N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Nasos shtangalari materiallari tavsifi


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nasos shtangalari materiallari tavsifi 11.10 – jadval 
Ko‘rsatkichlar 
Po‘lat markasi 
40 
20N2M 
30XMA 
15N3MA 
15X2NMF 
Cho‘zilishga 
mustahkamlik 
chegarasi, MPa 
Oquchanlik chegarasi, MPa 
Nisbiy torayishi, % 
Brinelyu bo‘yicha qattiqligi 
570 
320 
45 
217 
630 
520 
65 
260 
610 
400 
62 
229 
650 
500 
60 
229 
700 
630 
63 
255 
20N2M (nikel-molibdenli), normallashtirilgan va yuqori bosimli tok ta‘sirida 
qizdirilib mustahkamlangan yoki juda yumshatilgan va hajmiy toblanish orqali 
normallashtirilgan; 
15N3MA yuqori bosimli tok ta‘sirida qizdirilib mustahkamlangan 
normallashtirilgan; 
15N3MAF yuqori bosimli tok ta‘sirida qizdirilish yoki toblanib va 
yumshatilib normallashtirilgan; 
30XMA, yuqori bosimli tok ta‘sirida qizdirilib normallashtirilgan va toblanib 
va yumshatilgan. 
70-yilning boshlarida karroziyaga-faol muhitda ishlaydigan quduqlar uchun 
oynaplastikli nasos shtangalari ishlab chiqilgan. Ularning konstruksiyasi po‘latga 
o‘xshash bo‘ladi. Birxil mustahkamlikdagi turlarining asosiy xususiyati po‘latga 
nisbatan 3-4 marta yengil, lekin 2-3 marta elastik. Odatda ularni (po‘latliga nisbatan) 
chuqur quduqlarda ishlatiladi(2000m dan chuqur). 
Quvur shtangalar harakatni tebratma-dastgoh balansiri boshchasidan 
plunjerga uzatish yoki nasos quvuriga uzluksiz yoki davriy ravishda korroziya 
ingibitorlarini, parafin cho‘kishini oldini olish uchun ingibitorlar, parafin eritgichlar, 
issiqlik tashuvchilar, deemulgatorlar, nasosni gidrohimoya suyuqliklarini uzatish 
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Quduq maxsuloti quvur shtanga markaziy qismidan 
yoki NKQ va shtangalar tizmasi oralig‘idan olinadi. 
Quvur shtanga texnik tavsifi 
Tashqi diametri, mm............................................................42 
Devori qalinligi, mm..............................................................3,5 
Tashqi mufta diametri, mm..................................................57 


238 
Shtanga uzunligi, mm: 
to‘liq o‘lchamli........................................................6000 
qisqartirilgani.....................................................1000, 1500, 2000 
To‘liq o‘lchamli shtanga og‘irligi, kg......................................25 
Ruxsat etilgan yuza kuchlanishi, MPa ....................................80 
Kovak shtanga qo‘llanilganda quduq usti jixozlari tuzilishi o‘zgaradi, uning 
tarkibiga kovak shtanga uchun ustki salnik, ustki kovak shtok, sharnirli 
quvuruzatgich, yuqori bosim shaxobchasi va boshqalar. 
Shtangali tizma og‘ir sharoitda ishlaydi, unga tajavuzkor quduq muhiti va 
shtangalar tizmasining charchash hilatini oshirib boruchi o‘zgaruvchan yuk ta‘sir 
qiladi. Bundan tashqari, qiya quduqlarni ishlatishda shtangalar tizmasi NKQ bo‘ylab 
ishqalanish ta‘sirida eyiladi.

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling