N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
9.4.Traplar(gazajratgichlar)
Trap deb quduqdan kelayotgan gazneft aralashmasidan neftni ajratishga mo‘lgallagan bosim ostida ishlovchi yopiq idishga aytiladi. Trapning ishlash prinspi quyidagicha (9.4-rasm.). Gazneft aralashmasi tashlama quvur orqali trapga tushadi; trap diametri tashlama quvur diametridan birnecha maratabo katta bo‘lib, trapda gazsuyuqlik aralashmasining oqim tezligi pasayadi va gazdan neftning ajralishi ro‘y beradi. Neft og‘irligi hisobiga pastga oqadi, gaz yuqoriga ko‘tariladi. Ayrim konstruksiyadagi traplarda gazning separasiyasini yaxshilash maqsadida tarelka va boshqa moslamalar ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari gazneft aralashmasini aylanib harakatlanishi taminlanib, buning hisobiga markazdanqochma kuch sodir bo‘lib gazning neftdan ajralishi yanada yaxshiroq kechadi. Ajratilgan gaz magistral gaz quvuriga, neft esa neft kollektoriga uzatiladi. Bundan tashqari traplarni mahsulotni o‘lchash maqsadida ishlatsa ham bo‘ladi. Trap (9.6-rasm) avtomatik tarzda ishlaydi; maxsus asboblar yordamida undagi sath va bosim bir meyorda ushlab turiladi. Sathni bir meyorda ushlash trap ichidagi po‘kkak 1 bilan dastak yordamida bog‘langan chiqish joyiga o‘rnatilgan maxsus klapan 2 yordamida amalga oshiriladi. Sath pasayishi bilan po‘kkak pasga tusha boshlaydi, buning tasirida chiqish quvurini klapan yopa boshlaydi va suyuqlikning trapdan chiqishi kamayib boradi. Gazning neft chiqish joyiga, neftning gazning chiqish joyiga ketmasligi uchun trapdagi suyuqlik sathini bir xil ushlab turish kerak bo‘ladi. Trapda bosimni o‘zgarishsiz ushlab turish gazning chiqish joyiga o‘rnatilgan bosim meyorlagich orqali amalga oshiriladi. 134 9.6-rasm.Trapning ishlash sxemasi. Traplar konstruksiyasi bo‘yicha tik va yotiq bo‘ladi. Quduq ustidagi bosim kattaligiga qarab turli bosimlarga mo‘ljallangan traplardan foydalaniladi. Zavodlarda quyidagi bosimlarga mo‘ljallangan tik traplar ishlab chiqariladi: past bosimli – 0,6 MPa gacha; o‘rta bosimli – 0,6 dan 1,6 MPa gacha; yuqori bosimli – 1,6 dan 6,4 MPa gacha. Bunday traplarning diametrlari 0,4 dan 2,6 m va balandligi 4,5 m gacha bo‘ladi. Neft va gaznin yig‘ishning naporli tizimi qo‘llanila boshlagandan keyin gorizontal gidrosiklon gazajratgichlari keng qo‘llanila boshladi. Bu separatorlar 1 MPa (10 kgs/sm 2 ) gacha bosim va suyuqlik bo‘yicha mahsuldorligi 750, 1000, 3000 va 5000 m 3 /sut ga mo‘ljallangan bo‘ladi. Gidrosiklon ajratish qurulmasining elementar sxemasi 9.7-rasmda keltirilgan. Qurilma neftgaz aralashmasi tangensal kirishli bir yoki bir nechta (oltitagacha) diametri 200 mm bo‘lgan gidrosiklondan va yuqori qismi gravitasiyon ajratgich bo‘lgan diametri 1-1,14 m li texnologik idishdan tashkil topgan bo‘ladi. 135 9.7-rasm.Gidrosiklon ajratgich qurulmasining sxemasi. 1-vintli shnek; 2-quduq mahsulotining tangensial kirishi; 3- gazning gidrosiklondan chiqishi; 4-gidrosiklon korpusi; 5-gazni chiqishi; 6-yuqori taqsimlovchi panjara; 7-qaytaruvchi; 8-texnologik idish; 9-pastki taqsimlovchi panjara; 10-qiya tokcha; 11-neftni chiqishi. Neftgaz oqimi 10 dan 30 m/s tezlik bilan gidrosiklonga kiradi. Oqimning kerakli tezligi kirish kesimini boshqarish bilan amalga oshiriladi. Tangensiyal kirish yo‘naltiruvchi quvur bo‘ylab burama oqim hosil qiladi. Katta qovushqoqlikka ega bo‘lgan neft (suyuqlik) markazdan qochma kuch hisobiga gidrosiklon devoir bo‘ylab harakatlanib, zichligi kichik bo‘lgan gaz qismi markzdan harakatlanadi. Shunday qilib, gidrosiklonda suyuqlikdan gazning intensiv ajralishi kuzatiladi. Gidrosiklon pastki qismida oqib tushish seksiyasi bo‘lib, u texnologik idishga ajralgan gaz va neftning aralashmasda tushishini ta‘minlaydi. Berilgan bosim ostida gidrosiklonda jami gazning 90-95% ajraladi. Qolgan erigan gaz texnologik idishda ajratiladi. Mahsuldorligi 750 m 3 /sut bo‘lgan qurilma uchun silindr qismining uzunligi 4500 mm va ichki diametri 1600 mm li ajratgich idishi 10 m 3 hajmga teng bo‘ladi. 136 Ajratgichdan o‘tayotgan suyuqlik sarfini o‘lchash uchun ajratgichdan neft chiqish joyiga o‘rnatilgan diametri 100 mm bo‘lgan BB-100 quvur sarf- o‘lchagichidan foydalaniladi. Ajralgan gaz miqdorini aniqlash uchun gazning chiqish joyiga diferensiyal manometer-sarf olchovchi kamerali diafragma o‘rnatilgan bo‘ladi. Texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun quvuro‘tkazgich bog‘lamlarida zichlovchi armaturalar ko‘zda tutiladi. Neft va gaz chiqish joyiga teskari klapan, gaz bog‘lamlariga bosim ortib ketishidan himoya qiluvchi saqlovchi klapan ajratgich yuqorisiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Ajratish qurilmasiga xizmat qiluvchi xodim ishini yengillashtirish maqsadida avtomatik vositalar bilan jixozlanadi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling