N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 turi mavjud: КУМ
Ajratuvchi to’sqich – gaz quduqlarida belgilangan miqdorning oshib
ketishini oldini olish, ya‗ni avtomatik ravishda quduqni yopish. Aylanma to’sqich – gaz quduqlarini o‘zlashtirish yoki to‘xtatish davrida quvurlar ichki va tashqi qismlarida aylanma harakatlarni vujudga keltiradi. 294 2 turi mavjud: КУМ- mexaniq uzatma orqali va КУГ- gidravlik uzatma orqali. Ingibitor uchun to’sqich - gidratlanish va zanglashga qarshi reagent yuborish moslamasi, quyidagi turlari mavjud: KING, KINGS. Quduq kamerasi – kamera orqali quduqqa ingibitor uchun to‘sqich, yopgich va aylanma tiqin (probka) tushiriladi. Qulf – ajratuvchi to‘sqich, sozlovchi to‘sqich va tiqinlarni birlashtirish uchun quduqlarga nipel bilan o‘rnatiladi. 15.6. Pakerlar, turlari, tuzilishi va tasnifi. Quduq zichlagichlari (pakerlar) quduqning ishlatishda uni mustahkamlangan qismiga o‘rnatiladi. Zichlashish natijasida zichlagichlar mustahkamlovchi quvurlarga siqiladi va bu zichlashish zichlagichni ostki va ustki quduq tanasi qismini mustahkam bir – biridan ajratishi kerak bo‘ladi. Ishlatish talablarida zichlagichlarni ishlatish tartibi quyidagilarga bo‘linadi: 1. Qatlamda neft va gaz olishda qo‘llaniladigan zichlagichlar: A) quduqda ikkita ajratilgan kontaktlarni talab qiladigan jihozlarda (NKK lari va bir necha qatlamlarni ajratib ishlatishda mustahkamlovchi quvurlar va NKK lari orasidagi zichlangan pastki bo‘shliqda); B) quvurlarsiz ishlatishda (pastki qismida zichlagich o‘rnatilgan mustahkamlovchi quvurlar birikmasi bo‘ylab va suyuqlik ko‘tarilganda); V) gaz alomati paydo bo‘lganda gaz otqini oldini olishda (to‘xtatuvchi – to‘sqichli paker). 2. Tadqiqot va sinash ishlarida qo‘llaniladigan zichlagichlar : A) bir quduq orqali ochilgan qatlamlarni bo‘lib tadqiqot qilishda: B) quvurlar birikmasi zichligini yoki tsement halqasi bilan ajratilgan qatlamlarni zichligini tekshirishda ishlatiladigan zichlagichlar. 3. Qatlamga yoki quduq tubi mintaqasiga ta‗sir qilish uchun qo‘llaniladigan zichlagichlar: a) qatlamni gidravlik yorishda; 295 b) qatlam bosimini ushlab turishda; v) issiqlik tashuvchini qatlamga haydashda. Pakerni asosiy belgisi – zichlovchi belgilar. Bu belgi uqqiy og‘irlik ta‗sirida kengayib bo‘shliqni zichlaydi. U mustahkamlovchi quvurlar birikmasi va paker shtokiga zichlik hosil qiluvchi kuch bilan siqiladi. Bunda uqqiy og‘irlik NKQ lari og‘irligi hisobiga hosil bo‘ladi, pakerni tayanchi bo‘lib shlipisli tutqich xizmat qiladi. Pakerni zichlovchi belgilari quyidagilarga bo‘linadi: 1. uqqiy og‘irlik ta‗sirida kengayadigan belgilar.Uqqiy og‘irlik quvurlar og‘irligi va haydayotgan muhit tarafidan siqilayotgan porshen bosimi hisobiga hosil bo‘lishi mumkin. 2. ichki bo‘shliqlarda ortiqcha bosim hosil bo‘lishi hisobiga kengayadigan belgilar. Bunday zichlagichlarga asosiy xom – ashyo bo‘lib rezina xizmat qiladi; 3. rezinali o‘zi zichlanuvchilar. Birinchi turdagi zichlovchi belgilar NKQ larini yetarli bo‘lgan og‘irligida, kerakli kuch bilan mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga siqilgan bo‘lishi mumkin. Bunda quvurlar birikmasining pastki qismi bo‘ylama egrilanishga uchraydi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling