N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

15.3.Gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari 
Gaz qudug‘lari tuzilishi, jixozlari, o‘zlashtirish usuli va ularni ishini 
meyyorlash favvora neft quduqlariga o‘xshash bo‘lib, shuning uchun biz gaz 
qudug‘ining farq qiladigan tamonini ko‘rib chiqamiz. Gaz qudug‘i favvora neft 
quvuri kabi siqilgam gaz yoki havo bilan bostirish yoki yuvish orqali o‘zlashtiriladi. 
Gaz qudug‘i tuzilishi quduq chuqurligi va xarakteri, mahsuldor qatlam 
ochilish xarakteri, suvli gorizontning bor-yo‘qligi, qazib olinadigan gaz xossalaridan 
kelib chiqib tanlanadi. Ko‘p quduqlarda konduktor tushirilgandan keyin ishlatuvchi 
quvurlar tizmasi tushiriladi. Bu tizmaning ko‘p tarqalgan diametri – 146 va 168 mm. 
Quduq ustida mustahkamlovchi quvurlar tizmasini bog‘lash oddiy yoki klinali 
tizma boshchasi bilan amalga oshiriladi. 
Gaz qudug‘i tub qismi tuzilishi mahsuldor qatlam tog‘ jinsi mexanik 
mustahkamligidan kelib chiqib tanlanadi. Agar quduq tubi atrofi mustahkam tog‘ 
jinslaridan tuzilgan bo‘lsa, quduq tubi atrofi ochiq holatda qoldiriladi. Yemiriluvchan 
tog‘ jinsidan tuzilgan bo‘lsa ishlatuvchi quvurlar tizmasi quduq tubigacha tushirilib, 
sementlanadi, qatlam va quduq o‘rtasidagi aloqa perforatsiya yo‘li bilan ta‘minlanadi. 
Bir necha usul bilan ishlatiladigan neft qudug‘idan farq qiladigan tomoni, gaz 
qudug‘i faqat favvora usulida ishlatiladi. Quduqqa tushirilgan favvora quvuri orqali 
quduq mahsuloti yer yuzasiga chiqariladi. Favvora quvuri quyidagi maqsadlarda 
quduqqa tushiriladi: a)gaz tarkibidagi qattiq aralashmalar va korroziyaga chaqiruvchi 
nordon komponentlarning ishlatuvchi quvurlar tizmasini zararlashini oldini olish


289 
b)suyuqlik va mexanik qo‘shimchalarni yer yuzasiga chiqarish; v)yer osti ta‘mir 
ishlarini o‘tkazish uchun quduqni o‘zlashtirish va to‘xtatish jarayonini osonlashtirish; 
g)quduqqa chuqurlik asboblarini tushirib bajarish bilan bog‘liq turli xil tadqiqotlarni 
o‘tkazish. Odatda favvora quvuri fil‘trning o‘rta qismigacha tushiriladi. 
Gaz quduqg‘i ustini jixozlashda favvora armaturasidan foydalaniladi. Ko‘proq 
krestovik turidagi favvora armaturalaridan foydalaniladi. Ular yig‘ish va xizmat 
qilash qulay. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling