladi. Bizda chuqurlik shtutserlaridan foydalanilmaydi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling