N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Nazorat savollari.
1. Neft quduqlarida ishlatiladigan chuqurlik nasosi turlari. 2.Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi va ularning ishlash prinsipi. 3.Tebratma-dastgoh turlari va qismlari. 4.Shtangali chuqurlik nasoslarining qanday turlarini bilasiz? 5.O‘rnatiladigan nasoslar. 6.Quvurli nasoslar. 7. Chuqurlik nasoslarining markalanishi. 8.Nasos shtangalari turlari. 9.Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduq usti jihozlari 10.Nasos ishiga ta‘sir qiluvchi omillar va ularni bartaraf qilish 11.Chuqurlik nasosining dinamik sath bo‘yicha botirilish chuqurligini aniqlash. 12.Chuqurlik nasosining mahsuldorligini aniqlash 13.Chuqurlik nasosining normal ishini nazorat qilish 14.Shtangali chuqurlik nasosi qurilmasini murakkab sharoitlarda ishlatish 15.Kam debitli quduqlarni ishlatish 16. Amerika neft instituti (ANI) standartlari bo‘yicha ishlab chiqariladigan shtangali chuqurlik nasoslari 11-bob bо‘yicha xulosalar Bu bo‘limda neft quduqlarida ishlatiladigan chuqurlik nasosi turlari, shtangali chuqurlik nasos qurilmasi va ularning ishlash prinsipi, shtangali chuqurlik nasoslari, shtangali chuqurlik nasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduq usti jihozlari, nasos 241 ishiga ta‘sir qiluvchi omillar va ularni bartaraf qilish, chuqurlik nasosining dinamik sath bo‘yicha botirilish chuqurligini aniqlash, chuqurlik nasosining normal ishini nazorat qilish, kam debitli quduqlarni ishlatish, amerika neft instituti (ANI) standartlari bo‘yicha ishlab chiqariladigan shtangali nasoslari haqida to‘liq ma‘lumotlar keltirilgan. . 12-bob. Neft quduqlarini markazdan qochma cho’kma elektronasoslar bilan ishlatish. 12.1. Markazdan qochma cho’kma elektronasos qurilmalari va ularning vazifalari. Quduqdan ko‘p miqdorda suyuqlik olishda, berilgan suyuqlik olish va nasosning tashqi o‘lchami bo‘yicha katta naporni hosil qiluvchi markazdanqochma turdagi parrakli nasoslardan foydalaniladi. Bu nasosmarkazdan qochma cho‘kma elektronasos deb ataladi. Markazdanqochma quduq nasoslari cho‘kma elektrodvigatellar bilan harakatga keltiriladi. Dvigatelga elektroenergiya maxsus kabel yordamida yetkaziladi. MQChEN qurilmalariga xizmat qilish juda oddiy, shunday ekan ko‘p xizmat talab qilmaydigan boshqaruv stansiyasi va transformatori yer yuzasida joylashgan bo‘ladi. Suyuqlikni ko‘p miqdorda uzatishda MQChEN yetarli FIK ega (0,35 gacha), bu shtangali va gazlift qurilmalari bilan raqobat imkoniyatini beradi. MQChEN ta‘mir oralig‘i uzoq, 600 kecha-kunduzgacha yetadi. Quduq nasosi 80-400 pog‘ona bo‘ladi. Suyuqlik nasosning pastki qismidan setka orqali kiradi. Moy bilan to‘ldirilgan, zichlangan cho‘kma elektrodvigateliga qatlam suyuqligi kirishini oldini olish uchun gidrohimoya moslamasi o‘rnatiladi. Elektroenergiya yer yuzasidan aylana kabel bilan nasos atrofida yalpog‘ kabel bilan uzatiladi. 50Gs chastotali tokda sinxron dvigatel valining aylanish chastotasi 3000 min -1 va 2800-2950 min -1 (sirpanishni hisobga olganda). Boshqaruv stnasiyasi tok kuchini va kuchlanishni ko‘rsatuchi asboblarga ega bo‘lib, u qurilmani avtomatik yoki qo‘lda o‘chirish imkonini beradi. 242 NKQ tizmasi teskari va to‘kuchi klapanlar bilan jixozlanadi. Teskari klapan nasos to‘xtatilganda NKQda suyuqlikni ushlaydi va ishga qo‘shishni osonlashtiradi, to‘kuvchi klapin esa teskari klapin o‘rnatilgan holatda jixozni yer yuzasiga ko‘tarishda suyuqlikni to‘kadi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling