N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Ajratuvchi to’sqich – gaz quduqlarida belgilangan miqdorning oshib 
ketishini oldini olish, ya‗ni avtomatik ravishda quduqni yopish.
Aylanma to’sqich – gaz quduqlarini o‘zlashtirish yoki to‘xtatish davrida 
quvurlar ichki va tashqi qismlarida aylanma harakatlarni vujudga keltiradi.


294 
2 turi mavjud: КУМ- mexaniq uzatma orqali va КУГ- gidravlik uzatma 
orqali. 
Ingibitor uchun to’sqich - gidratlanish va zanglashga qarshi reagent 
yuborish moslamasi, quyidagi turlari mavjud: KING, KINGS. 
Quduq kamerasi – kamera orqali quduqqa ingibitor uchun to‘sqich, yopgich 
va aylanma tiqin (probka) tushiriladi. 
Qulf – ajratuvchi to‘sqich, sozlovchi to‘sqich va tiqinlarni birlashtirish uchun 
quduqlarga nipel bilan o‘rnatiladi
 
15.6. Pakerlar, turlari, tuzilishi va tasnifi. 
Quduq zichlagichlari (pakerlar) quduqning ishlatishda uni mustahkamlangan 
qismiga o‘rnatiladi. Zichlashish natijasida zichlagichlar mustahkamlovchi quvurlarga 
siqiladi va bu zichlashish zichlagichni ostki va ustki quduq tanasi qismini mustahkam 
bir – biridan ajratishi kerak bo‘ladi. Ishlatish talablarida zichlagichlarni ishlatish 
tartibi quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Qatlamda neft va gaz olishda qo‘llaniladigan zichlagichlar: 
A) quduqda ikkita ajratilgan kontaktlarni talab qiladigan jihozlarda (NKK 
lari va bir necha qatlamlarni ajratib ishlatishda mustahkamlovchi quvurlar va NKK 
lari orasidagi zichlangan pastki bo‘shliqda); 
B) quvurlarsiz ishlatishda (pastki qismida zichlagich o‘rnatilgan 
mustahkamlovchi quvurlar birikmasi bo‘ylab va suyuqlik ko‘tarilganda); 
V) gaz alomati paydo bo‘lganda gaz otqini oldini olishda (to‘xtatuvchi – 
to‘sqichli paker). 
2. Tadqiqot va sinash ishlarida qo‘llaniladigan zichlagichlar : 
A) bir quduq orqali ochilgan qatlamlarni bo‘lib tadqiqot qilishda: 
B) quvurlar birikmasi zichligini yoki tsement halqasi bilan ajratilgan 
qatlamlarni zichligini tekshirishda ishlatiladigan zichlagichlar. 
3. Qatlamga yoki quduq tubi mintaqasiga ta‗sir qilish uchun qo‘llaniladigan 
zichlagichlar: 
a) qatlamni gidravlik yorishda; 


295 
b) qatlam bosimini ushlab turishda; 
v) issiqlik tashuvchini qatlamga haydashda. 
Pakerni asosiy belgisi – zichlovchi belgilar. 
Bu belgi uqqiy og‘irlik ta‗sirida kengayib bo‘shliqni zichlaydi. U 
mustahkamlovchi quvurlar birikmasi va paker shtokiga zichlik hosil qiluvchi kuch 
bilan siqiladi. Bunda uqqiy og‘irlik NKQ lari og‘irligi hisobiga hosil bo‘ladi, pakerni 
tayanchi bo‘lib shlipisli tutqich xizmat qiladi. 
Pakerni zichlovchi belgilari quyidagilarga bo‘linadi: 
1. uqqiy og‘irlik ta‗sirida kengayadigan belgilar.Uqqiy og‘irlik quvurlar 
og‘irligi va haydayotgan muhit tarafidan siqilayotgan porshen bosimi hisobiga hosil 
bo‘lishi mumkin. 
2. ichki bo‘shliqlarda ortiqcha bosim hosil bo‘lishi hisobiga kengayadigan 
belgilar. Bunday zichlagichlarga asosiy xom – ashyo bo‘lib rezina xizmat qiladi; 
3. rezinali o‘zi zichlanuvchilar. 
Birinchi turdagi zichlovchi belgilar NKQ larini yetarli bo‘lgan og‘irligida, 
kerakli kuch bilan mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga siqilgan bo‘lishi mumkin. 
Bunda quvurlar birikmasining pastki qismi bo‘ylama egrilanishga uchraydi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling