N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

10.5.Kompressor qudug’i usti jixozi 
Kompressor qudug‘i ustiga o‘rnatiladigan armatura quduqqa tushirilgan 
kompressor quvurini ushlash, quvurlar oralig‘ini zichlash, quduq mahsulotini chiqish 
chizig‘iga yo‘naltirish va ishchi agentni quvur yoki quvur ortki qismiga haydash 
uchun xizmat qiladi. Quduq xarakteristikasidan kelib chiqib turli ko‘rinishdagi 
armatuarlardan foydalaniladi. 
Ayrim holatda kompressorli armatura sifatida, favvoralanish tugagandan 
keyin qo‘llanilayotgan favvora armaturasidan foydalaniladi. Ko‘p holatlarda 
kompressor quduqlarida birmuncha yengil va qulay armaturalardan foydalaniladi. 
10.9-rasmda bir qatorli ko‘targich uchun ~ 75·10
5
n/m
2
(75 kG/sm
2
) sinash bosimiga 
mo‘ljallangan flanesli armatura keltirilgan.


162 
10.9-rasm.Bir qator ko‘targichli kompressor qudug‘i usti jixozi 
Chizmada zulfin uzuq chiziqlar bilan ko‘rsatilgan; yarim favvora xarakterga 
ega quduqlarda o‘rnatiladi. 
Ayrim holatlardagina quduq ustiga ishchi agentni halqali tizimdan markaziy 
tizimga va teskari yo‘naltirish uchun yordamchi bog‘lamlar o‘rnatiladi. Bunday 
armaturalar mahsuloti tarkibida qum zarrachalari bo‘lgan quduqlarda ko‘proq 
qo‘llaniladi. Quduq normal ishlayotgan vaqtda ishchi agent halqa qismga haydaladi. 
Quvurda tiqinlar hosil bo‘lishi kuzatilsa, ishchi agent markaziy tizimga boshqarilib, 
qum zarrachalari chiqarilib tashlangandan keyin ishchi agent halqa qismga 
yo‘naltirilib, quduq ishlatilishi davom ettiriladi. 
10.6. Kompressor qudug’ini tadqiq qilish 
Kompressor qudug‘i qayd qiluvchi chuqurlik manometri yoki u siz barqaror 
oqim rejimida tadqiq qilinadi. Tadqiqot maqsadi: 
1) ishchi agent sarfiga neft, suv,gaz debiti va qumning foiz miqdorining 
bog‘liqligini belgilash va shunga asoslanib berilgan konstruksiya bo‘yicha 
ko‘targichning samarali ishlash rejimini aniqlash; 


163 
2) quduqni samarali ishlash rejimini olish va quduq tubi atrofining mutloq 
o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun quduq tubi bosimining(yoki depressiya) debitga 
bog‘liqligini aniqlash; 
3) joriy qatlam bosimini aniqlash va uning dinamikasini belgilash. 
Quduq tubi bosimi chuqurlik manometri bilan yoki haydalayotgan ishchi 
agent bosimi orqali aniqlanadi. Olinadigan suyuqlik miqdori odatda ikki usulda 
boshqariladi: quduqda teskari bosim hosil qilish orqali va haydalayotgan ishchi agent 
sarfini o‘zgartirish orqali. 
Quduq chuqurlik manometrisiz soddalashtirilgan ikki usulda tadqiq qilinadi: 
mahsuldorlik koeffitsiyenti katta quduqda –quduq ustida qarshi bosimni o‘zgartirish 
usuli va ishchi agentning o‘zgarmas sarfi orqali (Maksimovich usuli); mahsuldorlik 
koeffitsiyenti kichik quduqda – quduq ustida o‘zgarmas qarshi bosim ostida 
haydalayotgan ishchi agent miqdorini o‘zgartirish usuli (AzNII usuli). 
Juda kam gaz faktorli quduqlarni tadqiq qilish uchun sathni kuzatish usulini 
qo‘llash mumkin. Quduq to‘xtatilgandan keyin, yani ishchi agent haydash 
tugatilgandan keyin quvur va halqali qismdagi gaz sekin chiqarliadi, bufer qopqog‘i 
olinib yo‘naltiruvchi rolik o‘rnatilib, ko‘taruvchi quvurga sathni kuzatish uchun 
po‘kak yoki jelonka tushiriladi. Bundan tashqari quduq tubidagi bosim tiklanishini 
chuqurlik manometri bilan kuzatish mumkin 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling