N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

15.4. Quduq usti jihozlari 
Quduqlardan kutilayotgan bosim va debitga qarab o‘zlashtirish va ishlatish 
usullari tanlanadi. Quduqni konstruktsiyasi va ishchi bosimiga qarab yer usti jihozlari 
tanlanadi. 
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda quduqlarning tuzilishi loyiha asosida olib 
borilishi kerak bo‘lib, quduq ustida bir davrda quyidagi moslamalar o‘rnatiladi. 
Tushirilayotgan kolonnalarni ushlab turish, quvurlar oralig‘ini zichlash, ish 
tizimi to‘g‘ri ta‗minlash maqsadida quvurlar bosh birikmasi o‘rnatiladi, quvurlar bosh 
birikmasi o‘z navbatida 3 ga bo‘linadi: 
1. Quyi bosh birikma – yunaltiruvchi kolonna tushiriladi va unga biriktiriladi. 
2. O‘rta bosh birikmasi – konduktor va texnik kolonna tushiriladi va unga 
biriktiriladi. 
3. Yuqori bosh birikma – ishlatish kolonnasi tushirilib, unga biriktiriladi. 
Ushbu birikmalar oralig‘i semonlanadi va chiqish liniyalari o‘rnatiladi. Ular orasida 
hosil bo‘ladigan bosim doimiy tushirib borilishi zarur. 
Quduqlarning tuzilishiga qarab bog‘lanmasi 2 turda shakllangan bo‘ladi: 
1. Bir kolonnali 
2. Ikki kolonnali 
Quduq tanasi, mustahkamlovchi quvurlar birikmasi tog‘ jinslarning doimiy 
bosimi ostida bo‘ladi, ishlov quvurlari esa qatlamlar bosimi yoki haydalayotgan 
suyuqlik yoki gazni bosimi ostida bo‘ladi. 


290 
Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi ichki va tashqi bosimlardan tashqari 
o‘zlarini og‘irlik kuchlari ta‗siri ostida bo‘ladi, konduktor esa qolgan quvurlar 
birikmasini og‘irligini yoki og‘irlikni bir qismini o‘ziga oladi. Quvurlar birikmasi 
boshchasi mustahkamlovchi quvurlardan tashkil bo‘lgan kuchlanishlarni, ichki 
bosimini, uskunalarga tayanch bo‘lgan ishlov quvurlarini og‘irliklarini o‘ziga qabul 
qiladi. Ichki bosim kabi tashqi bosim ham quduqni ishlatish jarayonida o‘zgaradi. 
Quduqni favvora usulida ishlatishda ko‘targichni nomuntazam ishlashi 
o‘zgaruvchi kuchlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Yuqori mahsulot olish vaqtida va qatlam gazida obraziv moddalarini bo‘lishi, 
suvning yuqori minerallashgan bo‘lishi yemirish sharoitlarini vujudga keltiradi. 
Natijada u mustahkamlovchi quvurlarga, quvurlar birikmasi boshchasiga va tsement 
halqasiga ta‘sir ko‘rsatadi. 
Gaz tarkibidagi karbonot angidrid gazi va oltingugurtsuvchil miqdori 4,25 % 
bo‘lgan, yuqori haroratli (250
0
Cdan yuqori), bosimli konlarda quvurlarni yemirish 
sharoiti tug‘iladi. 
Yuqori bosim ostida quduqqa kislota, ishchi suyuqlar, gaz, yuqori haroratli 
issiq tashuvchilar haydash ham quduq ishini og‘irlashishiga olib keladi. 
Gaz va gazkondensat quduqlari favvora usulida ishlatiladi. Bunda favvora 
armaturasi quyidagi muhim va murakkab vazifalarni bajaradi: 
- quduqqa tushirilgan NKQ larini ko‘tarib turadi; 
- quvur tashqi bo‘shlig‘i va ularni o‘zaro ajralishini zichlaydi; 
- quduqni berilgan chegaralarda ishlash tarzini tartibga soladi; 
- quduqni ishlashini uzluksizligi va uni ishlash ko‘rsatkichlarini tadqiqot qilish 
quduq ichida hamda quduq ustida olib borish mumkin. 
Favvora armaturasi gaz quduqlarining murakkab va ko‘p funktsiyali 
qurilmasidir. Quduqlarni ishlatishda favvora armaturasini xatosiz tanlash, favvora 
armaturasini xatosiz ishlatish va yig‘ish juda ham katta ahamiyatga ega. 
Gaz quduqlarining ustki jihozlari, ya‗ni favvora armaturasi 3 qismdan iborat: 
1. tizim boshchasi; 
2. quvur boshchasi; 


291 
3. favvora archasi. 
Bu qismlar alohida ma‗lum vazifalarni bajaradi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling