N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Quduqni shtangali chuqurlik nasos qurilmalari bilan ishlatishda xavfsizlik


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
11.19.Quduqni shtangali chuqurlik nasos qurilmalari bilan ishlatishda xavfsizlik 
texnikasi 
Chuqurlik-nasos 
qurilmasiga xizmat ko’rsatish. Chuqurlik-nasos 
qurilmasi ishonchli ishlashiga quduqni ishlatishning texnologik rejimiga mos 
jixozlari tanlanganida, montaj ishlarining ishonchli bajarilganida, shu bilan birgalikda 
o‘zvaqtida proflaktik ta‘mir va moylash ishlari amalga oshirilganda erishiladi. 
Tebratma-dastgohni ishlatish avvalida qanday yig‘ilganligini nazorat qilish, 
podshipniklarni mahkamlanish holatini, krivoship-shatun mexanizmi holatini
balansir to‘g‘ri joylashtirilganligini, rezina tasma holatini va reduktordan moy oqishi 
kuzatilmayotganligi nazorat qilinadi. Bundan tashqari, dastgoh ish rejimi bo‘yicha 
elektrodvigatel valining aylanish tezligi va quvvati mosligi tekshirilib ko‘riladi. 
Ishlatish jarayonida tebratma-dastgoh va reduktorni qismlarini ishlatish 
ko‘rsatmalari asosida muntazzam ravishda tekshirish va moylash . 
Shtangali chuqurlik nasosi usulida ishlayotgan quduqni ishlatishda xavfsizlik 
texnikasining asosi holatlari – tebratma-dasgoh harakatlanuvchi qismi o‗rash, 
elektrojixozlarga xizmat ko‗rsatish va ta‘mir ishlari talablarini bajarish kerak bo‗ladi. 
Quduq usti jixozlariga muhim talab qo‗yilib, bularga SUS turidagi ustki salnik kiradi. 


239 
Tebratma-dasgohni 
montaj qilish va ishlatish bo‗yicha xavsizlik 
texnikasining asosiy talablari quyidagilar. 
1. tebratma-dasgoh ni montaj qilish tajribali brigadir va master boshchiligida 
montaj qiluvchi moslama yoki kran orqali amalga oshiriladi; 
2. daskohning barcha harakatlanuvchi qismi o‗ralgan bo‗lishi shart; 
3. balansir boshchasi harakatlanishining eng pastki nuqtasi holatida silliq 
shtok osilgan travers va ustki salnik orasidagi masofa 20 sm dan kichik bo‗lmasligi 
talab qilinadi; 
4. reduktor shkivini qo‗lda burish va quvur, lom va boshqa narsalar bilan 
to‗xtatish qatiyan taqiqlanadi; 
5. klinoli tasmani richaklar yordamida yechish taqiqlanadi va klinoli tasmani 
o‗rnatish va yechish elektrodvigatelni siljitish orqali amalga oshirish talab qilinadi; 
6. krivoship shatun palsini almashtirishda dastgoh tayanchiga qattiq 
mahkamlash zarur; 
7. dastgohning alohida qismlarini ko‗zdan kechirish yoki almashtirish 
tebratma-dastgohni to‗xtatilib amalga oshirish talab qilinadi; 
8. tebratma-dastgohni ishga tushirishdan oldin to‗rmiz bo‗shatilganligiga, 
to‗siqlar o‗rnatilganligiga va xavfli hududda insonlar yo‗qligiga ishonch hosil qilish 
zarur bo‗ladi; 
9. ta‘mir ishlarini boshlashdan oldin qurilma to‗xtatilgan, qo‗shish joyiga 
―Ishga qo‗shmang – tamir jarayoni ketayapdi‖ degan plakat ilingan bo‗lishi shart. 
Avtomatik va distansion boshqaruvli quduqlarda qurilmaning ishga tushirish joyiga 
―Diqqat! Avtomatik ishga qo‗shiladi‖ degen yozuv bilan to‗siq o‗rnatilishi kerak; 
10. Quduq usti silliq shtok uzulgan holatda neftning to‗kilishidan saqlovchi 
klapan bilan jixozlanishi tavsiya qilinadi. 
Tebratma-dastgoh elektrodvigatelini boshqarish soddalashtirilgan blokirovka 
va himoya tizimi bilan amalga oshiriladi. BUS-3M turidagi boshqaruv bloki ishlab 
chiqilgan bo‗lib, u yordamida qo‗lda, avtomatik, distansion va programmali ish rejimi 
boshqariladi. Bundan tashqar elektroenergiya uzilishi tasirida qurilma o‗chsa 
avtomatik ravishda qo‗shadi. Boshqaruv bloki klinali tasma va silliq shtok uzilganda, 


240 
nasos plunjeri va reduktor ushlanib qolganda, shu bilan birgalikda elektrodvigatel 
yuklanishining o‗zgarishida qurilmani avtomatik ravishda to‗xtatish ikonini beradi. 
Elektrouzatgich bilan ishlashda xodim dielektrik perchatkada ishlashi talab 
qilinadi. Quduqning nasos qurilmasi ishga qo‗shishdan oldin yerga ulangan bo‗lishi 
kerak. Elektrojixozlarni yerga ulovchi sifatida quduq konduktoridan foydalaniladi. 
Bunda konduktor dastkoh ramasi bilan ikkita o‗tkazuvchi (har birining kesimi 50 
mm2) bilan ko‗rinadigan holatda payvandlab ulanadi.

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling