N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Uzun yurishli nasos qurilmasini qo’llab quduqni ishlatish
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
14.3. Uzun yurishli nasos qurilmasini qo’llab quduqni ishlatish
Hozirgi kunda neftni qazib olishda mexanizasiyalashgan usulidan quduqni shtangali nasos qurilmalari (ShNQ), cho‘kma markazdan qochma nasos qurilmasi va gazlift usullari eng keng tarqalgan usullaridan sanaladi. Cho‘kma markazdan qochma nasos qurilmasi yuqori debitli quduqlarni ishlatishda qo‘llaniladi. Gazlift usuli arzon tabbiy gaz mavjud holatda ishlatiladi. Shtangali nasos qurilmalari bilan ishlatish umumiy quduqlar fondining 70% ni tashkil qiladi. 277 ShNQning tuzilishi va unga xizmat ko‘rsatish oddiyligi sababli shunchalik keng tarqaldi. Chuqurlik-nasos qurilmasini samarasini oshirish uchun, uning barcha qismlarini ishonchliligini oshirish kerak bo‘ladi. ShNQ ni ta‘mir oraligi 150-200 kecha-kundizga teng bo‘ladi. Bu quduqni yer osti ta‘mirini o‘tkazish uchun katta harajat talab qiladi. Shtangali quduq nasosi qurilmasining birdan bir asosiy kamchiligi, kichik davrli sikl va katta asimmetrik yuk bilan ishlash bilan tavsiflanadi. Chuqurlik nasosi klapanidan tortib dvigateligacha siklik ta‘sir kuzatiladi. Shtangali qurilma qismlarid metallar charchash holatining ko‘payish tezligi sutkada 7200-21600 siklni tashkil qiladi. ShNQ da avariya holatlari shtanga materiallariga takroriy kata zo‘riqishlar soni ta‘sirida yuz beradi. ShNQ bilan jixozlangan quduqni ishlatishdagi muhim kamchiligi yer osti ta‘mirini o‘tkazishning qimmatligidir. Avariy sodir bo‘lgan quduqlar to‘xtab qoladi, qatlamning quduq tubi qismi ifloslanadi, agregatlar to‘xtatilib ta‘mirlash uchun beriladi. Yer osti ta‘mirini o‘tkazish katta qo‘l mehnati talab qiladi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar katta quduqlar fondi holatida yig‘ilib neft qazib olish sanoatini yangi ishlanmalar va yangi texnologiyalarsiz kelajakda rivojlanishi qiyin bo‘ladi. Shtangalar tizmasi va barcha chuqurlik nasos qurilmalari qismlarining tezda charchashi bilan kurashishda shtanga metallarini chidamliligini oshirish, qurilmaning unimdorligini saqlagan holatda ishlash sikllari sonini kamaytirish, qurilma elementlariga tushadigan zo‘riqishni, naporni kamaytirmasdan erishish mumkin bo‘ladi. Quduqda yer osti ta‘miri jarayonini tezlashtirish va har xil holatni bartaraf etish uchun uzluksiz o‘raladigan shtangalar tizmasidan foydalanish orqali ham erishiladi. Har xil texnik yechimlarni tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu kamchiliklarni bartaraf etishda uzun yurishli chuqurlik nasos qurilmasini qo‘llash asosiy choralardan biri hisoblanadi. 278 Hozirgi kunda qo‘llaniladiga ShNQ si plunjerining yurish uzunligi 4,5 m gacha, chet elda yurish uzunligi 7,6 metr bo‘lgan uzun yurishli nasoslar ishlab chiqariladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki nasos qurilmasi plunjerning yurish uzunligini oshirish orqali nasos qurilmasini uzatishi ortadi, uning to‘lish koeffitsiyenti ko‘tariladi va enrgetik tavsifi yaxshilanadi. Tebratma dastgoh asosida olingan sharnirli to‘rt halqali knematik sxemasi tahlili shuni ko‘rsatadiki balansirli uzatmaning yurish uzunligini oshirish, uning tashqi o‘lchamini, og‘irligini, reduktor vali aylanish momentini oshiradi. Misol tariqasida, yurish uzunligi 7,6 m, og‘irligi 24,8 t va yuk ko‘tarish qobilyati 248 kN da reduktor vali aylanish 402 kN·m bo‘lgan ―Lufkin‖ (AQSh) firmasi ishlab chiqgan APJ 3648 turidagi tebratma-dastgohni olishimiz mumkin. Nasosning to‘lish koeffitsiyenti katta bo‘lmaganligi uchun balansir uzatmali chuqurlik-nasos qurilmasi FIK nisbatan kichik bo‘ladi. Uzatish koeffitsiyentini hisoblanganda Uralo-Povoljsk neftli hududida 0,4-0,5 dan oshmagan. ―Tatneft‖ AJ da uzatish koeffitsiyenti 0,5 dan oshmagan. Balansirli chuqurlik-nasos qurilmasini energiya sarfi boshqa mexanizasiya usulida ishlatishga sarflanadigan energiya sarfidan katta bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ShNQ ning asosiy ishlash ko‘rsatkichlarini (to‘lish koeffitsiyenti, nasos va shtanganing xizmat vaqti ta‘mir oralig‘i) yaxshilashga nasos plunjerining yurish uzunligini oshirish bilan erishiladi. Quduqni ishlatish uchun yangi texnologiyani ishlab chiquvchilar oldida anomal xossali neftni qazib olish va normal texnik sharoyitda samarali ishlaydigan nasos mexanizmini ishlab chiqish masalasi turadi. Bunday mexanizim uzun yurishli nasos qurilmasi(UYNQ) hisoblanadi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling